Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HIKOYALARDA HAYOT HAQIQATI
EDUCATION SYSTEM · HIKOYALARDA HAYOT HAQIQATI · Ergasheva Aziza
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada hikoya janri a uning xususiyatlari haiqda fikr yuritilgan. Ulug’bek Hamdamning “Gardkam”, va “Malol” hikoyalarida yozuvchi ideali ramziy obrazlarda o’ziga xos yoritilgan. Kalit so’zlar: obraz, hayotiy hikoya, estetik ideal, real voqealar. Ma'lumki, 90-yillar o‘zbek hikoyachiligida sub'ektiv talqin yetakchilik qiladi. Bu jihat estetik ideal va xarakter munosabatida ham namoyon bo‘lgan va mazkur xususiyati bilan realistik hikoyalardagi milliy xarakterlardan farq qiladi. Odatda realistik asarlarda yaratilgan ideallar bevosita hayotdan olinadi yoki hayotiy qahramonlar, voqealar, obrazlar ideallashtirilgan shaklda tasvirlanadi. Modern hikoyalarda esa yozuvchi ideali ko‘pincha ramziy obrazlarda ko‘zga tashlanadi. U ko‘proq yozuvchining sub'ekt ideali bilan bir butunlikda aks etadi. Ulug‘bek Abduvahobning “Gardkam” deb nomlangan hikoyasida estetik idealning shunday o‘ziga xos shakliga duch kelamiz. Hikoya real voqealar emas, yozuvchi sub'ektiv dunyosida kechadigan noreal voqealar asosiga qurilgan. “Gardkam” qahramoni ideali o‘ta baland cho‘qqida ko‘zni qamashtirib, barchani o‘ziga chorlovchi lola. Hamma cho‘qqiga chirmashib, lolaning huzuriga intiladi. Mashaqqatlar, o‘zaro musobaqa davomida yuz beradigan shafqatsizliklar, xoinliklar, qurbonlar, dod-faryodlar lola tomon intiluvchilarning faoliyat jarayonini ifodalaydi. Hikoya qahramoni bir qaraganda lolani islom dunyosi talpinadigan Ka'baga o‘xshatadi. Bu fikridan voz kechib, uni quyoshga, odamlarni esa quyosh atrofida parvona yo‘ldoshlarga mengzaydi. Biroq bu fikridan ham voz kechishga to‘g‘ri keladi. Chunki go‘zal va purviqor lola maftunkor ko‘z qisib, uni o‘ziga chorlaydi. Boshida Lolaga intilib mashaqqat chekayotgan odamlarni tushuna olmagan qahramon endilikda ularning biriga-lolaning ashaddiy muxlisiga aylanadi: “Ko‘nglimda lolaning yodi, uning menga, faqat menga ko‘rsatgan iltifoti... Buni xayolimga keltirsam, o‘zimni har qanday do‘zaxga otishga tayyor ko‘raman”, deydi qahramon. Yo‘lda u ba'zan ikkilanadi, vahimadan oyoqlari qaltiraydi. Kimdir uni parishonligidan foydalanib, yelkasiga oyoq qo‘yib yuqorilab ketishadi. Oyoq zarbini ko‘tara olmagan qahramon ajal bilan yuzma- yuz to‘qishadi. Biroq qo‘llari uni saqlab qoladi. Shunda u o‘zining baxtsizligiga sabab bo‘lgan “yo‘lovchi”ni emas, ko‘proq uning aybi bilan qulab halok bo‘layotganlarni o‘ylab azob chekadi: “Endi nima bo‘ladi?... Lolaning oldiga qay 50 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference yuz bilan boraman? Unga yetishganimda ham ko‘nglimning bir chekkasiga begunoh odamlarning yodi mudom kemirib turadi-ku!”, deb o‘ylaydi u. Hayot- mamot kurashi ketayotgan, qolaversa, o‘ziga zulm bo‘lib turgan bir vaziyatda bunday fikrga borish kimgadir sun'iyroq tuyulishi mumkin. Biroq qahramon tabiatan pok, vijdonli. U Lolaning yoniga yovuz tuyg‘ular bilan borishni xohlamaydi. Xuddi shu soniyada uni bosib o‘tib ketgan olg‘ir unga tosh ota boshlaydi. Qahramon beixtiyor Xudoga murojaat qiladi: “Ey xudo, shu la'natini yo‘q qilmasang, rozimasman.Uning duosi qabul bo‘ladi. Yovuzlik jarga qulaydi. Shunda qahramonning naqadar ezgu qalb egasi ekani ayon bo‘ladi: “Negayam yomon niyat qildim, birovga o‘lim tiladim...o‘zimni kechirolmayman”. Ezgu qalb va ezgu niyat qahramonning yo‘liga unum beradi. “Yo‘lovchi”lardan faqat ugina qoladi. Lekin birinchi dovonni ming mashaqqatlar bilan bosib o‘tgan qahramon qarshisida yana o‘nlab qoyalarni ko‘radi. Biroz ikkilanadi, biroz umidsizlikka tushadi. Lekin Lolaning ishqi uni tamom mast qilib qo‘ygan: “Buyog‘i endi tavakkal, yo hayot, yo mamot”,- degan xulosaga keladi qahramon. Shunday ahd bilan hikoya tugaydi. Hikoyadagi hammani mashaqqatga qo‘ygan Lolani muayyan maqsad ramzi deb belgilash o‘rinsiz. To‘g‘rirog‘i, buni har bir kitobxon o‘zi hal qilishi kerak. “Gardkam” an'anaviy hikoyalardan, avvalo, shu jihati bilan farq qiladi. Estetik ideal majoziyligi o‘quvchi idrokidagi erkinlikka, tanlash huquqiga yo‘l ochib beradi. Ikkinchidan, hikoyada ideal sari boruvchilarga muvaffaqiyat keltiruvchi ba'zi narsalarga nozik ishora ham yo‘q emas. Muallif fikriga ko‘ra har qanday maqsadning amalga oshuvi ezgulikda, iymon va poklikda. Shu jihati bilan hikoya sharq falsafasiga xos komillikni targ‘ib etadi. Komillikka intilish esa milliylikning yuksak ko‘rinishidir. Uchinchidan, qahramonning yovuzlikka munosabati ham sharqona. U o‘ziga yomonlik qilganlarga nisbatan yovuz bo‘la olmaydi. Beixtiyor og‘zidan chiqib ketgan qarg‘ish uchun o‘zini kechirolmaydi. Xalqimizning “Qonni qon bilan emas, qonni suv bilan yuvish kerak”, degan maqoliga amal qiladi. Hikoyaning qahramon maqsadiga yetmasdan tugashi esa hayotning dialektik qonuniyat asosida rivojlanishiga falsafiy ishoradek. Xullas, “Gardkam” qahramoni intilgan ideal moddiy emas, balki ilohiy, ruhoniy idealdir. O‘zbek mumtoz adabiyotidagi kuylab kelingan ideallarning XX asr adabiyotidagi yangilangan nasriy shaklidir. U Abduvahobning Malol hikoyasi qahramoni insonlik bu-malol”, degan xulosaga kelad
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hikoya janri a uning xususiyatlari haiqda fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hikoya janri a uning xususiyatlari haiqda fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- estetik ideal, obraz, hayotiy hikoya, real voqealar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025