К содержанию
РецензированоUZ2026

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MA’MURIY HUDUDDA QASDDAN TAN JAROXATI YETKAZISH JINOYATLARINING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI QO`LLASHNING SAMARADORLIGI

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI QO`LLASHNING · Norbo‘tayev Erkin Xurozovich · Nishonboyev Kozim Adham o‘g‘li

Международная конференция академических наук · 2026

Аннотация

Maqolada ma’muriy hududda qasddan tan jaroxati yetkazish jinoyatlari viktimologik profilaktikasining chora tadbirlarini amalga oshirgan holda, jinoyatlarning sodir etilishi, nosog`lom muhitni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning sabab va sharoitlari hamda viktimligi yuqori shaxslarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan taklif va tavfsiyalar bildirilgan. Annotation: In the article The Crimes of intentional bodily harm in the Administrative Region with the implementation of measures of the victimological prophylaxis, the occurrence of atrocities, factors that provoke an unhealthy environment, their causes and conditions and victuality occur in relation to runner individuals proposals and recommendations aimed at preventing crimes have been expressed. Kalit so’zlar: huquqbuzarliklar profilaktikasi, viktimologiya, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi, jismoniy zarar yetkazish. Keywords: prevention of offenses, victimology, from offense victim, causing physical harm. Qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatlari, jismoniy zarar yetkazish, shaxsning sog`lig`iga jiddiy ta’sir o`tkazish, bularning barchasi ba’zan shaxsning umr bo`yi nogiron bo`lib qolishiga olib kelishi mumkin. Ushbu jinoyatlar ko`pincha shaxsiy janjallar, shaxsiy nizolar yoki huquqiy tartibsizliklar paytida sodir bo’ladi. Ushbu jinoyatchilikni oldini olishda jabrlanuvchiga aylanish ehtimoli yuqori bo`lgan shaxslarga huquqbuzarliklar profilaktikasining viktimologik profilaktika chora tadbirlari qo`llash samarali hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi: 2014-yil 14-mayda qabul qilingan qonunga muvofiq, “Huquq tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etish sabablarini va ularga imkon berayotgan shart sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo`llaniladigan huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, akka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va 55 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК boshqa chora tadbirlar tizimi hisoblanadi.” Mazkur profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish qanchalik to`g’ri yoki noto`g`ri ekanligini ularning natijasi ko`rsatadi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to`g`risidagi qonun”ning 43-moddasida, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxslarning jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora tadbirlarini qo`llashga doir faoliyati huquqbuzarlikning viktimologik profilaktikasidir. Biz huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini qo`llashda bir nechta sabablar, qarashlar, me’zonlarga ajratamiz. Bularga: 1. Jinoyatlarning ijtimoiy va psixologik sabablari. Qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatlari ko`pincha hissiy muammolar, shaxsiy nizolar yoki ijtimoiy tengsizliklar tufayli sodir bo`ladi. Profilaktika yordami tufayli bu sabablarni ko`rsatadigan va to`g`ri qo`llay oladigan chora tadbirlar belgilanishi masadga muofiqdir. 2. Viktimologik tahlil. Tan jarohati yetkazilgan predmet yoki sovuq qurollar tekshirilishi, jinoyatdan jabrlanuvchi, viktimligi yuqori shaxslarning huquqiy, ijtimoiy yoki psixologik xususiyatlarini aniqlash mqsadga muvofiqdir. Masalan, ayrim shaxslar boshqa shaxslar bilan muloqotda bo`lganda o`zlarini zaif his qilishi, bu esa jinoyatchilar tomonidan zo`ravonlik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni, g`ayriijtimoiy xulq atvorli shaxsga ma’lum bir qulay shart-sharoit yuzaga keladi. 3. Jismoniy va qonuniy huquq. Huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxslarning jismoniy xolatini aniqlash. Profilaktika inspektorlari tomonidan jabrlanuvchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash, huquqbuzarni aniqlash hamda unga qonuniy chora ko`rishning muhimligi. 4. Ijtimoiy yordam va reabilitatsiya. Jinoyatdan jabrlanuvchilarga ijtimoiy yordam berish muhim masala hisoblanadi hamda reabilitatsiya qilish, tibbiy, pedagogik hamda psihologik yordam ko`rsatish, ularning huquqlarini himoya qilish muhim masala hisoblanishi. 5. Jinoyatchilikka qarshi ma’rifat va tarbiya. Bunda ijtimoiy profilaktikaga katta ahamiyat berish zarur hisoblanadi. Ma’rifat, tarbiya va huquqiy targ`ibot orqali jismoniy zo`ravonlikka qarshi kurashish, nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish, qonun bilan belgilangan tartibda 56 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatlariga javobgarlikning muqarrarligi tushuntirishi. 6. Jinoyatchilarni reabilitatsiya qilish va qayta integratsiyalash. Jinoyat sodir etgan shaxslar bilan ishlash. Profilaktika jarayonida, qasddan tan jarohati yetkazilgan shaxslarni qayta tiklash va jamiyatga qayta integratsiya qilish yo`llari ham ko`rsatilishi ham zarur. 7. Qonuniy javobgarlik va jazolarni ijro etish. Sodir etilgan har bitta jinoyat yoki huquqbuzarlikka qonunan javobgarlik masalasini ko`rib chiqish, tayinlanlangan jazolarni tasirchanligini oshirish va kelgusida sodir etilishi mumkin bo`lgan jinoyatlarni samarali oldini olishga yordam berishi hamda jinoyatchili

Доказательный фрагмент

«Maqolada ma’muriy hududda qasddan tan jaroxati yetkazish jinoyatlari viktimologik profilaktikasining chora tadbirlarini amalga oshirgan holda, jinoyatlarning sodir etilishi, nosog`lom muhitni keltirib chiqaruvchi omil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ma’muriy hududda qasddan tan jaroxati yetkazish jinoyatlari viktimologik profilaktikasining chora tadbirlarini amalga oshirgan holda, jinoyatlarning sodir etilishi, nosog`lom muhitni keltirib chiqaruvchi omil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prevention of offenses, victimology, from offense victim, causing, jismoniy zarar yetkazish., viktimologiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники