Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TEATRI
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · INGLIZ TEATRI · Sultonov Dostonbek · O‘zDSMI FMF
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
bu maqolada Ingliz Teatri haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: rejissyor, spektakl, rassom, talqin, kechinma, pyesa, repertuar, xarakter. Uyg‘onish davri Ovro‘po teatri Angliya zaminida, buyuk dramaturg Shekspir ijodi misolida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Bu teatrda qadimgi va yangi davr sahna san’atining yutuqlari o‘z o‘rnini topdi. Burjuaziya hunarmandlar va dehqonlar ommasi bilan birgalashib feodallarga qarshi kurashda o‘z hukmini tasdiqlashga qodir ekanini amalda isbot eta boshladi. «Yengilmas kemalar karvoni»ni yakson qilib, Ispaniya ustidan g‘alaba qozonishda ingliz millatining o‘rta va quyi qatlamlari qirollik hokimiyati va uning saroy zodagon qo‘shinlaridan kam ishtirok etgan emas. Shu tarixiy g‘alabalarning hayotbaxsh kuchi ta’sirida yangi xildagi inson yetishib chiqdiki, uning obrazi Uyg‘onish davri ingliz dramasida butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ldi. Dramaturgiyada demokratik omma orasidan chiqqan va butun vujudi bilan shu ommaga yaqin, dadil, jur’atkor hurfikrli kishilar kirib keladilar. Bular Mario, Kid, Grin kabi dramaturglar edi. Dorilfununlarda tahsil ko rib, keng bilim va aql-zakovat egalari bo‘lganliklari bois ulami «dorilfunun oqillari» deb atash odat tusiga kiradi. Yangi insonparvarlik ruhidagi teatr xalq teatri bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish vazifasini shu «dorilfunun oqillari* amalga oshirib bordilar. Jon Lili (taxm. 1554—1606)—«dorilfunun oqillari* to‘dasiga mansub, Shekspirning to‘ng‘ich zamondoshi, teatr san’atining birinchi alloma dramaturgi edi. Jo‘shqin iste’dodi tufayli u pastoral va afsonaviy sujetlarning shartliliklari doirasida ham Uyg‘onish davri kishisining yangi hissiy olamini noziklik bilan ifoda eta oldi. Shu qalam sohibining ijod samarasi o‘laroq ingliz teatri o‘zining ibtidoiy bosqichidan gullash bosqichiga ko‘tarildi. Lili komediyalari, o‘zining ta’biricha, «quruq qah- qaha uyg‘otmay, qalb hishayajonini qo‘zg‘ash bilan» kishilarda did, oliy- himmatlilik va mehr-oqibatlilik tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratilgan. Lili 194 МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК romantik komediya deb ataluvchi yo‘nalishga asos soldi. U dramatik xattiharakatni lirik jo‘shqinlik bilan to‘ldirdi, nasriy nutqni shoirona ifodaviylik bilan boyitdi. Kristofer Mario (1564—1593)—o‘z davri ingliz teatrining haqiqiy asoschisi va allomalaminag ta’biricha, «Uyg‘onish davrining jo‘shqin dahosi* sifatida ko‘ringan buyuk dramaturg edi. Etikdo‘z oilasidan chiqqan Mario Kembrij dorilfununida tahsil ko‘rib, erkin san’atlar magistri unvoniga erishadi. Marloni ijodda favqulodda qudratli shaxslar qiziqtirgan edi. «Sohibqiron Temur» Marloning birinchi pyesasi bo‘lib, o‘zining favqulodda yangiligi bilan tomoshabinlarni larzaga soldi. Mazkur asarda dramaturg o‘z aql-idroki, shijoati bilan dunyoni larzaga keltirgan buyuk sarkarda obrazini yaratgan bo‘lsa, «Doktor Faustning fojiali tarixi» asari bilan dunyoni ilm kuchi orqali egallagan alloma tabib timsolini yaratdi. Sohibqiron Temur haqidagi asar ikki qismdan iborat. 1587-yili asar London teatrlaridan birida qo‘yilib, katta muvaffaqiyat qozongach, Mario darhol uning ikkinchi qismini yozishga kirishib, uni 1588-yili tugatadi. Asarning birinchi qismida Temuming Boyazid qo‘shinlari ustidan qozongan g‘alabasi Misr, Marokash va boshqa sharq mamlakatlariga yurishi tasvir etilgan bo‘lsa, ikkinchi qismida Ovro‘po sarhadlarini egallashi hikoya qilingan. Mario tasvir etgan Temur shu qadar qat’iyatli, qattiqqo‘l, irodasi mustahkamki, u sustkashlik, irodasizlik qilganligi uchun o‘g‘li Jahongir (Kalif)ni qilichi bilan chopib tashlaydi. Mario o‘z qahramonini qoralamaydi, aksincha, Sohibqironni ko‘klarga ko‘tarib maqtash va ulug‘lash bilan asarini yakunlaydi. Mario o‘z qahramonini afsonaviy bahodir tarzida kursatadi. E’tiborlisi shundaki, muallif aslzoda feodal xonadonidan chiqqan Temurni «quyi tabaqadan chiqqan cho‘pon», uzining fidoyiligi, o‘tkir aql-idroki va omilkorligi bilan qonuniy hukmdorlarni dog‘da qoldirgan qudratli zot sifatida ko‘rsatadi. Temur o‘zining kambag‘aldan chiqqanligini faxr tuyg‘usi bilan qayd etadi: Garchi otam o‘zi cho‘pon o‘tgan bo‘lsa ham O‘z kuchim-g‘ayratim bilan podshoman bugun. Temur chin xalq qahramoni sifatida jangu-jadallarda har doim o‘z lashkarlari bilan yelkama-yelka turib, ular bilan birgalikda nafas oladi va ulami o‘z ortidan g‘alaba sari ergashtirib boradi. Bo‘lg‘usi janglar hususida o‘y surarkan, lashkarlari haqida shunday deydi: Ko‘rinishidan oddiy cho‘pon bo‘lsa ham bular, ammo bir kun vaqti kelib harbiy yurishga tuman-tuman lashkarlarimni boshlab borganda, yer ostida yotgan kuchli dovul nafasi erkinlikka chiqish uchun hamla qilganday, tog‘lar titrab to‘lg‘anadi. Temurning quyidagi so‘zlari yangi qiyofali insonga madh tarzida yangraydi: Odamlarni yaratdi-yu, qodir tabiat bezovta va sarkash ruhni unga joyladi. Anglash uchun yulduz burchi ravon yo‘li-yu, koinotning ajab sirli tanos
Доказательный фрагмент
«bu maqolada Ingliz Teatri haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюbu maqolada Ingliz Teatri haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talqin, kechinma, rejissyor, pyesa, spektakl, xarakter., repertuar, rassom
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025