Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHLARIDA QURISH-YASASHGA O‘RGATISHNING METOD VA USULLARI
EDUCATION SYSTEM · GURUHLARIDA QURISH-YASASHGA O‘RGATISHNING · METOD VA USULLARI
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Пути развития творческих способностей детей подготовительной группы в дошкольных образовательных организациях, методы ведения и организации строительной деятельности. Ключевые слова: строительство, строительные игры, наборы, натуральные материалы, выброшенные материалы, творчество, строительные материалы, технические навыки Annotation: Ways to develop the creative abilities of preparatory group children in preschool educational organizations, methods of conducting and organizing construction activities. Keywords: construction, building games, kits, natural materials, discarded materials, creativity, building materials, technical skills Tayyorlov guruh bolalari asosan qurish-yasashning quyidagi usulidan foydalanadilar, ya‘ni tarbiyachining topshirig‘i b‘yicha bola o‘z tasavvuriga tayangan holda rasm, foto-rasmlardan foydalanadi. Ko‘pgina qurilma mavzusi beriladi. Katta guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir. Namunalar ko‘pincha rasm, foto-rasm bo‘lib, bu rasmda bolalarning keraksiz ashyolardan, qurilish materialidan qurilgan qurilmalari aks etgan bo‘ladi. Ba‘zida tarbiyachining o'zi yasagan narsani namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. Tarbiyachi topshiriqni tushuntirayotganda qurish-yasashning yangi usulini qisman ko‘rsatib o‘tadi. Tayyorlov guruhidagi ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash obyektlari haqida tasavvur qilishlariga yordam beradi. Har bir sayohat bolalarning keyingi mashg‘ulotga tayyorgarligini oshirishga yordam beradi. 70 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Shahar bo‘ylab ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko‘chalarning tuzilishiga, binolarning chiroyli qurilganligiga qaratadi. Tarbiyachi bolalar bilan biror bir maydonning fazoviy joylashishini, binolarni tahlil qiladi. Mashg‘ulotda esa topshiriqni tushuntirib, bolalar bilimini oshiradi. Mashg‘ulotning boshida o‘tkaziladigan suhbatlar bolalar bilimini faollashtiradi. Ko‘prik qurayotganida tarbiyachi bolalarga eslatib o‘tadi: ko‘priklar har xil bo‘ladi. Yo‘lovchilar uchun va transport uchun ko‘priklar. Mashg‘ulotning boshida, kinoteatr qurishda tarbiyachi suhbat o‘tkazib, binoning asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni ajratadi, uning asosiy shakl, fazoviy joylashishini aniqlaydi. Agar boshqa mashg‘ulot bo‘lsa, tarbiyachi bolalardan o‘ylagan qurilmalari, uning nima uchun qo‘llanishi, tanlangan materiallar haqida gapirib berishni talab qiladi. Qog‘oz va tabiat materiallaridan qurish-yasash. Maktabgacha ta‘lim muassasasida turli xil o‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan, tabiiy materiallaridan keng foydalaniladi. Bolalarga qog‘ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog‘ozlar. Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni to‘playdi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar teradilar. Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib, quritiladi, bunday urug‘lar maxsus qutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo‘llanmalarni yasash uchun: qog‘oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho‘pi, yelim, qaychi kabi materiallardan ham foydalaniladi. Qog‘oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallardir. Bu materiallardan bolalar bog‘chasida turli-tuman o‘yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo‘lib qolmay, balki qiziqarli hamda bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog‘ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiiy materiallari, manzarali daraxt mevalari, shox- shabbalar va boshqalarni tarbiyachi bolalar bilan birgalikda oldindan tayyorlab boradi. Masalan, urug‘lar, danaklar yaxshilab yuvilib, quritilib yig‘iladi. Kashtan daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug‘i esa qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o‘yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar, qog‘oz, karton, plastilin, simlar, yelim va mehnat qurollaridan: qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo‘llaniladi. Dastlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib, uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun o‘yinchoq va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayoq bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikkiga 71 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference buklashni o‘rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o‘yinchoq yasash, asosiy qismga alohida detallarni yopishtirishni ham o‘rganadilar. Masalan, uychaga - eshik, deraza; avtobusga - oyna, g‘ildirak yopishtiradilar. Topshiriqning bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarning aqliy faol
Доказательный фрагмент
«Пути развития творческих способностей детей подготовительной группы в дошкольных образовательных организациях, методы ведения и организации строительной деятельности.»
Образец извлечения
Демо-превьюПути развития творческих способностей детей подготовительной группы в дошкольных образовательных организациях, методы ведения и организации строительной деятельности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- construction, building games, kits, natural materials, discarded, ijodiy ish, tashlandiq materiallar, to‘plamlar, konstruktor o‘yinlari, qurilish materiallari, tabiiy materiallar, texnik malaka, qurish-yasash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025