К содержанию
РецензированоRU1920

1920-1924-YILLAR BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI MATBUOTI

EDUCATION SYSTEM · Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich

Наука и инновации в системе образования · 1920

Аннотация

В статье представлена информация о печати Бухарской народной советской республики 1920-1924 гг., газете “Бухоро ахбори”, ее деятельности, проделанной работе, содержании статей главного редактора Саида ахрори по актуальным проблемам обеспечения популярности и читабельности газеты, плодотворной деятельности Чулпана в издательском деле, критических, реальных материалах в газетных публикациях. Ключевые слова: газета, издательское дело, пресса, джадидистское движение, издание, редакция, корреспондент, члены правительства, газета “Бухарская информация” Annotation. The article contains information about the press of the Bukhara people's Soviet republic of 1920-1924, the newspaper “Bukhara akhbori”, its activities, the work carried out, the content of the articles of the editor-in-chief said ahrory devoted to pressing problems in ensuring the popularity and readability of the newspaper, the effective activities of Chulpan in the publication Keywords: newspaper, publication Work, press, jadidism movement, publication, editorial, correspondent, members of the government, Bukhara akhbori newspaper 1920-yil avgust oxirlari va sentabr oyi boshlarida Buxoro amirligi ag‘darilganidan keyin uning o‘rnida tuzilgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumatining reja, dastur va vazifalarini sobiq amirlik hududida yashovchi aholiga yetkazish maqsadida mahalliy matbuotga asos solish, ya’ni maxsus bir gazeta chop ettirish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. BXSR hukumati a’zolari 44 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference orasida matbaachilik maktabini bir qadar o‘tagan, muhojirlikda bo‘lsa-da, gazetalar chop etishga mutasaddilik qilgan, jurnalistik malakaga ega bo‘lgan vakillar bor edi. Yangi hukumat siyosatini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishdek vazifani bajarishda matbuotning roli beqiyos ekanligini anglagan mas’ul lavozimlardagi rahbarlar gazeta nashr etish ishiga muhim masalalardan biri sifatida qaradilar. Shuning uchun 1920-yil 9-sentabrda, ya’ni amirlik tuzumi ag‘darilganidan roppa-rosa bir hafta o‘tib, BXSRning markazi Eski Buxoro (hozirgi Buxoro) shahrida o‘zbek adabiy tilida, isloh kilingan arab imlosida “Buxoro axbori” nomi bilan gazeta bosildi1. “Buxoro axbori”ning 1920-yil 9- sentabrda bosmaxonadan chiqqan 1-sonida “Maqsad va maslak” nomli muharririyat tomonidan bosilgan yirik maqolada: “Gazetaning maqsadi buxoroliklarga inqilobimizning va uning amallarini, sabablarini, uning qoida va fazilatlarini bir suratda tushuntirmakdan iboratdur... Shu barobar kelajak ishlarining saodat va iqboli yo‘linda rag‘bat etib, Buxoroning obodlig‘ig‘a xizmat etmak” kabi fikrlar mavjud. Gazeta ilk sonidagi ushbu maqolada bundan keyin Buxoro hayotida ro‘y beradigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-adabiy, ma’rifiy- madaniy o‘zgarishlarga e’tibor qaratilishi ham alohida ta’kidlanadi. To‘rt sahifada bosilgan “Buxoro axbori” gazetasining dastlabki soni bilan batafsil tanishilganda, uning 1-sahifasi yuqori qismida “Buxorolik vatandoshlar! Ozod Vataningiz muborak bo‘lsun!” shiori qayd qilingan. Keyingi barcha sonlariga sovet davri matbuoti uchun an’ana bo‘lib qolgan “Butun dunyo yo‘qsullari birlashingiz!” shiori asos qilib olingan. “Buxoro axbori” gazetasi katta formatda 2 sahifada, o‘rta formatda 4 sahifada, yupqa va sifati yuqori darajada bo‘lmagan sarg‘ish rangli bosmaxona qog‘ozida chop etilgan. Gazeta birinchi sonining 1-sahifasida hukumat rahbarlarining salmoqli maqolalari va turli-tuman ma’lumotlarga ega bo‘lgan muharririyat tomonidan tayyorlangan maqolalar bosilgan. Yuqoridagi fikr dalili sifatida aytish lozimki, gazetaning ilk sonida BXSR Xalq Nozirlar SHo‘rosi raisi Fayzulla Xo‘jayevning “Kuntug‘di”" nomli yirik maqolasi e’lon qilingan. Gazetaning 1-sahifasi teng yarmini egallagan mazkur maqolada Buxoroda 1920- yil sentabr oyi boshlarida yuz bergan keskin siyosiy jarayonlar o‘z davri talablaridan kelib chiqqan holda bayon qilingan2. 1 Газета нусхалари ҳозирда Ўзбекистон Республикаси Марказий Давлат архивида ва Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилоят марказий кутубхонасида сақланмоқда. 2 Раҳмонов К. “Бухоро ахбори” газетаси - Бухоро Республикаси матбуот органи //Жамият ва бошқарув. -Т., 2004. № 2. -Б.44-46. 45 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference “Buxoro axbori” gazetasining 2-sahifasida muharririyat a’zolari va ayrim mutasaddi hukumat rahbarlarining ichki muammolarga oid yirik maqolalari hamda BXSR xo‘jalik hayotining turli tarmoqlariga tegishli xabarlar bosilgan. Gazetaning 3-sahifasi BXSR atrofidagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti, Sharq va G‘arbning turli davlatlarida kechayotgan voqealar tafsilotiga yo‘naltirilgan. Yuqoridagi turli-tuman chet el matbuot organlaridan ko‘chirilgan maqolalar “Bizdan tashqarida”, “Chet ellarda”, “Sharqda”, “SHo‘rolar ittifoqida”, “Turkistonda” kabi ruknlar ostida bosilgan. Keyingi sonlarda bu ruknlar doirasi yanada kengayib borgan. “Buxoro axbori”ning to‘rtinchi, ya’ni so‘nggi sa

Доказательный фрагмент

«В статье представлена информация о печати Бухарской народной советской республики 1920-1924 гг., газете “Бухоро ахбори”, ее деятельности, проделанной работе, содержании статей главного редактора Саида ахрори по актуал…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлена информация о печати Бухарской народной советской республики 1920-1924 гг., газете “Бухоро ахбори”, ее деятельности, проделанной работе, содержании статей главного редактора Саида ахрори по актуал… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
newspaper, publication Work, press, jadidism movement, gazeta, matbuot, “Buxoro axbori” gazetasi, nashr, nashr ishlari, hukumat a’zolari, muharririyat, jadidchilik harakati, muxbir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти