Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASINI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Allamuratova Gulchinar Ilmuratovna · Ajinyaz nomidagi NDPI- Boshlang‘ich ta‘lim
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
; Ushbu maqolada, boshlang‘ich sinflarga matematika fanining paydo bolish tarixi haqida qisqacha ma‘lumot berilgan va hozirgi XXl asrdagi matematika darsliklarini solishtiramiz. Kalit so‘zlari;matematika o‘qitish metodikasi, boshlang’ich sinf, innavatsion tehnologiyalar, 2sinf matematika darsligi. Boshlangʻich sinflarda innovatsion tehnologiyalardan foydalanish , darsning samaradorligini yanada oshiradi. So’ngi yillarda mamlakatimizda o’rta maktabda matematika o’qitishda, ayniqsa, boshlangʻich ta’lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirildi va oshirilmoqda . Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligi , maktablar to’gʻrisidagi Qonun va farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “ Ta’lim to’gʻrisida “gi Qonun talablari matematikani turmush bilan bogʻlash va uni mustahkamlashga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi , balki muhim o’zgarishlar talab etib, har bir boshlangʻich sinf o’qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo’yadi. Matematika so’zi qadimgi grekcha so’zidan o’lingan bo’lib , uning ma’nosi –“Fanlarni bilish “demakdir.Matematika fanining o’rganadigan narsasi (oʻbyekti) fazoviy formalar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi oʻquvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar sistemasi ma’lum usullar (metodika) orqali oʻquvchilarga yetkaziladi. “Metodika”grekcha soʻz boʻlib, “metod”degan “yoʻl” demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika fanining tarmogʻi boʻlib, jamiyat tomonidan qo’yilgan oʻqitish maqsadlariga muvofiq, matematikani oʻqitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. Matematika oʻqitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo,matematika fani – o’zining bazaviy fani bilan uzviy bog’liq. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlang’ich sinf uchun mo’ljallangan hozirgi zamon matematika 5 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК darsligining birinchi sahifalarida biz o’quvchilar uchun berilgan topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta quyon bo’lsa, bir qatorda shuncha katakni bo’ya, rasmda nechta bo’ri bo’lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo’ya”. Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko’rsatilgan to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.Matematika oʻqitish metodikasi umumiy metodika qay darajada o’qtilishiga bog’liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi tomonidan ishlatiladi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o’quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo’lib ishlashlari, ekskursiyalar,sinfdan tashqari ishlardan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o’quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o’rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.O’quvchilarda matematik tafakkumi va matematik madaniyatni shakllantirish.Matematika darslarida o’rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o’quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.O’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalani yechishga tatbiq qila olishga o’rgatish, o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalani hal qilishga o’rgatish.Matematika o‘qitishda texnik vosita va ko’rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Maktab oldinga hozirgi zamon talablari va ta’lim maqsadlarning qoʻyilishi matematika oʻqitish mazmunining tubdan oʻzgarishiga olib keldi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun oʻqituvchi boshlangʻich sinflar uchun oʻqitish metodlarini mukammal egallab, chuqur oʻzlashtirib olmogʻi zarur. Bundan kelib chiqadi-ki matematika darsligi katta yordam beradi. 2016 -yil nashrdan chiqgan 2-sinf matematika darsligi bilan 2021- yil nashrdan chiqgan darsliklarni taqqoslab koʻrsak ancha oʻzgarishlarni koʻrshimiz mumkin. 2016-yil nashrdan chiqgan matematika darsligida sakkizta shartli belgilar berilgan: 1.Multimediali ilova 2.Ogʻzaki bajarish uchun mashqlar 3.1,2,3....yozma bajarish uchun mashqlar 6 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК 4.Katta, kichik, teng belgilarni qoʻyish 5.Boʻsh kataklarga kerakli raqam yoki ishoratlarni qoʻyish 6.Oʻylab top! 7.Uy vazifasi uchun topshiriqlar 8.Darsning tugashi Ushbu matematika darsligi
Доказательный фрагмент
«; Ushbu maqolada, boshlang‘ich sinflarga matematika fanining paydo bolish tarixi haqida qisqacha ma‘lumot berilgan va hozirgi XXl asrdagi matematika darsliklarini solishtiramiz.»
Образец извлечения
Демо-превью; Ushbu maqolada, boshlang‘ich sinflarga matematika fanining paydo bolish tarixi haqida qisqacha ma‘lumot berilgan va hozirgi XXl asrdagi matematika darsliklarini solishtiramiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- matematika o‘qitish metodikasi, 2sinf matematika darsligi., innavatsion tehnologiyalar, boshlang’ich sinf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026