Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONOMASTIKANING TIL TARAQQIYOTIDAGI OʻRNI (GENERONIM MISOLIDA)
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Bozorova Xusnida Mamarejab qizi
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Ономастика играет большую роль в развитии языка, поскольку имена влияют на развитие и распространение языка, а их изменение отражает исторические процессы языка и социальные изменения. Генероним представляет собой широкое понятие в области ономастики. Генероним — раздел ономастики, изучающий названия газет и журналов. Анализ названий газет и журналов занимает уникальное место в этой области, поскольку они имеют большое значение и влияние в социальном и культурном контексте. Onomastika - nomlarning ilmiy tadqiqoti, tilning vaqt oʻtishi bilan qanday rivojlanganini va madaniyat, tarix hamda ijtimoiy muhit bilan qanday bogʻliqligini oʻrganadi. Onomastika, nomlarning maʼnosi va ishlatilishdagi oʻzgarishlarni tahlil qilib til va madaniyatning rivojlanishini kuzatadi. Baʼzi bir nomlar vaqt oʻtishi bilan yangi maʼno kasb etadi yoki eski maʼnolarini yoʻqotadi. Bu esa tilning semantik taraqqiyotiga oid qimmatli dalillarni taqdim etadi. Ayrim nomlar tilning shaxsiy va madaniy xususiyatlarini aks ettiradi va bu nomlarning tahlili orqali tildagi oʻzgarishlarni, ularning shakllanishini kuzatish mumkin. Oʻzbek olimlaridan generonim sohasida Mirzaahmed Tursunov, Abdullayev Shohrux, Umarova Erkin va Rahimov Rahmatulla kabi olimlarning ilmiy ishlari mavjud. Onomastikaning tilshunoslikdagi oʻrni katta va muhim. Onomastika bu nomlar, yaʼni shaxsiy nomlar, joy nomlari, familiyalar va boshqa oʻziga xos belgilarni oʻrganadigan tilshunoslikning bir sohasidir. Onomastika, shuningdek, 98 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК tilshunoslikning boshqa sohalari, masalan sintaksis, semantika va pragmatika bilan ham bogʻliq boʻlib, nomlarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini oʻrganishda muhim rol oʻynaydi. Gazeta va jurnal nomlarini odatda generonim (umumiy nomlar) sifatida ishlatiladi. Masalan, "Xalq soʻzi", " Toshkent tongi" kabi gazeta nomlari umumiy maʼnoda jamiyat va xalqni bildiradi, lekin ular har bir oʻziga xos nashrni ifodalaydi. Bu nomlar biror nashrni belgilash uchun ishlatiladigan umumiy soʻzlar sifatida koʻrilishi mumkin. Boshqa tomondan ayrim gazeta yoki jurnal nomlari aniq spesifikator sifatida ishlaydi. Masalan, " Oʻzbekiston Respublikasi" kabi nomlar esa aniq bir davlat yoki tashkilotni ifodalashda ishlatiladi. Gazeta va jurnal nomlari - bu onomastikada oʻziga xos nomlar boʻlib, ular tilda ijtimoiy, madaniy, siyosiy va tarixiy maʼnolarni aks ettiradi. Gazeta va jurnal nomlari koʻpincha biror jamiyatning tarixiy, siyosiy yoki madaniy jarayonlarini aks ettiradi. Masalan, "Xalq nuri" kabi jurnal nomi, xalqning yuksalishi yoki ijtimoiy faollikni anglatishi mumkin. Gazeta va jurnal nomlari tilning fonetik va morfologik jihatlarini ham aks ettiradi. Qisqa va yodda qoladigan nomlar koʻpincha jurnallar va tomonidan qoʻllaniladi. Misol uchun," Vogue" - moda va goʻzallik sohasidagi jurnal boʻlib qisqa nomlar uning global miqyosdagi obroʻsini aks ettiradi. Bundan tashqari, baʼzi gazeta yoki jurnal nomlarida morfologik oʻzgarishlar yoki soʻz birikmalari mavjud boʻlib, bu ularning maxsus xususiyatlarini yoki maqsadlarini koʻrsatadi. Jadid ziyolilari davrida ham gazeta va jurnallarga nom tanlash muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Jadidlarning bir necha yillik harakatlaridan soʻng Ismoil Obidov muharirligida " Taraqqiy" jurnali nashrdan chiqdi. Bundan keyin Munavvar Qorining "Xurshid", Abdulla Avloniyning " Shuhrat" gazetalari nashr boʻldi. Bundan tashqari, " Tarjimon", " Ulfat", " Vaqtlar", " Sadoi Turkiston" , "Samarqand", " Oyina" kabi jurnallar nashrdan chiqarilgan. Har bir jurnal nomlarining qoʻyilishida aniq maqsad va sabablar boʻlgan. Jadidlar asosan gazetaga nom tanlashda xalq maʼrifatparvarligi ularni birlashtirish va ziyoli qatlamlar orasiga chiqarish koʻzda tutilgan. " Sadoyi Turkiston" jurnali nomining stilistik, semantik, sintaktik, grammatik va fonetik tahlili. Ushbu tahlil jurnal nomining nafaqat til balki madaniyat va tarixiy ahamiyatini ham yoritishga yordam beradi. Sintaktik tahlil. "Sadoyi" soʻzi sado ( tovush yangrashi) va yi qoʻshimchasidan tashkil topgan boʻlib, bu soʻzning maʼnosi " turli joylarda aks sado qilgan tovush" yoki " yangi yangrayish"ni bildiradi. " Turkiston" bu toponim, yaʼni geografik hududning nomi. Turkiston nomi mintaqani bildiradi, bu nomning siyosiy, 99 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК madaniy va tarixiy ahamiyati katta. Sintaktik jihatdan " Sadoyi Turkiston" nomi sifat ( sadoyi) va ot ( Turkiston) birikmasi sifatida ishlatilgan. Grammatik tahlil jihatdan bu nom tarkibidagi soʻzlar oʻzgarmas shaklda ishlatiladi va faqat konteksga qarab maʼnosi aniqlanadi. Semantik tahlil. Sadoyi Turkiston - bu nom bir vaqtning oʻzida madaniyat, tarix, xalqning ovozi va ijtimoy ahamiyatga ega hisoblanadi. Sadoyi soʻzi turli xil oʻzgarishlarni yangiliklarni xalqning fikrini ifodalasa, Turkiston nomi esa bu oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradigan geografik, siyosiy va madaniy hududni bildiradi. Stilistik tahlil. Sadoyi Turkiston jurnalining bu nomi xalq ovozi, xalqning yangiliklari va tarixiy merosining
Доказательный фрагмент
«Ономастика играет большую роль в развитии языка, поскольку имена влияют на развитие и распространение языка, а их изменение отражает исторические процессы языка и социальные изменения.»
Образец извлечения
Демо-превьюОномастика играет большую роль в развитии языка, поскольку имена влияют на развитие и распространение языка, а их изменение отражает исторические процессы языка и социальные изменения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grammatik tahlil, stilistik tahlil, onomastika, gazeta, fonetik tahlili., jurnal, generonim, Mirzaahmed Tursunov, Umarov Erkin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025