К содержанию
РецензированоRU2026

ONOMASTIKANING TIL TARAQQIYOTIDAGI ROLI (FALERONIM VA DIGNITONIM BO’YICHA)

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · VA DIGNITONIM BO’YICHA) · Yo’ldosheva E’zoza Ulug’bekovna

Международная конференция академических наук · 2026

Аннотация

Область ономастики является одним из новых направлений, и в настоящее время проводятся исследования в узбекском языкознании. Учителя проводят исследования по основам, топонимии, атропонимии и хоронимам. В статье представлены сведения о фалеронимных и дигнотимических ветвях ономастики. Фалероним — это награда, вручаемая людям и их заслугам, находящимся под контролем государства, а дигнотим — это должности и почести, присуждаемые за исследования, заслуги и достижения в личной жизни. Onomastika- bu tilshunoslikning shaxs ismlari, joy nomlari, unvonlar va boshqa nomlanishlarning kelib chiqishi, ma’nosi, rivojlanishi va qo’llanilishini o’rganuvchi sohadir. Til taraqqiyotida onomastikaning o’rni muhim. Chunki nomlash jarayonlari til va madaniyatning ko’zgusi hisoblanadi. Onomastikaning til taraqqiyotidagi ahamiyati: 1. Tilning tarixiy rivojlanishini aks ettiradi; 2. Madaniy ta’sirlarni o’rganishga yordam beradi; 3. Tildagi o’zgarishlarni ko’rsatishga imkon beradi; 4. Lingvistik mintaqalar chegaralarni belgilaydi; 5. Milliy va madaniy identifikatsiyani ifodalaydi; Faleronim va dignitonim tilshunoslikdagi nominative birliklar bo’lib, ularning o’ziga xos ma’nolari va ishlatilish bo’limlari mavjud. Fa’leronimlar mukofotlar, nishonlar, medallar yoki harbiy va ijtimoiy unvonlarning rasmiy nomlaridir. Ular ijtimoiy qadr, xizmat va jasoartni ifodalaydi. Masalan, “Shon-sharaf” ordeni, “Mehnat Qahramoni” noshoni kabi. Faleronimlarning vazifalari: biror shaxsning 105 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК yuksak xizmatlarini e’tifor etish yoki madaniy va tarixiy qadriyatlarni aks ettirish. Dignitonimlar yurqori ijtimoiy maqomni, unvonni yoki shaxsiy yutuqlarni ifodalovchi maxsus nomlar. Ular ko’pincha shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini belgilaydi. Masalan, “Professor”, “Doktor”, “Senator”. Dignitonimlarning vazifasi: shaxsning jamiyatdagi o’rnini ko’rsatish yoki ma’lum bir sohada erishgan yutuqlarini tan olishdir. Faleronimlar xalq tarixidagi jasorat va qadriyatlarni saqlash vositasi bo’lsa, dignitonimlar til orqali shaxsning ijtimoiy mavqeyini ko’rsatadi va madaniyat taraqqiyotuni aks ettiradi. Faleronim atamasi phaleronym grekcha- falera “medal”, “ism” bo’lib, metal bezaklari, ya’ni harbiy sohalarda mukofot sifatida beriladigan unvonlar deb yuritiladi. So’nggi vaqtlarda tilshunoslikda faleronim birliklar tadqiqiga ham qiziqish oshib bormoqda. Xususan, Jahon Tilshunosligida A.Superanskaya, T.Shmeleva va oʻzbek tilshunosligidan E.Begmatovlar oʻz ishlarida lisoniy jihatdan tahlil qilishgan va ma’lumotlar berishgan. Biroq, faleronimlarning semantik, lingvomadaniy va tarjimashunoslik jihatidan oʻzbek va ingliz tillarida chogʻishtirma tadqiqot yetarlicha oʻrganilmagan. Faleronimlarning fonetik tahlili: jarangdorligi va ohangdoshligi(“Shon-sharaf”); leksik tahlili: madaniy va tarixiy asosga ega(“Buyuk xizmatlari uchun”); grammatik tahlili: kelishik qoʻshimchalarinj qabul qila oladi(“Doʻstlik” ordenini qabul qilishdi); dialektik tahlili: Milliy xususiyatlar bilan bogʻliq bo’ladi(“Koʻksaroy” medali turkiy madaniyat ildizga ega). Dignitonimlar- insonning ijtimoiy maqomi, unvoni yoki xizmat lavozimini ifodalaydigan maxsus nomlardir. Dignitonimlar asosiy xususiyatlari ijtimoiy maqom va darajani belgilaydi- professor; kasbiy unvonni ifodalaydi- Bosh muhandis; tarixiy va madaniy belgilarni aks ettiradi- Shoir. Ularni ham fonetik, leksik, dialektik tahlil qilsak, fonetik tahlil: qisqa va qulay talaffuz imkonini beradi(“Senat”). Leksik tahlil: ijtimoiy va kasbiy mavqeini ifodalaydi(“Amir”). Grammatik tahlili: kelishik qo’shimchalarini qabul qiladi(“Akademik”ni taklif qilamiz). Dignitonimlar koʻpincha rasmiy yozishmalarda aniqlovchi sifatida ishlatiladi: “Hurmatli Prezident janoblari…” Dignitonimlar tilning rivojlanishi va madaniyatining ijtimoiy tuzilishini oʻrganishda muhim vosita hisoblanadi. Ular tahlilda adabiy til shakllarida ishlatiladi, hududiy shevalarda oʻzgarish kuzatiladi- qadimiy turkiy tillardan kirib kelgan unvonlar- “Bek”, “Sulton”, “Xon”. Xulosa qilib shuni ayta olamanki, bugungi kunda onomastika sohasidagi koʻp yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar yetarlicha olib borilmagan. Fan-oʻzbek 106 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК tilshunosligida toʻla ochilmagan. Hali izlanishlar olib borish mumkin boʻlgan qirralar juda koʻp. Masalan, faleronim va dignitonimdir. Faleronimlar hali to’liq ochilmagan soha, uning etimologiyasi va grammatik jihatlari boʻyicha izlanishlar kam. Tilshunoslik nuqtasi nazaridan tahlil qilinsa ham faleronim, ham dignitonimlarda fonetik, leksik va dialektik tahlillar doirasida ma’lumotlarda aniq chegara qoʻyilmagan. Yangi ilmiy ish talabgorlari uchun bu yoʻnalish ayni muddao bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Onomastika:o;quv qo’llanma\ Bayramali Kilichov-Buxoro:2023; 2. https://journalsnuu.uz/index.php/1/article/view/4460; 3. “Faleronimlarning yuzaga kelishi va uning shakllari” Berdiyeva Nasifa Abdumalikovna. Alfraganus magistranti maqolasi; 4. https://journalsnuu.uz/index.php/1/

Доказательный фрагмент

«Область ономастики является одним из новых направлений, и в настоящее время проводятся исследования в узбекском языкознании.»

Образец извлечения

Демо-превью

Область ономастики является одним из новых направлений, и в настоящее время проводятся исследования в узбекском языкознании. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
faleronim, onomastika, dignitonim, professor, orden, unvon, medal, Doktor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники