К содержанию
РецензированоRU2026

MAKTABDA XALQ DOSTONLARINI О‘QITISHNING ESTETIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

EDUCATION SYSTEM · PEDAGOGIK ASOSLARI · Sattorov Shokir Jabborovich

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Mohiyatida odob-axloq, ta’lim-tarbiya jamlangan o‘zbek xalq og‘zaki ijodining har bitta janrida tarbiyaning umumiy jihatlarini aks etadi. Masalan, xalq qo‘shiqlarida odamlarning orzu-armonlari, umidlari, samimiy tuyg’ulari aks etsa, ertaklarda odamlardagi yaxshi fazilatlari bilan bir qatorda yomon qusurlari ham ko‘rsatiladi. Zohiran ixcham, ma’nan purma’no maqol, hikmatlarda xalq donishmandligi zuhur topganligini ko‘rishimiz mumkin. Topshmoqlar, latifalarda uddaburonlik, topqirlik, fikr-mulohazakorlik namoyon bo‘lganligini ko‘rsak, afsona va rivoyatlarda ibrat, namuna, o‘rnak kabilarni ko‘ramiz. Qisqasi, xalq og‘zaki namunalarida inson kamoloti uchun zarur xislatlar tarannum etilgani, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Kuntug’mish”, “Yozi bilan Zebo”, “Ollonazar Olchinbek”, “Kelinoy”, “Oychinor” Adabiyot xalq og‘zaki ijodidan boshlanadi. Xalq og‘zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va vatanparvarlik tarbiyasi, do‘stlik, ahillik, mehnatsevarlik, ota-onaga muhabbat, ezgulik va xunuklikning, yaxshi va yomon xulqning oqibati, halollik, olijanoblik, to‘g‘rilik tarbiyasi, adolat, insof, qon-qarindoshlik mehri-oqibati, mardlik, kamtarlik, baxillik, sabr-qanoat va sabrsizlik, qadr va qadrsizlik, muhabbat, vafo va bevafolik, or-nomus va nomussizlik, samimiylik, andisha va andishasizlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, me’yor va me’yorsizlik, mas’uliyat va mas’uliyatsizlik, tabiatni ardoqlash, yerni e’zozlash, o‘zidan kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish, farzand va farzandsizlik, salomlashish odobi, ovqatlanish madaniyati, kitobni sevish, jamoa orasida o‘zini tuta bilish, yurish- turish madaniyati kabi qadriyatlar mujassamlashgan. Maktabda xalq dostonlarini o‘qitish o‘quvchilarning dunyoqarashi, ijtimoiy- siyosiy ongi, ma’naviy-estetik va falsafiy qarashlarini rivojlantiradi. Ma’lumki, xalqimiz o‘ziing qadimiy va boy milliy madaniyati bilan dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shib kelgan. Ming yillar mobaynida yaxshilkni, ezgulikni kuylab kelayotgan folklor namunalarida xalqimizning eng ulug’, ezgu qarashlari jamuljam ifodasini topgan. Xalq dostonlari bitmas-tuganmas ma’naviy-ruhiy ozuqa manbai hisoblanadi. “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon”, 67 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference “Kuntug’mish”, “Yozi bilan Zebo”, “Ollonazar Olchinbek”, “Kelinoy”, “Oychinor” va shu kabi dostonlarda xalqimizning yaratuvchanlik, kurashuvchanlik g‘oyalari zavq bilan kuylangan. Bu kabi nodir dostonlar avlodlarga fidoyi folklorshunoslar hamda xalq baxshilarining zahmatli mehnatlari orqali yetib kelgan. Shuning uchun professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan baxshi-ijodkorlarni qadrlash, ularniing noyob san’atini saqlab qolish, rivojlantirish, yosh baxshilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda baxshilar ijodi va faoliyatini keng miqyosa o‘rganish, targ‘ib qilish ishlari davlat ahamiyatiga molik ishlar darajasiga ko‘tarilgan. Bu esa xalq og‘zaki ijodining taraqqiyot tadriji, evolyutsiyasi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini keng miqyosda o‘rganishning yangi pallasi boshlanganini ko‘rsatadi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning: “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g’risida”gi qarorida “O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’rifiy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish”1 kabi vazifalarni qoyganligi baxshichilik va dostonchilik san’atining chuqur o‘rganilishi zarurligini bildirdi. Xalq dostonlarining mazmunini, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini o‘rganish zarur. Xalq dostonlarida ifodalangan g‘oyalar orqali ma’naviy-intellektual yetuk shaxslar tarbiyalanishi haqiqat. Doston va dostonchilik san’atining o‘ziga xosligi, baxshilar epik repertuari, epik an’ana va mahorat, dostonlarda g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar, syujet, obraz va motivlarning tarixiy asoslari va badiiy evolyutsiyasi, dostonlarda variantlilik, umuman, epik ijodiyotning boshqa nazariy masalalarini maktabdayoq atroflicha o‘rganilishi maqsadga muvofiq. Vaholanki, hozirgi zamon ta’limida, kishilarni ma’naviy barkamol, iymon-e’tiqodda sobit, mukammal qilib tarbiyalashda folklorning o‘rni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Butun dunyo xalqlarining yaratgan folklor namunalari ularning milliy o‘zligini, tili va yashash tarzini, an’ana va urf-odatlari, qadriyatlarini ifoda etadigan ma’naviy boyligi hisoblanadi. Shu sababli, maktab ta’limida biz xalq ijodiyotini, xususan, dostonlarini o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qoyishimiz, o‘quvchilarni o‘zbek xalq dostonlari dovrug‘ini dunyoga tanitgan uning ijrochilari biografiyasi, ijodi, badiiy mahorati, ijrochilik iqtidori bi

Доказательный фрагмент

«Mohiyatida odob-axloq, ta’lim-tarbiya jamlangan o‘zbek xalq og‘zaki ijodining har bitta janrida tarbiyaning umumiy jihatlarini aks etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mohiyatida odob-axloq, ta’lim-tarbiya jamlangan o‘zbek xalq og‘zaki ijodining har bitta janrida tarbiyaning umumiy jihatlarini aks etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Ollonazar Olchinbek”, “Kuntug’mish”, “Murodxon”, “Go‘ro‘g‘li”, “Yozi bilan Zebo”, “Rustamxon”, “Kelinoy”, “Oychinor”, “Alpomish”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники