Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TA'LIMGA BOLALARNI JALB ETISH: MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH YO'LLARI.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · RIVOJLANISH YO'LLARI. · Djurayeva Sohiba · Sherqo`ziyeva Rayhona
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Inklyuziv ta'lim bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib, bolalarni jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan teng huquqli ta'lim jarayoniga jalb qilishni o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada inklyuziv ta'limning ahamiyati, uning ta'lim jarayonidagi o‘rni va bolalarni jalb etishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o'qituvchilarning roli va ularga qo‘yiladigan talablar tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, bolalarni jalb qilish, o'qituvchilar, maxsus ta'lim ehtiyojlari, teng imkoniyatlar. Annotation Inclusive education is currently one of the most important issues, involving the integration of children into the educational process on equal physical, mental, and social terms. This article discusses the importance of inclusive education, its role in the educational process, and effective methods for engaging children. It also analyzes the role of teachers and the requirements placed on them. Keywords: inclusive education, child engagement, teachers, special educational needs, equal opportunities XXI asr ta'limi har bir bolaning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta'lim berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Inklyuziv ta'lim jamiyatda barcha bolalarga, shu jumladan, jismoniy yoki aqliy cheklovlarga ega bolalarga ta'lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratishning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Inklyuziv ta'limning maqsadi – jismoniy, psixologik yoki boshqa turdagi cheklovlarga ega bolalarga teng ta'lim olish imkoniyatini yaratishdir. Ammo bu jarayonda ta'lim tizimida ko'plab muammolar mavjud: o'qituvchilar malakasining yetarli emasligi, o'quv materiallarining mos kelmasligi va boshqalar. Shunday qilib, inklyuziv ta'limga bolalarni jalb etish jarayoni maxsus yondashuv va har tomonlama qo'llab-quvvatlashni talab qiladi. O`zbekistom Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 5-aprel kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda ham inklyuziv ta`limga alohida to`xtalib o`tildi. Alohida 36 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК ehtiyoji bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Davlat ta`lim muasssasalari uchun 2011-yil 13-sentabrda Vazirlar Mahkamasining 256-sonli qarori qabul qilinib, maxsus ta’lim muassasalari uchun dastur ishlab chiqilgan edi, mazkur hujjat endilikda o`z kuchini yo`qotdi. Alohida ta`limga ehtiyoji bo`lgan jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo`lgan bolalar uchun Davlat ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalar uchun 2021-yil 12-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining 638-sonli qarori qabul qilindi va nizom ishlab chiqildi. Ushbu nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo`lgan bolalarning ta`lim tizimini takomillashtirishga yo`naltirilgan. Bugungi kunda yurtimizning turli hududlarida ayniqsa chekka hududlarida diskriminatsiya va inklyuziv madaniyatni shakllantirishni keng yo`lga qo`yish zarurdir, nafaqat ta`lim muassassalarida balki imkoniyati cheklangan bolaning o`zi tug`ulgan oilasida bunday muammolarning borligiga o`tkazilgan tadqiqotlarimiz, so`rovnomalar va ota-onalar bilan suhbatlarimiz orqali guvohi bo`lganmiz. Birga yashaydigan oiladagi sog`lom bo`lgan boshqa oila a’zolarining jismoniy kamchiligi (nogironligi bo`lgan shaxsga) bor bolaga nisbatan munosabati to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligini ko`rishimiz mumkin. Uning akasi, ukasi yoki opa-singlisining hatti-harakatlari inklyuziv madaniyatga zid bo`lganligi oqibatida bolada ruhiy tushkunlik psixologik- depressiya holatlarini keltirib chiqaradi. Bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilishda o‘qituvchi va ota-onalarning birgalikdagi sa'y-harakatlari muhim rol o'ynaydi. Bolalar turli xil qobiliyatlarga ega bo'lishiga qaramasdan, ularga ta'lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratish kerak. Ushbu jarayonda bir necha samarali usullar mavjud: -Differensial yondashuv: har bir bolaning individual qobiliyatlari va ehtiyojlariga moslashtirilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqish. -Pedagogik innovatsiyalar: raqamli texnologiyalar va interaktiv vositalardan foydalanish orqali ta'lim jarayonini qiziqarli va osonlashtirish. -O'qituvchilarning malakasini oshirish: o'qituvchilarning maxsus ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tishi zarur. Shuni aytish zarurki, maxsus ta’lim tizimining o‘ziga xos bo’lgan tomoni — uch vazirlik: Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi tasarrufida ekanligidir. Yordamchi maktabda o‘quvchilar nazoratsiz qolmasligi uchun moddiy imkoni bo’lgan maktablarda kuni uzaytirilgan guruhlar tuzilgan, yetim bolalar uchun bolalar uylari, maxsus maktab-intematlar tashkil etilgan: 37 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК — maktabgacha tarbiya — aqli zaif bolaning ilk yoshidan 7—8 yoshigacha; — boshlang’ich ta’lim — 1—4-sinflar; — o‘rta maxsus ta’lim — 5—9-sinflar; — kollej — aqli zaif o ‘quvchilarning qobiliyatli va kasb-hunaiga qiziqqan hamda o‘qishni davom ettirishga layoqatli bo’lgan bolalarni maxsus guruhlarda (kollejlarda integratsiya usulda) o`qitishi kasb-hunar ta’limi bandlarigina taallu
Доказательный фрагмент
«Inklyuziv ta'lim bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib, bolalarni jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan teng huquqli ta'lim jarayoniga jalb qilishni o'z ichiga oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюInklyuziv ta'lim bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib, bolalarni jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan teng huquqli ta'lim jarayoniga jalb qilishni o'z ichiga oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inclusive education, child engagement, teachers, special educational, teng imkoniyatlar., o'qituvchilar, bolalarni jalb qilish, maxsus ta'lim ehtiyojlari, inklyuziv ta'lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025