К содержанию
РецензированоUZ2026

REJISSYOR VA MUALLIF

EDUCATION SYSTEM · REJISSYOR VA MUALLIF · Sultonov Dostonbek · O‘zDSMI FMF

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

bu maqolada rejissura san’atida o‘zing o‘chmas izini qoldirib har qandayin rejissura ixlosmandlari uchun o‘rnak bo‘la oladiga va teatr rejissurasi asosida kino olamiga ham o‘zniing ilk hissasini qo‘shgan tarixiy shaxslar va kino san’atining ilk namoyondalari qatorida bo‘lgan shaxslar haqida mazmunli ma’luotlar keltrilgan. Kalit so‘zlar: rejissura, senariy, film, kino, tomoshabin Teatr san’ati qadim - qadimdan о‘z mualliflariga ega. Necha asrlardan beri dramaturglar teatr uchun asarlar yozishgan. Antik davr, о‘rta asrlar, uyg‘onish davridan to shu kunga qadar ham mashhur teatr dramaturglari sahna asarlarini yaratishdi. Esxil, Yevripid, Lope de Vega, Molyer, Shekspir, Goldoni, Shiller, Chexov, Gorkiy, Hamza va boshqalar. Dramaturgiyaning о‘z qonun-qoidalari, sir asrorlari tashkil topdi. Fojiali, kulguli, dramatik janrlar, qayg‘uli, xursandchilik tomoshalari va boshqalar. Har bir davrning о‘z estetikasi, о‘z talablari bor. Bir necha asr avval asarlar 4-5 pardali qilib yozilgan bо‘lsa, sо‘nggi asr о‘rtalariga kelib bir tanaffusli, ikki pardali asarlar teatr sahnasini egalladi. О‘tgan asr, -30- 40- 50 yillarida tomoshabinlar 2-3 tanaffusli sahna asarlarini sahna bezaklari almashinib parda ochilguncha kutishgan. Spektakl kechasi soat о‘n ikki-birda tugab, tomoshabin miriqib tomoshadan qaytgan bо‘lsa, tezkor zamon taqozosi bilan tomoshabin vaqtini tejash maqsadida bir tanaffusli yoki tanaffussiz asarlar sahnalashtira boshlandi. San’at turlarining bir-biriga ta’siri namoyon bо‘ldi. Agar kinotomoshabin bir yarim soat ichida yakunlangan mavzuni tomosha qilib chiqsa, teatr ham yirik mumtoz sahna asarlarini davr ehtiyojiga qarab qisqartirib asar qaymog‘ini kо‘rsata boshladi. Voqealar kechadigan joylarni majoziy timsollar, shartli bezaklar bilan tomoshabinga havola qilinadigan bо‘ldi. Vaqt, joy va harakat birligi teatr san’ati uchun katta rol о‘ynadi. Hamzaning “Maysaraning ishi”, Izzat Sultonning “Imon”, Uyg‘unning “Qotil”, Sharof Boshbekovning “Temir xotin”, “Toshkentga sayohat”, Mashrab Boboyevning “Gurung” kabi asarlari shular jumlasidandir. Muallifning har bir asari rejissyor talqiniga bog‘liq. Rejissyor ham spektakl muallifi hisoblanadi. Qog‘ozdagi sо‘zlarga jon ato qilgan, unga umr bergan, о‘z zakosi bilan jonli sahna 122 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference asarini ijodiy jamoa bilan yaratgan rejissyor hisoblanadi. Rejissyor va muallif birligi maslakdoshligi katta rol о‘ynaydi. Rejissyor dardi dramaturg dardi bilan hamohang bо‘lishi kerak. Stanislavskiyning Chexov va Gorkiy bilan yaqinligi, Mannon Uyg‘urning Hamza bilan maslakdoshligi, Toshxо‘ja Xо‘jayevning Oybek, Erkin Vohidov bilan hamkorligi, Bahodir Yо‘ldoshevning Said Ahmad bilan, Rustam Hamidovning О‘lmas Umarbekov bilan izlanishidan ajoyib sahna asarlari yaratildi. Ba’zi rejissyorlar muallif tanlamaydi, duch kelgan asarni sahnalashtiradi. Bunday rejissyorlar ijodni kasbga almashtirgan, u asardan bu asarga о‘zini takrorlaydigan hunarmand rejissyorlardir. Ayrimlarga voqea qayerda kechadi, qachon kechadi, tarixiymi, zamonaviymi farqi yо‘q, о‘z uslubi tayyor qolipi bor, sahnalashtiraveradi. Bu о‘z navbatida tomoshabin qalbini jiz ettirmaydi, larzaga solmaydi, hafsalasi pir bо‘lib teatrni tark etadi. Qars ikki qо‘ldan deganiday dramaturg о‘ylab topgan mavzu, matn, qog‘ozdagi qiyofalar rejissyor sayi-harakati tufayligina jonlanadi, hayotiy haqiqatga aylanadi, tomoshabin larzaga tushadi, ma’naviy kamol topadi. Teatr san’ati- shartli san’at. Sahnaga haqiqiy daraxtni, paxsa devorni olib chiqib bо‘lmaydi. Tomoshabin chizilgan jihozlarni, yasama rekvizitlarni tushunadi, hamma gap ijroda, uning ishonarli jonli va hayotiy chiqishida, talqinida. Tomoshabin teatrga nega tushadi? Aktyorning jonli ijrosi, uni yuzma-yuz turib tomosha qilish, har gal yangi holat, yangicha ruh, harorat о‘ziga jalb qilaveradi. Qiyofalar turlanishi, voqealar rivoji, ijrochilarning har safar rolga о‘zini baxshida qilishi tomoshabinni о‘z domiga tortaveradi. Teatrning jozibasi ham shunda. Ba’zilar televideniye paydo bо‘lgandan keyin teatr о‘ladi deb bashorat qilgan edilar, yо‘q teatr о‘z jonli mehrigiyosi - ijrosi bilan abadiy san’at ekanligini isbot qildi. Kino va televideniyening ravnaqiga qaramay keyingi yillarda tomoshabin teatrga yana oqib kela boshladi. Tо‘g‘ri, teatr san’ati asrlar davomida qutining ichida qolib ketaverdi, yangi texnik imkoniyatlar yaratilmadi. Endi-endi teatr tomoshalari ochiq maydonga chiqa boshladi. Bu esa о‘z navbatida rejissyorlarga yangi imkoniyatlar yaratdi. Tо‘rt devorning ichida qolgan teatr san’ati, yangi kino san’atining paydo bо‘lishiga olib keldi. Dramaturg va rejissyor teatrda qila olmagan ijod mahsulini kino san’atida amalga oshirdi. Kinoda voqealar kо‘lamining kengligi, vaqt cheksizligi ssenarist uchun ham rejissyor uchun ham katta sharoitlarni tug‘dirdi. Teatrdagi rejissyor bilan dramaturg hamkorligi kino san’atida rejissyor va ssenariy muallifi hamkorligiga aylandi. Teatrdagi kabi kinoda ham rejissyor

Доказательный фрагмент

«bu maqolada rejissura san’atida o‘zing o‘chmas izini qoldirib har qandayin rejissura ixlosmandlari uchun o‘rnak bo‘la oladiga va teatr rejissurasi asosida kino olamiga ham o‘zniing ilk hissasini qo‘shgan tarixiy shaxs…»

Образец извлечения

Демо-превью

bu maqolada rejissura san’atida o‘zing o‘chmas izini qoldirib har qandayin rejissura ixlosmandlari uchun o‘rnak bo‘la oladiga va teatr rejissurasi asosida kino olamiga ham o‘zniing ilk hissasini qo‘shgan tarixiy shaxs… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tomoshabin, film, rejissura, kino, senariy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти