Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RIVOJLANISHDA NUQSONI BO’LGAN KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARGA MAXSUS TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
EDUCATION SYSTEM · TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Axmadjonova E’zoza Azimjonovna · Shamsiyeva Sevara Yusupovna · Nizomiy nomidagi TDPU
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
В статье описаны методы эффективного применения и использования образовательных технологий при обучении учащихся младших классов в специальном образовательном учреждении. Ключевые слова и понятия: Cпециальное , дефект, образование, технология, речь, программа, устранение, сообщество. Resume: The article describes the methods of effective application and use of educational technologiyes in teaching elementary school students in a special educational institution. Key words and concepts: Special, defect, education, technology, speech, program, elimination, community. O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni intellektual va ma’naviy–axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog'langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi mazkur vazifalarni amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, samaradorlik esa o'z navbatida ta’lim oluvchilar va beruvchilarning faoliyatini tashkil etilishi va faollashtirilishiga bog'liqdir. Ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiyalar asosida, innovatsion yondashuvlar orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishdan iborat. Ta’lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to'xtovsiz takomillashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishi umumta’lim maktablari qatorida maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim sifat va 75 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference samaradorligini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'qitish usullarini muttasil yangilab turishni taqozo etmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim jarayonida qo'llanadigan usul “o'rgatish”ning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish, ma’lum ob’ektni o'rganish uchun nazariy va amaliy faoliyatlarni anglatadi. O'rgatish usullari ta’lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining qanday bo'lishini, o'rgatish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Boshqacha qilib aytganda, o'rgatish usullari har ikkkala faoliyatni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishni hamda o'quvchilar tomonidan o'sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirish faoliyatida qo'llanadigan yo'llarni o'z ichiga oladi. Dars jarayonida har ikki o'rgatish usullari pedagogik jarayon ishtirokchilari (ta’lim oluvchi va beruvchi) ning o'zaro faoliyati birligini ta’minlashga yo'naltiriladi. Dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyati o'rgatiladigan ma’lumotning xarakteriga qarab ham bog'liq bo'ladi. Bu ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan yangi usullarni keltirib chiqaradi. Hozirda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim muassasalari pedagogik xodimlarining yangi, ilg'or pedagogik texnologiyalar, jumladan o'qitishning zamonaviy interfaol usullarini bilishi, uning uchun tegishli ma’lumotlarni o'rganishi, taxlil qilishi va umumlashtirishi, amaliyotda qo'llay olishi bugungi kunning ijtiomiy ahamiyat kasb etuvchi talabidir. Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishda suhbat metodidan foydalanish yaxshi samara beradi. Darslarda tashkil etilgan suhbatning ahamiyati shundaki, u yosh kitobxonning o'qiganlari haqida gapirish, voqealar jarayoniga shaxsiy munosabatini bildirish, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishga zamin hozirlaydi. Suhbatda ishtirok etgan o'quvchi fikrlarini muhokama qiladi, uni so'zlar bilan shakllantiradi. Bu harakatlar o'quvchi fikrining aniq ifoda etilishini taъminlashga olib keladi. Suhbat jarayonida o'quvchida o'z fikrini aytish, uning to'g'riligiga hamsuhbatlarini ishontirish ehtiyoji tug'iladi. Fikrini asoslash uchun asar matnidan dalillar topish, misollar keltirish ko'nikmasi shakllanadi. Dars jarayonida tashkil qilingan suhbatlar o'quvchining nafaqat bilim doirasini boyitadi, tarbiyalaydi, balki aqliy faoliyatini ham rivojlantiradi. Ona tili va o'qish fanlarining barcha bosqichlarida olib boriladigan suhbat xotirani, kuzatuvchanlikni, bilish jarayonini, tasavvur qilish va hissiyotini 76 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference faollashtirish imkonini beradi. Suhbat davomida har bir o'quvchining individual ishlash sur’ati takomillashadi. Olib borilayotgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining yangicha usullari va vositalari ma’lum faoliyatning oldindan belgilangan natijalarni namoyon qiladi. Texnologiya usullarini dars jarayoniga tadbiq etish ko'p jihatdan muhit, sharoit, ko'nikma va kuzatishlar bilan bog'liqdir. O’quvchilarning mustaqil ravishda fikr yuritish, bilim olish va ijodkorlik qobiliyatini bolalikdan tarbiyalashga erishish umumtaъlim maktablarining asosiy vazifalaridan biri bo'lishi lozim. Demak, maxsus ta’limning yangi mazmuni boshlang'ich sinf o'quvchilarini ona tili va o'qish darslarida savodxon, bilimli, nazariyani amaliyotga bog'lay oladigan, o'quvchi o'z ehtiyoji talab qi
Доказательный фрагмент
«В статье описаны методы эффективного применения и использования образовательных технологий при обучении учащихся младших классов в специальном образовательном учреждении.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье описаны методы эффективного применения и использования образовательных технологий при обучении учащихся младших классов в специальном образовательном учреждении. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and concepts: Special, defect, education, technology, speech, Maxsus, bartaraf etish, ta’lim, texnologiya, jamoa ., dastur, nutq, nuqson
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025