К содержанию
РецензированоRU2026

YASSAVIY VA XUDOYDOD HIKMATLARINING MAVZU VA OBRAZ XUSUSIYATLARI

EDUCATION SYSTEM · Musayeva Moxiraxon Shahobiddin qizi

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

В статье анализируется тематические и образные особенности мудростей Ахмад Яссави и Худойдода. Annotation The article analyzes the thematic and image features of Ahmad Yassavi and Khudoydod's wisdoms. Tayanch soʻz va iboralar: ishq, oshiq, yor, paygʻambar, visol. Опорные слова и выражения: любовь к Всевышному, влюблен в Созидателья, госпожа, пророк, встреча. Key words and expressions: romance, lover, fiance, prophet, vizol. Ma’lumki, tasavvufda Haqqa oshiqlik, Haqni yor bilib, uning visoliga intilish soliklar uchun asosiy maqsad bo‘lgan. Ana shunday eytuk shaxslardan biri shayx Xudoydod bo‘lgan. Botirxon Valixo‘jayevning yozishicha: ”Shayx Xudoydod Valining g‘azallari ishq mavzusiga bag ‘ishlangan. Muallif talqinida ishq – tariqat ahli va peshvosi tushunchasida bo‘lib, uning asosini Allloh taologa nisbatan bo‘lgan ishq-muhabbat tashkil etadi. Shuning uchun g‘azallardagi “Sen, yor” kabi iboralar zamirida Tangri, Xudo anglashiladi, “Men” esa, unga intiluvchi banda – oshiqni ifoda etadi.[1] Shunday ekan u kishining she;rlari mavzuni Yaratgangan bo‘lgan ishq mavzusi tashkil etgan. Aslida, “Mavzu - badiiy mazmun komponenti, asarda qoʻyilgan ijtimoiy, falsafiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa muammolarni badiiy idrok etish uchun tanlab olingan va tasvirlangan hayot materiali”dir. [2,1] Tariqat yo’liga kirganlarning yagona umidi Alloh taoloning rizoligiga erishish va uning diydoriga muyassar bo‘lishdir. Bu yo‘lda solik har qanday mashaqqatlarga mamnuniyat bilan peshvoz chiqadi. Shuning uchun Ahmad Yassaviyda quyidaglarni yozgan: Kecha-kunduz orzu qilsang oning diydorini, Sof qilg‘il bu ko‘ngulni, bir kuni darbor etar. 137 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Ey qul Ahmad, sen yurub g‘amgin ko‘ngulni ovlagil, Ahli dil bo‘lg‘an kishi g‘amgin ko‘ngilni shod etar.[3] Bilamizki, insonning ko‘ngli Allohning nazargohidir. Ko‘ngilda nimalar kechayotganini Haq taolo hamisha ko‘rib turadi. Faqat sof ko‘ngilli kishilargina kun kelib kecha-kunduz orzu qilgani – Allohning diydoriga yetishadi. Chunki solik uchun eng buyuk orzu Haq visoliga yetishish va Unga vahdat-ul vujud bo‘lish hisoblangan. Lekin ungacha dil ahli qatori Haqning yodi bian yashash, har lahzada uni zikr qilish, eslash bilan band kishilar holidan xabar ol, deya ta’kidlangan. Alisher Navoiy hazratlari ham kimki bir ko‘ngli buzug‘ning ko‘nglini shod aylasa, vayron bo‘lgan Ka’bani obod etganday bo‘ishini aytganlar. Xoja Ahmad Yassaviy ham g‘amgin ko‘ngillarni shod etishga chaqiradi. Chunki, ko‘ngli pok, qalb amri bilan ish tutadigan kishilar hamisha shunday qiladilar. Hazrati Azizonda ham shunga yaqin bayt uchraydi: Yo‘q edim bor aylading, yuz ming inoyat aylabon, Ham taqi ko‘rguz O‘zungni, dilraboyim, qaydasen?! Ey Xudoydod, istagil har lahza oning dardini, Ohu vovaylo bilan deykim: Xayolim qaydasen ?![4] Alloh taolo insonni jamiki mahluqotlarning sarvari etib yaratdi va qolgan barcha yaratiqlarni unga bo‘ysundirdi. Shu bilan birga birga unga zabon berdi, ne’matlarning haddi a’losi – iymonni berdi. Inson mana shu komil iymoni bilan Yaratganning rahmatiga sazovor bo‘lishi mumkin. Shayx Xudoydodda ham Ahmad Yassaviyda ko‘rganimizdek Allohning diydorini ko‘rish istagi yuqori. Buning uchun Uning dardini istab, o‘sha dard bilan yonib, bu dunyoning o‘tkinchi ne’matlarini unutmoq kerak. Ohu vovaylo bilan O‘ziga nola qilmoq kerak. Ahmad Yassaviyda: Yodi birlan bo‘lsalar, diydor orzu qilsalar, Harchand xorliq ko‘rsalar ko‘ngli o‘zga bo‘lmasun. Oshiqlarg‘a dunyoda xorliq-zorliq, malomat, Malomatsiz, mehnatsiz oshiqmen deb aytmasun. Yaratganni yod etib, diydorini orzu qilganlar har qancha xorlik ko‘rsa ham ko‘nglini o‘zidan o‘zgaga bog‘lamasligi lozim. Bu dunyo hamisha ham Alloh oshiqlarini tushunavermagan. Har bir oshiqning mashaqqat chekishi, tabiiy hol. Bu mashaqqatlarga bardosh bermasa, oshiqman deb aytmasin, deydi Ahmad Yassaviy. Ko‘ngilni yolg‘iz Allohga bog‘lash, o‘zlikdan kechish masalasi Shayx Xudoydodda ham chiroyli yoritilgan. Jumladan: 138 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference O‘zlugungdin uzmayin, anga bo‘la olmas ko‘ngil, O‘zini mutlaq qo‘yolmay ham nishon bo‘lmas ko‘ngil. O‘zlugumdin uzsam. Ango tamanno qilsa men, G‘ayrdin to sof etmay, o‘zgadin sochmas ko‘ngil. Oshiq o‘zligidan kechmas ekan, o‘z “men”ini yenga olmas ekan, chin ma’noda Allohga bog‘lana olmaydi. O‘zini, taqdirini Yaratganga havola qilmas ekan, Yaratganning rahmatiga nishon bo‘lolmaydi. Qachonki o‘zligidan kechsa, shundagina Haq vaslini orzu qilishga haqli bo‘ladi. Bir ko‘ngilga ikki narsaning ishqi sig‘maydi deganlaridek, Alloh ishqi bor qalbda ham o‘zga bir ishq, havasga o‘rin yo‘q. Hikmatlarda Muhammad Mustafo (s.a.v.) obrazi ham alohida o‘rin tutadi. Zero, “Badiiy obraz deganda, borliqning sanʼatko koʻzi bilan koʻrilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Adabiyot va sanʼatning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi”

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется тематические и образные особенности мудростей Ахмад Яссави и Худойдода.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется тематические и образные особенности мудростей Ахмад Яссави и Худойдода. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and expressions: romance, lover, fiance, prophet, vizol, paygʻambar, oshiq, visol., yor, ishq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти