К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAKLLANTIRUVCHI G`OYALARNI MILLIY HUQUQ TIZIMIMIZGA IMPLEMINTATSIYA QILISH MASALALARI

EDUCATION SYSTEM · IMPLEMINTATSIYA QILISH MASALALARI · Mutallibjonov Usmonjon Ixtiyorjon o'g'li

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Inson huquqlarini himoya qilish sohasida indikatorlarni shakllantirish bo’yicha xalqaro va horijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek bu borada ijobiy tajribalarni O’zbekiston Respublikasining milliy huquq tizimiga implemintatsiya qilish masalalari nazariy jihatdan tahlil etilgan. Kalit so`zlar: indikator, inson huquqlari sohasida indikator, “oltin indikator”, subindikator, implementatsiya, disaggregatsiya, o’lchov, monitoring. Bugungi kunda inson huquqlarini ta’minlash borasida xalqaro standartlar doirasida qator mamlakatlar tajribasi shakllandi. Ularning ayrimlari nafaqat ushbu mamlakatda, balki boshqa davlatlar uchun ham dastur bo’lib xizmat qiluvchi xalqaro ahamiyat kasb etgan bo’lsa, ayrimlari davlat uchun kutilgan natijani bermadi. Taqdiqot ishining mazkur bo’limida, xalqaro va xorijiy mamlakatlarda inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha yaratilgan, tadbiq etilayotgan indikatorlarni milliy huquq tizimimizga implemintatsiya qilish masalalari xususida so’z yuritamiz. Buyuk Britaniya inson huquqlari indikatorlarining o’ziga xos tomoni har bir inson huquqlari sohasi bo’yicha alohida indikatorlar tizimi yaratilib, mazkur indikatorlar asosan shaharlar muhitida yashovchi aholi vakillariga nisbatan tadbiq etilib, monitoring qilish imkoniyatlarini inobatga oladi2 . Yanada tushunarliroq qilib aytganda, mazkur indikatorlar “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da belgilangan 11-maqsad (shaharlar va aholi yashash punktlarida xavfsizlik va ochiqlikni ta’minlash) vazifalarini qamrab olgan indikatorlar bilan deyarli o’xshash edi. Bugungi kunga kelib mazkur indikatorlar 5 ta asosiy guruh tarkibiga birlashtirildi. Ya’ni: - Tenglik va kamsitilishning ta’qiqlanishi; - Ta’lim; - Sog’liq va ijtimoiy himoya; - Boshpana va uy-joyga bo’lgan huquq; - Munosib turmush darajasi; Buyuk Britaniyada indikatorlarni shakllantirishda aholi o’rtasida turli so’rovlar o’tkazish orqali ularning ehtiyojlarini aniqlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, barcha hududlar uchun bir xil standart indikatorlardan emas, balki aholi muammolaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan. Masalan, qishloq joylarida istiqomad qiluvchi aholining toza ichimlik suviga bo’lgan ehtiyoji shahar aholisiga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi. Yoki 10 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference chekka hududlarda istiqomad qilayotgan aholini ish bilan bandligi ko’rsatkichi shaxar aholisiga nisbatan pastroq hisoblanadi. Shu bois yuqoridagilarni inobatga olib, milliy indikatorlatni shakllantirishda muayyan hudud, aholi ehtiyoji, sharoit va boshqa belgilarni inobatga olgan holda (diskriminatsiyaga yo’l qo’ymagan holda) yaratish lozim. Ayniqsa, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, ta’lim, ish bilan ta’minlash, internet sifati, huquqiy bilimlarni baholoash kabi sohalarda samarali natijalarni berishi mumkin. Yana bir inson huquqularini ta’minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlardan biri bu Daniyadir. Ushbu mamlakat insonlar o’rtasida gender tenglikni ta’minlash, o’zboshimchalik bilan xibsga olish holatlariga barham berish, qamoqxonlarda insoniy munosabatni ta’minlash, nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida dunyo mamlakatlari uchun tajriba bo’la oladigan indikatorlarni joriy etdi. Ulardan eng muhimlaridan biri bu nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlanganlik darajasini baholovchi “Oltin inditarorlar”dir. BMTning Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mitasi mustaqil eksperta a’zosi S.Langvad “Nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini rivojlanishi uchun oltin indikatorlar tegishliligi, kuchliligi bilan o’ziga xos hissa qo’shdi” deb ta’kidladi. Inson huquqlari sohasida ta’lim xalqaro standartlarini implimintatsiya qilish orqali, zamonaviy milliy huquq normasi vujudga kelishi bilan birga, inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlash sohasida xalqaro darajada yetarli bilim va malakaga ega bo’lgan davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan inson huquqlarini samarali ta’minlanishi bo’yicha ijobiy natijalarga erishish mumkin bo’ladi. Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, mazkur bobda bayon etilgan inson huquqlari sohasida indikatorlarni shakllantirishda horijiy mamlakatlar tajribasi, ularning xalqaro indekslar doirasidagi o’rni va nufuzi, xalqaro tashkilotlar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etishdan asosiy maqsad zamonaviy indikatorlarni milliy huquq tizimimizga implemintatsiya qilish orqali inson huquqlarini himoya qilishning samarali usul va vositalarini nazariy asoslarda ko’rsatish va bu borada taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Inson huquqlari sohasida milliy indikatorlarni shakllantirishning nazariy asoslarini yaratmasdan, bu borada aniq mexanizmlarni ishlab chiqmasdan turib belgilangan maqsad va vazifalarga erishishga bo’lgan harakat davlat va uning vakolatli organlari uchun murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Shu bois, mamlakatimizda milliy indikatorlarni shakllantirishda yuqoridagi xalqaro va horijiy mamlakat

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Inson huquqlarini himoya qilish sohasida indikatorlarni shakllantirish bo’yicha xalqaro va horijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek bu borada ijobiy tajribalarni O’zbekiston Respublikasining milliy hu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Inson huquqlarini himoya qilish sohasida indikatorlarni shakllantirish bo’yicha xalqaro va horijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek bu borada ijobiy tajribalarni O’zbekiston Respublikasining milliy hu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“oltin indikator”, implementatsiya, disaggregatsiya, subindikator, o’lchov, indikator, monitoring., inson huquqlari sohasida indikator
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники