Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA ONA TILI VA ADABIYOT O‘QITUVCHILARI KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
EDUCATION SYSTEM · O‘QITUVCHILARI KASBIY TAYYORGARLIGINI · RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI · Irgasheva Nasiba Dadajanovna
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Maqolada o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yangi metodologik asosda tashkil etish, o‘qituvchilarda takomillashishga ichki ehtiyoj, ya’ni kasbiy va ma’naviy qiziqishni tashqi ta’sir imkoniyatlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish, insonning o‘z-o‘zini anglashi asosida tashkil etish haqida so’z ketadi. Kalit so‘zlar: malaka, malaka oshirish, metod, metodologiya, uzluksiz ta‘lim, yondashuv, analitik, sintetik. Anotation: In the article, the organization of teacher training and retraining on a new methodological basis, the internal need for improvement in teachers, that is, the combination of professional and spiritual interest with the possibilities of external influence, human self- It is about organizing on the basis of self-awareness. Key words: qualification, training, method, methodology, continuous education, approach, analytical, synthetic. Bugungi kunda kelib, fan va texnikaning jadal rivojlanishi natijasida yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash sohasida yangi sifat o‘zgarishlarini vujudga keltirish zaruriyati paydo bo‘ldi. Bu hol malaka oshirish ta’limini modernizatsiyalash, o‘qituvchilarning intelektual salohiyatni takomillashtirish masalasini yanada dolzarblashtirmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish malaka oshirish hududiy markazlari faoliyatini o‘rganish malaka oshirish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qancha vazifalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.1 Zamonaviy sharoitda malaka oshirish sohaga doir yutuqlar va innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu asosda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirib, yangilashnigina nazarda tutmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot, ta’lim islohoti o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yangi metodologik asosda tashkil etish, eng avvalo, o‘qituvchilarda takomillashishga ichki ehtiyoj, ya’ni kasbiy va ma’naviy qiziqishni tashqi ta’sir imkoniyatlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish, insonning o‘z-o‘zini anglashi asosida tashkil etishni 1 file:///C:/Users/user/Downloads/monografiya_shodmonova_m.b._2021_0.pdf 180 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference lozim, deb biladi [112; 5-b.]. Uzluksiz ta’lim tizimida yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash kabi serqirra vazifani faqat malakali o‘qituvchi muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin. Pedagog qiyofasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisga xos bo‘lgan barcha sifatlar o‘z aksini topa olishi zarur. Mazkur sifatning namoyon bo‘lishi muayyan o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga egaligini ko‘rsatadi [92; 26-b.]. O‘qituvchi shaxsi unda mavjud qobiliyatga bog‘liq tarzda rivojlanadi. M.G.Davletshin «Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» nomli qo‘llanmasida [52] o‘qituvchi egallashi lozim bo‘lgan didaktik (fanga qiziqtirish, aniq va oson anglatish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish); akademik (matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va shu kabi fanlarni bilish); perseptiv (o‘quvchi ichki dunyosi, ruhiy holati kabi nozik jihatlarni tushunish); nutq (kechinmalarni nutq, yuz ifodasi (mimika) va pantomimika yordamida aniq ifodalash); tashkilotchilik (o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘quvchilarni jipslashtirish); avtoritar (o‘quvchilarga hissiy-irodaviy ta’sir o‘tkazib, ular orasida obro‘ orttira bilish); kommunikativ (bolalarga to‘g‘ri yondashish, ular bilan pedagogik maqsadga mos muloqotga kirishish, me’yorni unutmaslik); pedagogik mulohaza (o‘quvchini ta’limiy va tarbiyaviy shakllantirish borasidagi urinishlari natijasini bashorat qila olish); diqqatni taqsimlay olish (bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olish) kabi sakkiz xil qobiliyatini sanab o‘tgan.2 Xozirgi kunda jamiyat bir vaqtning o‘zida ikki xil jarayonni boshidan kechirmoqda: inson qo‘l mehnati talab qilinadigan faoliyat turining soni kamaymoqda; natijada ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi evaziga ishlab chiqarishga jalb etiladigan odamlar soni kamayishi yuz bermoqda. Bu esa o‘z navbatida mehnat bozorida raqobatning oshib ketishiga olib kelmoqda.O‘quvchilarni ma’naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, ijodkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tatbiq etishda Amaliy fanlar blok-moduli tarkibidagi fanlar muhim ahamiyatga ega. Amaliy fanlar bloki moduli tarkibiga musiqa madaniyati, tasviriy san’at, chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari kiradi. Jismoniy tarbiya, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari tarkibiga integratsiya qilingan holda o‘qitiladi. 2 Shodmonova Munira Burxonovna ONA TILI VA ADABIYOT O‘QITUVCHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI 181 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Til fikrni shakllantiri
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yangi metodologik asosda tashkil etish, o‘qituvchilarda takomillashishga ichki ehtiyoj, ya’ni kasbiy va ma’naviy qiziqishni tashqi ta’sir imkoniyatl…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yangi metodologik asosda tashkil etish, o‘qituvchilarda takomillashishga ichki ehtiyoj, ya’ni kasbiy va ma’naviy qiziqishni tashqi ta’sir imkoniyatl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qualification, training, method, methodology, continuous, metodologiya, sintetik., uzluksiz ta‘lim, malaka oshirish, analitik, malaka, metod, yondashuv
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025