Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DENOV TUMAN HUDUDIDA ANTROTOPONIM NOMLAR.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Sulaymonova Aziza
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Maqolada Denov tuman hududida atoqli otlar yoki tarixiy va buyuk shaxslarning mahalla,guzar,koʻcha nomlariga qoʻyilishi va ularning yasama, tub ekanligi aniqlash tahlil qilish ularning oʻrganilishi ahamiyatga ega hisoblanadi.Bu masala yuzasidan Onomastikaning antrotoponim yo'nalishi oʻrganadi va tahlil qiladi.Faqat Denov tuman miqyosida emas balki boshqa hududlarda ham bu masala boʻyicha shugʻullangan va koʻpgina ishlar olib borilgan.Bu maqolada ham shu asosida ish olib borilgan Annotation: In the article, it is important to analyze the use of famous horses or historical and great people in neighborhood, guzar, and street names in Denov district and to determine whether they are artificial or original. The anthropotoponymic direction of onomastics studies and analyzes this issue. Only Denov not only at the district level, but also in other regions, and a lot of work has been done on this issue. This article is also based on this conducted. O'zbek onomastikasi (nomshunosligi) o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O'zbek nomshunosligi bo'yicha olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlar o'zbek onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug'atlar, ko'p sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitadi. Ma'lumki, onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo bo'lish va o'zgarish tarixini o'rganuvchi bo'limi, shuningdek tildagi barcha atoqli otlar yig'indisini o'zida ifodalaydi. Onomastika fani tildagi mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. Antrotoponim — tilshunoslik va geografiyada shaxslarning ismlari asosida shakllangan joy nomlarini ifodalovchi atama. Ushbu so‘z ikki qismdan iborat: "Antro" — inson yoki odam; "Toponim" — joy nomi. Antrotoponimlar odatda joylarga yoki hududlarga odamlarning nomlari bilan bog‘liq holda berilgan. Bu hodisa tarixiy shaxslarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning hududiy ta'siri yoki hurmatiga ko‘ra joy nomlarini shakllantiradi. Antrotoponimlar geografiya, tarix va madaniyatni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 102 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Antrotoponimika yo‘nalishida ish olib borgan olimlar tilshunoslik, geografiya va tarix sohalariga ixtisoslashgan bo‘lib, ular joy nomlarining kelib chiqishi, evolyutsiyasi va ma'nolarini tadqiq qilishgan. Quyida ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritgan taniqli olimlardan ayrimlari keltirilgan: Denov-Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatidagi tuman 1958-yilda tashkil topgan Denov tumanining ma'muriy -iqtisodiy markazi.Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.Denov tumani tarixan qadimiy joylardan biri hisoblanadi. Bu hududda ko'plab tarixiy obidalar va madaniy meros mavjud. Tuman hududida qadimiy shaharlar va qishloqlar joylashgan.Denov tumani o'zining tabiiy go'zalliklari, tarixiy obidalari va madaniy merosi bilan sayyohlar uchun qiziqarli joy hisoblanadi. Tuman hududida sayyohlikni rivojlantirish uchun turli imkoniyatlar mavjud. Joy nomlari: "Ibn Sino"koʻchasi. "Mirsaid"koʻchasi. "Uvaysiy" mahallasi. "Feruz" mahallasi. "Muqimiy" koʻchasi. "Furqat" mavzesi. "Sharof Rashidov" koʻchasi. "Gulbaxor" koʻchasi. "Behbudiy" koʻchasi. "Ibrohim ota" savdo majmuasi. "Habibullo"savdo rastasi. "Alisher Navoiy" bogʻi. "Buxoriy"guzari. "Abu Bakr" mahallasi. "Shirin" mahallasi. "Furqat" mavzesi. "Muqimiy" koʻchasi. "Amir Temur" mahallasi. "Mirzo Ulug'bek" koʻchasi. "Sobir Rahimov" koʻchasi. "Bibixonim"koʻchasi. "Uvaysiy" mavzesi. "Toʻra Soliyev"koʻchasi. "Jome" mahallasi. 103 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК "Roʻzi Muhammad" mahallasi. "Alpomish"mahallasi. "Jayron"koʻchasi. Bir asosli nomlar. Mirsaid,Uvaysiy,Feruz,Muqimiy,Furqat,Gulbaxor,Behbudiy,Habibullo,Buxoriy,Sh irin,Furqat,Jome,Alpomish,Jayron. Ikki asosli nomlar: Ibn Sino,Sharof Rashidov,Ibrohim ota,Abu Bakr,Amir Temur,Mirzo Ulug'bek,Sobir Rahimov,Toʻra Soliyev,Roʻzi Muhammad. Tub: Abu Bakr,Furqat,Shirin,Jayron,Alpomish,Feruz,Jome,Uvaysiy. Yasama: Gulbaxor,Habibullo,Mirsaid,Bibixonim, Xulosa: Xulosa qilib aytadigan boʻlsak umuman olganda nomlar judayam koʻp va tahlilga ham ancha mehnat talab etadi bu yoʻnalish esa kishini ham oʻziga jalb etadi.Bu yoʻnalishda nafaqat oʻzbek olimlari balki boshqa davlat olimlari ham qoʻl urgan. Oʻzbek olimlaridan Abduqahhor Karimov,Maqsud Qoriyev, Habibulla Boltaboyev oʻz ishlarini olib borgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. S.Qorayevning "Toponimika"qoʻllanmasi. 2. Tursunov, H. "O‘zbek onomastikasi" — O‘zbek xalqining tarixiy va madaniy antroponimlariga oid asar. 3. Hanks, P., Hardcastle, K., Hodges, F. "A Dictionary of First Names" — Inglizcha va boshqa tillarda antroponimlarni qamrab olgan lug‘at. 104
Доказательный фрагмент
«Maqolada Denov tuman hududida atoqli otlar yoki tarixiy va buyuk shaxslarning mahalla,guzar,koʻcha nomlariga qoʻyilishi va ularning yasama, tub ekanligi aniqlash tahlil qilish ularning oʻrganilishi ahamiyatga ega hiso…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Denov tuman hududida atoqli otlar yoki tarixiy va buyuk shaxslarning mahalla,guzar,koʻcha nomlariga qoʻyilishi va ularning yasama, tub ekanligi aniqlash tahlil qilish ularning oʻrganilishi ahamiyatga ega hiso… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- koʻcha, yasama, toponim, Habibulloh Boltayev, guzar., Antrotoponim, tub, Abduqahhor Karimov, mahalla, joy nomlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025