Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HALOLLIK, FIDOIYLIK, MEHNATSEVARLIK NAMUNASI BO‘LGAN QASHQADARYOLIK IRRIGATOR
EDUCATION SYSTEM · QASHQADARYOLIK IRRIGATOR · O‘roqova Dilnoza
Наука и инновации в системе образования · 1933
Аннотация
Данная статья рассказывает о самоотверженном, трудолюбивом и честном ирригаторе, проявившем мужество при доставке воды в Кашкадарьинский оазис. Патриотизм в процессе работы как пример для молодежи, завершение истории дает нам возможность побудить молодежь быть Ключевые слова: Орошение, освоение пустынь, ХМК, водохранилище, «Трудовая слава», «Обслуживаемый ирригатор в Узбекистане» Annotation: This article tells about a selfless, hardworking and honest irrigator who showed courage in delivering water to the Kashkadarya oasis. Patriotism in the process of work as an example for young people, the end of the story gives us the opportunity to encourage young people to be Keywords: Irrigation, desert development, KMK, reservoir, "Labor Glory", "Serviced irrigator in Uzbekistan". Vohamiz sug‘orilishi tarixida Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi rivojida Qarshi magistral kanali hamda nasos stansiyalarining o‘rni beqiyos. Ushbu kanalning qurilishi tarixida ko‘plab irrigator – suvchilar haqiqiy ma’noda umrlarini baxshida qilganlar. Ular orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovor shogirdlarga tom ma’noda ustoz bo‘la olgan, bu kishini bilganlarda chinakam vatanparvarlik namunasi bo‘la olgan Irrigator – Toyir Ergashev hisoblanadi. Toyir Ergashev 1933 yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani Dasht qishlog‘ida ishchi dehqon oilasida tug‘ilgan. Otasi – Ergash Niyozov qishloqda alohida hurmati qozongan inson edi. Onasi Salvar momo Ergashevaning hayoti ham dala-yu dasht bilan bog‘liq. Bolalik yillari urush davrlariga to‘g‘ri keldi. Uning otasi Ergash bobo 54 yoshida hayotdan ko‘z yumdi (Farhod GES 88 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference qurilishida ishtirok etib, og‘ir kasal bo‘lib qaytgan va oradan bir yilcha o‘tib vafot etgan). Uning akasi Dashqul Ergashev urushga ketib qaytib kelmadi[1]. Bu orada Dehqonobod tumanidagi maktablarning birida ishlayotgan to‘ng‘ich farzand Ubaydullo o‘z qishlog‘iga qaytishiga, onasi va ukalari oldida kolxozda kotiblik qilib ishlashiga to‘g‘ri keldi. Ro‘zg‘orning og‘ir yukini yelkasiga olgan akasi Ubaydulla Ergashevning turtkisi bilan Toyir Ergashev suv xo‘jaligi bo‘yicha yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishib chiqdi. Toyir Ergashev 1943 yilda Dasht qishlog‘idagi 7-o‘rta maktabining 1-sinfiga o‘qishga borib, 1953 yilda shu maktabning 10-sinfini "Kumush" medali bilan tugatdi. Dasht yerlarini sug‘orish, undan ekin yetishtirish juda katta mehnatni talab qilardi. U paytlarda yerquduqlar orqali dehqonchilik qilinardi. Toyir Ergashev bolaligidan mehnat qilib dehqonlarni og‘ir mashaqqatlarini his qilib ulg‘ayganligi uchun suv bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishishga harakat qildi. Qishloqda akasi yonida yordam berib yurgan bo‘lajak irrigatorda mirob bo‘lish istagi tobora mustahkamlanib borardi. Qahramonimiz akasi Ubaydulloning so‘zlarini shunday xotirlaydi: “Toyirjon sen suv o‘qishiga borib, shu sohaning suv mutaxassisi bo‘lmaguningcha hech birimiz b u mashaqqatdan qochib qutulolmaymiz chog‘i. Qaragin birgina bizning tomorqamiz emas, huv narigi tomonlardagi maydonlar, undan ham nariyoqdagi cho‘llar suvsizlikdan qaqrab yotibdi”[2]. Suvsizlikni ko‘rib katta bo‘layotgan Toyirjon qishloqqa suv keltirishni qat’iy maqsad qildi. 1953-1958 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashgan muhandislik institutida tahsil oldi. Ish faoliyatini 1958-1962 yillarda Qarshi Eskianhor kanali qurilishi muhandisi sifatida boshladi. Keyin Viloyat suv xo‘jaligi tashkilotiga katta muhandis, bo‘lim boshlig‘i lavozimiga ko‘tarildi. 1962-1968 illarda Qashqadaryo qurilish muhandis boshqarmasida bosh muhandis, 1968-1970 yillarda suv qurilish trestining 2-qurilish montaj boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 1970-1973 yillarda suv qurilish trestining 2- qurilish montaj boshqarmasining boshlig‘i vazifalarida ishladi. Umuman olgandabu yillar oralig‘ida "Qarshiqurilish" boshqarmasining SMU-9, SMU-2da boshliq, "Gidrostroy" trestida bosh muhandis, "Vodstroy" tresti boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan. 1973-1981 yillarda suv qurilish trestining bosh muhandis rahbari, 1981- 1994 yillarda Qarshi qurilish hududiy boshqarmasining bosh muhandisi, 1994- 2001 illar viloyat suv xo‘jaligining bo‘lim boshlig‘i, 2001-2006 yillar suv loyiha MCHJ ning loyiha bo‘limiga boshliq vazifalarida ishlagan. 89 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Toyir Ergashevning mehnati munosib taqdirlanib "Mehnat shuhrati" ordeni hamda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator" faxriy unvonini oldi. 2006 yilda nafaqaga chiqdi. 2006 yil 11 noyabrda hayotdan ko‘z yumdi. Toyir Ergashev to‘grisida Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasining sobiq boshlig‘i Ikromxon Yusupov quyidagicha ta’rif beradi: "Men shunday muhandis inson bilan yelkama-yelka turib ishlaganimdan g‘oyatda faxrlanaman. Toyir akada bo‘lgan ishchanlikni, mas’uliyatni, davlat mulkiga bo‘lgan munosabatni, u kishidagi bosiqlikni ko‘rganman va bir umr u kishidek bo‘lish orzu
Доказательный фрагмент
«Данная статья рассказывает о самоотверженном, трудолюбивом и честном ирригаторе, проявившем мужество при доставке воды в Кашкадарьинский оазис.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья рассказывает о самоотверженном, трудолюбивом и честном ирригаторе, проявившем мужество при доставке воды в Кашкадарьинский оазис. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Irrigation, desert development, KMK, reservoir, "Labor Glory", QMK, cho‘l o‘zlashtirish, suv ombor, “Mehnat shuhrati”, Irrigatsiya
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025