Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO TUMANI TUPROQLARINING SHO’RLANGANLIK HOLATI VA YAXSHILASH YO’LLARI
EDUCATION SYSTEM · VA YAXSHILASH YO’LLARI
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada asosan Buxoro tumani sho‘rlangan erlarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan salbiy jarayonlarni keltirib chiqaruvchi tabiiy va inson faoliyati bilan bog‘liq omillarni o‘rganish, sizot suvlari chuqurligi, minerallashuvi va turli qatlamlaridagi tuzlarining umumiy va zaharli zahiralarini va shular asosida tuproqning hozirgi meliorativ holatini aniqlash, va ularni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar. Sug‘oriladigan tuproq, sho‘rlanish, sho‘rlanish tipi, sho‘rlanish darajasi, suvda oson eruvchi tuzlar, meliorativ-ekologik holat, melioratsiya, sizot suvlari, sho‘rlanish jarayoni. Annatation. This article mainly describes the results of scientific research conducted in the saline lands of Bukhara district. According to the results of the research, it is necessary to study the factors related to natural and human activities that cause the negative processes that have occurred and are occurring in the area, the depth, mineralization and total and toxic reserves of salts in different layers of seepage waters, and based on this, the current soil determination of land reclamation conditions, and measures and recommendations aimed at their improvement have been developed. Key words. Irrigated soil, salinity, type of salinity, degree of salinity, easily soluble salts in water, reclamation-ecological condition, reclamation, seepage waters, salinization process. O‘zbekistonda sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlar turli gorizontal- kenglik zonalarda uchraydi. Sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlarning hosildorligi tuproq hosil qiluvchi jinslarning xarakteriga, tuproq tiplariga, sug‘orish davrlariga, sho‘rlanganlik darajalariga hamda ularda o‘tkazilayotgan agrotexnik va meliorativ tadbirlarni majmuasiga bog‘liq. O‘zbekistonda tabiiy sho‘rlanishning asosiy sharti bu joyning kuchsiz zovurlashganligi va er osti suvlarining er yuzasiga yaqin joylashganligi sharoitida bug‘lanishning atmosfera yog‘inlari miqdoridan ustunligi bo‘lib, tabiiy 123 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference tuz to‘planishining ikkinchi omili – bu tuzlarning shamol yordamida olib kelinishidir. Buxoro tumani Buxoro viloyatining shimoliy-g‘arb va janubiy qismida joylashgan bo‘lib, shimol tomondan Vobkent tumani, SHark tomondan Kogon tumani, janub va garb tomondan Jondor tumani bilan chegaradosh. Buxoro tumanining jami qishloq ho‘jalik er turlari er maydoni jami 394561,0 gektarni, shundan tuproqlari tekshirilgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik erlari esa 22861 gektarni tashkil etadi. Bu erlarda paxta, g‘alla, bog‘dorchilik va boshqa qishloq xo‘jalik maxsulotlari etishtirish uchun barcha imkoniyatlar etarli. Buxoro tumanida bugungi kunda 16 ta qishloq xo‘jalik massivlari bo‘lib, bu massivlarda fermer xo‘jaliklari va boshqa erdan foydalanuvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Tuproqlarning tuz rejimini belgilovchi barcha omillar (sizot suvlarining satxi, minerallashganlik va kimyoviy tarkibi, tuproq eritmasining sho‘rlanganlik darajasi, sug‘orish rejimi, sho‘r yuvish va sug‘orish suvlari sifati, tuproq gruntlarning hossa-hususiyatlari gidromeliorativ tizimlar holati, joyning tabiiy va sun’iy zovurlashganligi, litologik–geomorfologik va iqlim sharoitlari va boshqalar) o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning birini o‘zgarishi bir vaqtning o‘zida boshqalarning sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. Jumladan, kollektor-zovur tarmoqlarining ishdan chiqishi sizot suvlarining er yuzasiga ko‘tarilishi va mineralizatsiya darajasining ortishiga, bu holat o‘z navbatida tuproqda tuz to‘planish va qayta sho‘rlanish jarayonlarining faollashuviga olib keladi. Tuproqning sho‘rlanishi uning sho‘rlanish darajasi, tuzlar ximizmi, tuzli gorizontning joylashish chuqurligi va er osti suvining chuqurligi bilan farqlanadi . Madaniy o‘simliklarni normal o‘sish va rivojlanishi uchun na faqat tuproqdagi tuzlarning umumiy miqdori, balki tuzlarning kimyoviy tarkibi muhim rol o‘ynaydi. SHu bois sho‘rlanganlik darajalarini tuzlarning ximiyaviy tartibiga qarab aniqlash juda muhim. Tuproqning tarkibidagi tuzning miqdori va sifati hamda madaniy ekinlar o‘rtasidagi aloqa juda murakkabdir. Bunday xolatning sabablaridan biri o‘simlikning o‘sish fazasida sho‘rga chidamliligining har xilligidir. G‘o‘zaga tuzning kuchli ta’siri u rivojlanishining boshlang‘ich fazasida, ya’ni 3-4 barg paydo qilish davrida bo‘ladi. Vegetatsiyaning oxirida g‘o‘zaga tuproqdagi tuzning yuqori konsentratsiyasi ham juda kam ta’sir ko‘rsatadi. G‘o‘zaning ko‘pgina rayonlashtirilgan navlari uchun tuproqdagi tuzlarning cheklangan 124 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference konsentratsiyasi 2,5-3,0 % ga tengdir, undan oshgandan so‘ng o‘simliklarni nobud bo‘lishiga olib keladi. Tuzlarning zaharli bo‘lishi ko‘pincha uning tarkibidagi ionlarga bog‘liq bo‘ladi. O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan dexqo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada asosan Buxoro tumani sho‘rlangan erlarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada asosan Buxoro tumani sho‘rlangan erlarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Irrigated soil, salinity, type of salinity, degree of salinity, sho‘rlanish darajasi, sho‘rlanish tipi, meliorativ-ekologik holat, sho‘rlanish jarayoni., suvda oson eruvchi tuzlar, sho‘rlanish, melioratsiya, sizot suvlari, Sug‘oriladigan tuproq
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025