Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATN USTIDA ISHLASHDA KOMMUNIKATIV O'YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASI (INGLIZ TILINI IKKINCHI CHET TILI SIFATIDA O'QITISH MISOLIDA)
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · SIFATIDA O'QITISH MISOLIDA) · Xojiyeva Sevaraxon Dilshodjon qizi
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
In recent years, the emphasis on the study and teaching of foreign languages has increased significantly. This is done to make foreign language lessons, especially English, more interesting, that is, using a variety of innovative methods, techniques and interactive games that challenge a wide variety of students. Using these games throughout the lesson further enhances students' interest in learning the subject. This article describes techniques for learning English and russian through games. Keywords: foreign language, interactive games, technical means, didactic games, role-playing style, game grammar, taboo words (forbidden words), Pictionary game). Bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish muhim ahamiyat kasb etayotganligi sababli, tillarni nafaqat oliy ta’lim muassasalarida, maktablarda, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida ham o’rgatilmoqda. Darslarda o’ziga xos usullar,qiziqarli metodlar bilan o’tilmasa, o’quvchilarni darsga jalb qilish biroz murakkab vazifaga aylanishi mumkin [1-4]. Agarda darslarda an’anaviy usullardan kechilsa, qiziqrli qilib olib borilsa bu nafaqat dars sifatini ta’minlaydi, shu bilan birga zerikishni oldini olib, passiv o’quvchilarni ham darsda ishtirok etishga jalb qiladi. Ingliz va rus tilini o’rgatish jarayonida bir qator qiziqrli o’yinlar mavjud. Shuni aytib o‘tish joizki, bolalarga til o’rgatishda shunday o’yinlardan oydalanish kerakki, unda barcha o’quvchilar birdek ishtirok etishsin hamda darsadan yangilik olishsin (masalan yangi lug’atlar yodlab ketishi mumkin,har kuni shu 80 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК jarayon takrorlansa, o’quvchining lug’at boyligi yuqori darajaga ko’tariladi). O’quvchilarga darsni grammmatik tushunchalar bilan boshlash noo’rindir, ayniqsa kichik sinf o’quvchilarini tezda zerikishiga sabab bo’ladi. Natijada dasrga bo’lgan qiziqish so’nishi mumkin [5-9]. Ular bilan hattoki salomlashish jarayonini ham noan’anaviy tarzda boshlash kerak, masalan, o’qituvchi kirishi bilan darsni qandaydir salomlashishga oid inglizcha qo’shiq bilan boshlash (asosan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mativatsion usuldir)usuli samarali usuldir. Shu tariqa dars davom etsa, o’quvchilar dars davomida ha bir topshiriqqa bo’lgan e’tiborini yo’qotishmaydi. Xattoki ular ingliz tili darslarini intizorlik bilan kutishadigan bo’lishadi. Albatta, bularning barchasini o’qituvchi tashkillashtirishi kerak va bu pedagogning zimmasida. Shunday ekan chet tilini o’rganishni qiziqarli qilish uchun ba’zi o’yin turlarini keltirib o’tish mumkin [10- 14]. Ingliz va rus tillari darslarining samaradorligini oshirish uchun ,,Rolli o’yinlari’’dan foydalnish mumkin. Bu o’yinning afzallik tomonlari shundaki, bu vaziyatdan kelib chiqib o’ynaladi. Bu o’yin nafaqat fan o’rganilishi uchun foydali, shu bilan birga aqliy qobilyatni shakllantirishga ham yordam beradi. Bu o’yinda mavzular tanlab olinib, bolalar dialoglar tashkil qilishadi. Masalan, yo’lovchining taksini to’xtatgan jarayonidagi suhbati, yoki kiyim do’konlaridagi muloqotlar - bularning barchasini ingliz tilida ham gapirib, ham ko’rsatib berishadi. Aynan shu o’yinda, guruh bilan ishlash taktikasini qo’llasak ham bo’ladi, ya’ni o’quvchilarni guruhlarga ajratib turli mavzularni bo’lib berish. Bu holatda raqobatlashuv ham vujudaga keladi. Raqobat-yuksalish mezonidir [15]. Topshiriqni yaxshi bajargan guruh rag’batlantirilsa, qolgan o’quvchilarning intilishi ham kuchayadi. Bundan tashqari, ingliz tili darslarini mazmunli o’tkazish uchun didaktik o’yinlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir [16- 19]. OBJECT- bu o’yin o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, chet tili fanlarini o’rganishdagi eng muhim yo’nalish bu yangi so’zarni yod olishdir. O’quvchilarning xarakterlarini hisobga olsak, har bir o’quvchi o’z usulida lug’at yodlaydi. Shunga ishonchimiz komilki, o’yinlar orqali yangi so’zlarni yodlash hammaga mos keladi va bu jarayonni yengillashtiradi. Yuqorida aytib o’tgan o’yinimizda, dars paytida sinf xonadagi 15 ta buyum stol ustiga qo’yiladi va o’quvchilar kelib bu buyumlarni ko’zdan kechirishadi. Buyumlarning usti yopib qo’yiladi va so’ngra o’quvchilar ko’rgan narsalarini, ma’lum vaqt davomida ingilizchasini doskaga yozishlari kerak. Eng ko’p so’zni to’g’ri yoza olgan o’quvchi g’olib bo’ladi. Shu o’yinning sifatini ta’minlash maqsadida shuni ayta olamanki, shu vaziyatning o’zida qolgan,ishtirok etmagan o’quvchilarni ham darsga jalb qilish uchun, ularga shu buyum nomlariga 81 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК bittadan gap tuzish toshirig’i berilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi va bu befarqlikning oldini ham oladi . Pictionary - ko’pchilik ingliz tili fanini o’rgatuvchi va o’rganuvchilar uchun bu o’yin tanishdir, ya’ni o’z nomi bilan so’z o’yini va unda rasm chiziladi. Bu o’yinda rasm chizish uchun oddiy doskadan yoki magnit doskadan foydalanish mumkin. Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linadilar va har bir jamoa uchun doskaning ikki tarafiga jadval chiziladi. Jamoalarning ballari shu
Доказательный фрагмент
«In recent years, the emphasis on the study and teaching of foreign languages has increased significantly.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn recent years, the emphasis on the study and teaching of foreign languages has increased significantly. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- foreign language, interactive games, technical means, didactic, interfaol o’yinlar, texnik vositalar, Taboo words (ta’qiqlangan so’zlar), chet tili, Pictionary(so’zli o’yin)., o’yinli grammatika, Rolli o’yinlar uslubi, didaktik o’yinlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026