Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI.
EDUCATION SYSTEM · HUQUQIY ASOSLARI. · Axmedov A. T. · Igamberdiyev D.S. · Erkinjonova Niginabonu Elyorjon qizi · Valiyeva Gulsanam Bahromjon qizi · Abdujabborov Umidaxon Oybekjon qizi
Наука и инновации в системе образования · 1 · 187–195 · 2026
Аннотация
This article discusses the concept and classification of information psychological security, religious threats and their origins and causes, the concept of moral threat: approaches and interpretations, types of national conflicts and threats. Protection of individuals, organizations and society as a whole from informational and psychological threats is discussed. Key words: ethnic problems, globalization, falsification method, ideological struggle, social security, national security, internal security, external security, national threats, tolerance, tolerance, ideas. 14 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Axborot tizimida “falsifikatsiya mеtodi” (fеyk)dan foydalanish. Axborot manbalaridan foydalanishda shaxs madaniyatini takomili. Ko‘pmillatli jamiyatda tolеrantlik, bag‘rikеnglik g‘oyalariga tajovuz va taxdidlar. Hozirgi dunyoda tеrrorizm, ekstrеmizm va diniy tahdidlar: moslashuv va mafkuraviy kurash. Axborot almashinuvining rеgulyativ funksiyasi, xavf-xatar va tahdidlar. Axborot almashinuvida mikro, mеzo, makro darajalari. Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka taxdid soluvchi: milliy, mafkuraviy va axborot xurujlarini bartaraf etishning zamonaviy mеxanizm va tеxnologiyalari. Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik, biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir. Ijtimoiy tuzilmaning, ya’ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar hayot tarzining sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muhim mezondir. Ijtimoiy xavfsizlik – jamiyatda mavjud bo‘lgan turli ijtimoiy institutlar, jumladan, xavfsizlikni ta’minlash organlari, davlat muassalari, oila va mahalla tomonidan aholining turli ehtiyojlari, orzu-istaklari, maqsad-muddaolarini amalga oshirishlariga imkon berish bilan bog‘liq vazifalarini o‘z ichiga oladi. Bunda ayrim-alohida tabaqa yoki aholi qatlamining manfaatlari, ya’ni, ularning yaxshi yashashlari, uzoq umr ko‘rishlari, bir xududdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishiga aloqador xavfsizlik nazarda tutilmaydi. Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini bildiradi. Milliy xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza qilishni nazarda tutadi. Tashqi xavfsizlik – ikki bosqichni nazarda tutadi: umuminsoniy yoki global xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi xavfsizlik tahlil etilganda avvalo ekologik, harbiy, radiatsion, epidimiologik, kriminal-jinoiy, biologik va madaniy-ahloqiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi. Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitutsion xuquq va kafolatlariga aloqador bo‘lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka bog‘liq bo‘lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo‘yicha ijtimoiy, tabiiy, biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilishni nazarda tutadi. Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimning barcha davlatlar, madaniy xududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot 15 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o‘ziga yana bir turi axborot xavfsizligi paydo bo‘ldi. Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning ob’ektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shartsharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga еtib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo‘lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak. Axborot xurujlari turlicha bo‘lgani uchun unga nisbatan xavfsizlik choralarini ko‘rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, xududiy, tashkilish, shaxsiy) amalga oshiriladi. Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo‘naltirilgan ta’sir bo‘lib, uning asl maqsadi o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g‘arazli niyatlaridan kelib chiqadi. Bugungi kunda axborot juda keng tarqalgan bo‘lib, har taraflama rangbarang ma’nolarda tushuniladi. U ishtirok etmagan bilim sohasini topish qiyin. Axborot orqali yuzaga kelgan psixologik mojarolar sharoitida davlat axborot siyosatining vazifasi jamiyatni salbiy axborot, psixologik xurujdan ishonchli saqlash, qat’iy himoya qilish mexanizmini yaratish bilan belgilanadi.Har bir yangi axborot-psixologik mojaro himoya qilinayotgan jamiyat
Доказательный фрагмент
«This article discusses the concept and classification of information psychological security, religious threats and their origins and causes, the concept of moral threat: approaches and interpretations, types of nation…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the concept and classification of information psychological security, religious threats and their origins and causes, the concept of moral threat: approaches and interpretations, types of nation… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ethnic problems, globalization, falsification method, bag’rikenglik, milliy xavfsizlik, globallashuv, etnik muammolar, ijtimoiy xavfsizlik, g’oyalar., ichki xavfsizlik, tashqi xavfsizlik, mafkuraviy kurash, milliy tahdidlar tolerantlik, falsifikatsiya metodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025