К содержанию
РецензированоUZ2021

Interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursini yaratish orqli talabalarning mustaqil ishini tashkillashtirish

Kayumov Oybek Achilovich (Sciences in Higher Educational Institutions. Middle European Scientific Bulletin, 17, 133-137.)

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2021

Аннотация

Oliy o‗quv yurtlarida kadrlarni tayyorlashda interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursi yaratish, veb va axborot texnologiyalari asosida ta‘limning axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq etish orqali ta‘lim sifatini oshirish. Elektron ta‘lim resursi interaktiv bo‗lishi va talabalarni o‗quv jarayoniga faol jalb qilishi kerak. Tadqiqot metodlari amaliy mashg‗ulot va mustaqil ta‘lim topshiriqlarni qiyinchilik darajasiga nisbatan masalani quyi pag‗onadagi bo‗laklarga ajratish orqali talabaning qo‗yilgan masala mohiyatini anglatishdan iborat. Tadqiqot natijalari elektron ta‘lim jarayoniga sun‘iy intellektni qo‗llashning asosiy yutug‗i shundaki, talabaning bo‗sh vaqtida mustaqil o‗rganish imkonini beradi. Kalit so‗zlar: elektron pedagogika, e-learning, interaktiv, intellektual, AI, sun‘iy intellekt, topshiriqlarni differensiallash, topshiriqlarni integrallash. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida jamiyatning axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq etish orqali yuqori natijalarga erishmoqda. Ta‘lim sifatini raqamli texnologiyalar asosida doimiy takomillashtirish bo‗yicha yirik loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‗yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Oliy ta‘lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlashda intellektual elektron ta‘lim resurslaridan foydalanish dolzarb muammo sifatida qaralmoqda. Elektron ta‘lim jarayoniga sun‘iy intellektni qo‗llashning asosiy yutug‗i shundaki, talabalarning texnikaga savol berib undan javob olishidir. Talabalar ba‘zan auditoriyada savol bermaslikka xarakat qilishadi, chunki tengdoshlari gaplarini rad etishdan qo‗rqishadi. Shu sababli ta‘limda interaktiv intellektual dasturiy vositalar joriy etgan holda elektron ta‘limdan foydalanishga asoslangan talabalarning ta‘lim faoliyatini individuallashtirishga bo‗lgan yondashuvlarni amalga oshirish mumkin bo‗ladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi oliy taʻlim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlash jarayonida interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursi yaratilish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta‘limning axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq etish orqali ta‘lim sifatini oshirish. Tadqiqot metodlari amaliy mashgʻulot va mustaqil ta‘lim topshiriqlarni talaba qobilyatiga nisbatan intelektual tahlil qilib, n ta quyi darajadagi masala boʻlaklariga ajratib bajartirish va boʻlaklarni birlashtirish orqali masalaning yechimini hal qilish nazarda tutilgan. Tadqiqot natijalari elektron ta‘lim jarayoniga sun‘iy intellektni qo‗llashning asosiy yutug‗i shundaki, talabalarning texnikaga savol berib undan javob olishidir. Talaba kurs mazmuni bilan oʻzaro aloqada boʻlganda, sunʻiy intellekt har bir talabaga chuqurroq muhokama qilish uchun vaqt ajratadi. Modellashtirish esa pedagogik loyihalashning eng muhim bosqichi bo‗lib, unda nima bo‗lishi kerak bo‗lsa, shu haqida eng qisqa tafsilotni anglash faoliyati tushuniladi. Interaktiv elektron ta‘lim resurs modelini ishlab chiqishda o‗qitish maqsadi va ta‘lim tamoyillari, ta‘limga yondashuv kabi tayanch tushunchalarga tayanildi. 24 Algoritmik tillar va dasturlashga oid bilim, ko‗nikma va malakalarni egallash bo‗yicha faoliyat metodikada belgilangan maqsadlarga erishishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. Ta‘lim vositalari (ularning qatoriga bizning tadqiqotimizda ko‗rib chiqilayotgan elektron ta‘lim resurs ham kiradi) ta‘lim oluvchi (talaba) bajaradigan barcha harakatlar ―Algoritmik tillar va dasturlash‖ o‗quv kursini o‗qitishda ko‗zda tutilgan maqsadga erishishga yordam beradigan tarzda konstruksiyalanishi kerak[4]. Har bir talaba uchun shaxsiylashtirilgan ta‘lim jarayoni tashkil etiladi. O‗quv harakatlarning asosiy konsepsiyasi bo‗lib, bilim ko‗nikma va malakalarni ta‘lim oluvchilarning maqsadga yo‗naltirilgan mos xarakatlari ko‗rinishlari hosilasi sifatida ko‗rib chiqiladigan tizimli- faoliyatli yondashuv hisoblanadi. Shaxsiylashtirilgan ta‘lim jarayonida bilim ko‗nikmasini egallash ta‘lim oluvchilar tomonidan o‗quv faoliyati komponentlarini (motivlari, maqsadlari, vazifalari, shuningdek material bilan bajarilishi kerak bo‗lgan xarakat va operatsiyalar) o‗zlashtirishga asoslanadi. Elektron ta‘lim resurslari yordamida ta‘lim oluvchida shakillantrilishi mumkin bo‗lgan shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarga e‘tiborni qaratimiz. Elektron ta‘lim Resurslaridan regulyativ va kognitiv shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarni shakillantirish uchun samarali foydalanishi mumkin. Regulyativ shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarga maqsad qo‗yish, rejalashtirish, bashoratlash, nazorat, tuzatish, baholash va o‗z o‗zini to‗g‗irlash kiradi [2]. Elektron ta‘lim resurs bilan ishlash orqali ta‘lim oluvchilar yuqorida keltirilgan shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarni xam o‗zlashtiradilar. Masalan, o‗qish resurs o‗qish maqsadiga mos ma‘lumotlarni topish va ajratishga, shuningdek sharoitga qarab muammolarni xal qilishning eng samarali usullarini tanlashga yordam beradi. Bundan ko‗rinib turibdiki

Доказательный фрагмент

«Oliy o‗quv yurtlarida kadrlarni tayyorlashda interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursi yaratish, veb va axborot texnologiyalari asosida ta‘limning axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq etis…»

Образец извлечения

Демо-превью

Oliy o‗quv yurtlarida kadrlarni tayyorlashda interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursi yaratish, veb va axborot texnologiyalari asosida ta‘limning axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq etis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv, intellektual, AI, elektron pedagogika, e-learning, topshiriqlarni differensiallash, topshiriqlarni integrallash, sun‘iy intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники