Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORONAVIRUS INFEKSIYASI TUFAYLI SOCH TO'KILISHI VA DAVOLASH USULLARI
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · DAVOLASH USULLARI · Tashmatova Nargiza Baxodirovna · Qurolli Kuchlar Harbiy Tibbiyot Akademiyasi
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Soch to'kilishining sabablaridan biri bu stressdir. Global COVID-19 pandemiyasi ko'pchilik uchun shunday omilga aylandi. Ushbu infeksiya tufayli soch to'kilishining patogenezi hali yetarlicha o'rganilmaganligini hisobga olganda, ko'pchilik mualliflar infeksiyaning o'zi ham, u bilan bog'liq bo'lgan psixo-emotsional holat va o'tkaziladigan terapiya ham diffuz soch to'kilishiga va androgenetik alopesiyaga olib kelishi mumkin degan teoriyani taklif qilishdi. Ba'zi tadqiqotlar COVID-19 patogenezida ishtirok etadigan androgenlar va androgenetik alopesiyaning rivojlanishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi. Boshqa tadqiqotchilar bu infeksiya bilan bog'liq telogen soch to'kilishining ko'p holatlarini kuzatdilar. Bizning amaliyotimizda, COVID-19 tomonidan qo'zg'atilgan sochlarning diffuz noziklashishiga ko’p duch kelamiz. Ko'pincha, turli xil infeksiyalar tufayli yuzaga keladigan diffuz telogen sochlarning noziklashishi dori vositalarisiz to'xtatilishi mumkin. Ilmiy ishda dermatolog amaliyotida qo'llanilishi mumkin bo'lgan COVID-19 tomonidan qo'zg'atilgan alopesiyaga qarshi kurashda tabiiy va innovatsion komponentlar bilan parvarishlash vositalaridan foydalanish tajribasi tasvirlangan. Kalit so'zlar: alopesiya, diffuz soch to'kilishi, telogen soch to'kilishi, COVID- 19, o'simlik stimulyatorlari. HAIR LOSS DUE TO CORONAVIRUS INFECTION AND TREATMENT METHODS Tashmatova Nargiza Bakhodirovna Military Medical Academy of the Armed Forces ANNOTATION One of the causes of hair loss is stress. The global COVID-19 pandemic has become such a factor for many people. Considering that the pathogenesis of hair loss due to this infection has not yet been sufficiently studied, many researchers have proposed a theory that the infection itself, the psycho-emotional state associated with it and the therapy administered can all potentially lead to diffuse hair loss and androgenetic alopecia. Some studies indicate a connection between androgens involved in the pathogenesis of COVID-19 and the development of androgenetic alopecia. Other 43 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК researchers have observed numerous cases of telogen effluvium associated with this infection. In our practice, we frequently encounter diffuse hair thinning triggered by COVID-19. Often, the thinning of diffuse telogen hair caused by various infections can be stopped without medication. The scientific paper describes the experience of using natural and innovative care products in combating COVID-19-induced alopecia, which can be applied in dermatological practice. Key words: alopecia, diffuse hair loss, telogen hair loss, COVID-19, plant stimulants. Bugungi kunga qadar bir qator tadqiqotlar yangi koronavirusning klinik ko'rinishini tasvirlab berdi: shu jumladan angiit, akrodermatit (akroangiit), papulovezikulyar toshmalar, papuloskvamoz toshmalar, pushti rangli temiratki, toksikodermiya, surunkali dermatozlarning kuchayishi, androgen alopesiya va sochlarning telogen kamayishi [1–5]. Androgenetik alopesiyaning rivojlanishida androgenlarning ta'sir qilishi hamda frontal-temporal va tepa sohalarida regressiya shaklida xarakterli o'zgarishlar sabab bo'ladi. Regressiya ham soch follikulalarini, ham yog bezlarini o'z ichiga oladi va soch follikulalari atrofida va ostida mahalliy fibroz tuzilmalarning rivojlanishini o'z ichiga oladi, bu esa, ehtimol, teri adipotsitlari ishtirokida adipotsitning miofibroblastga o'tishi bilan bog'liq [6]. ANDROGENETIK ALOPESİYA VA COVID-19 Germaniyada o'tkazilgan klinik sinovda 41 nafar kishi ikki tomonlama COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan yevropeoid irqiga mansub erkaklari (o'rtacha yosh - 58 yosh) orasidan 29 kishi nafarida (71%) Norvud - Gamilton > 2 shkalasi bo'yicha androgenetik alopesiya qayd etilgan; 16 kishi nafarida (39%) androgenetik alopesiyaning og'ir shakli aniqlandi (Norvud - Gamilton shkalasi bo'yicha ≥ 4) [7]. Androgenlar COVID-19 patogenezida bir nechta yo’l bilan ishtirok etadi. Shunday qilib, androgen tomonidan boshqariladigan TMPRSS2 proteaza SARS- CoV-2 infeksiyasi bilan kasallanish uchun zarur bo'lgan hujayrali koreseptordir [8]. Androgenlar immunosupressiv ta'sirga ega bo’lganligi sababli, yana bir patogenetik bo'g'in bo’lib - androgenga bog'liq immun modulyatsiyasi hisoblanadi, bu esa COVID-19 bilan kasallangan katta yoshdagi bemorlar orasida erkaklar ustunligi bilan tasdiqlangan [9]. Bir qator tadqiqotchilar COVID-19 ning geografik tarqalishiga genetik omillarning ta'sir etishi kabi gipotezani taklif qilishdi [1]. HSD3B1 gen adrenalo- 44 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК permissiv fenotipi dehidroepiandrosteronni faol va kuchliroq androgenlarga aylantirishda ishtirok etadigan 3β-gidroksisteroiddegidrogenaza-1 ni kodlaydi. “1000 genom” loyihasiga ko'ra, Italiya va Ispaniya umumiy populyatsiyasida HSD3B1 allelining eng yuqori chastotasiga ega [10]. Bu esa COVID-19 pandemiyasi davrida ilk bor Ispaniyada androgenetik alopesiyaning aniqlanganligini tushuntirishi mumkin. C.G. Wambier va boshqalar CO
Доказательный фрагмент
«Soch to'kilishining sabablaridan biri bu stressdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюSoch to'kilishining sabablaridan biri bu stressdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alopecia, diffuse hair loss, telogen hair loss, COVID-19, plant, telogen soch to'kilishi, diffuz soch to'kilishi, alopesiya, o'simlik stimulyatorlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025