К содержанию
РецензированоUZ2026

KOLLAGENNING INSON SALOMATLIGIGA TASIRI ARTIRIT POLIARTIRIT KASALIKLARNI XALQ TABOBATIDA DAVOLASH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · To’xtasinova S. (in-academy.uz/index.php/yo) · Nasriddinova F.T. (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 383 · 105–107 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada shilliq qurt shilliq qavatining kimyoviy tarkibi va asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kollagenni inson salomatligiga tasiri artirit poliartirit kasalikklarda qoʻllanilishi, shuningdek gastropoda shifobaxsh husiyatlarini oʻrganish natijasida olib borilgan tatqiqot natijalari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar. Gastropoda, kollagen, artrit, poliartirit, bo’gim kasaliklari, kosmetika vositalari. Shilliq qurtlarni butun dunyoda 90000 ga yaqin O’zbekistonda 100 ga yaqin turi mavjud, shu jumladan Tok shillig’i, garden snail, monachoides vicinus, decollate snail, neverita didyma, paralaoma servilis kabi mashxur vakkillari O’zbekistonda ko’p uchraydi. Shilliq qurt shilliq qavat tarkibda ko’plab kimyoviy moddalar, jumladan gialuron kislata, glikolik kislota, Askorbin kislota (vitamin c), aminokislota, mis peptidlar, mikropolisaxaridlar, mikro va makro elementlar, mineral moddalar vitaminlar(B2, B4, B6, B9, B12, PP, E, K) kollagen, elastin, allantoin va tabiiy antibiotiklar mavjud bo’lib ushbu vitaminlar va birikmalarning barchasi inson salomatligini mustahkamlashda va turli xil kasalliklarni oldini olish va davolashda muhim ahamyatka ega ekanligi barchaga malum. Shilliq qurt shillig’ni tarkibiy qisimlaridan biri bo’lgan kollagen o’zining foydali xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Kollagen- C57H91N19O16 fo’rmulaga ega bo’lgan rangsiz, tamsiz, inson organizimida allergik reaksalarni olib kelmaydigan, organizimda biriktiruvchi to’qimaning asosiy kompanenti, tabiiy protein, suvda oz eriydigan oq shaffof kukunsimon modda. Kollagen biriktiruvchi tasirga ega. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining yallig’lanishga va og’riqqa qarshi dorilar qatoriga kiritilgan muhim tarkibiy vosita. 1-rasm. Kollagenning tuzilish formulasi va kukunsimon ko’rinishi. Tadqiqotchi olimlar olib borgan ilmiy izlanishlar davomida kollagen inson organizimida 30 yoshdan kegin kam ishlab chiqara boshlashi malum bo’ldi. Umurtqali hayvon organizimida insonlarga qaraganda bir necha barobar ko’p ishlab chiqariladi. Aynan shilliq qurt shilliq qavatining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kollagen qadimdan insonlarni hayratga solib kelmoqda. Shilliq qurtlar bo'g'im og'riqlarini qoldirish xususiyatiga ega bo'lgan dunyodagi yagona allantoinlardir. Bu Yevropada 10 yillar davomida ilmiy izlanishlar olib brogan tadqiqorchilar tomonidan isbotlangan. Ushbu kashfiyot 1980-yillarda Yunoniston oroli Kritda 15 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo topilgan. Tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari va statistik ma'lumotlarga ko'ra Krit aholisi orasida bo'g'im kasalliklari bilan og'rigan bemorlar soni Yevropa aholisiga nisbatan ancha kam bo'lgan. Kirit aholisi shilliq qurtni delikates sifatida istemol qilib kelishkan. Shundan so'ng ushbu mavjudotlarning turlari, tarqalish hududlari va kimyoviy tarkibi to'liq o'rganila boshlandi. Jumladan Italiyaning «Universita Degli Studi Di Napoli Federico II» nomli Universitetining tadqiqotchi olimlari Sonya Laneri, Ritamariya Di Lorezno, Antoniya Sakki va Iren Didi xromatografik usul yordamida shilliq qurt shilliq qavati tarkibidagi kollagen va glikolik kislota tarkibini o'rganish maqsadida tadqiqot olib borilgan. Shilliq qurt mutsinini kosmetikada sohasida ham qo’llash borasida ko’p izlanishlar olib brogan. Ko’p izlanishlar natijasida shilliq qurt ekstrakti to’g’risida maqolalar chop etildi. 15 yillik tajribadan so’ng 2005-yil shilliq qurt ekstiraktli krem yuz terisiga ishlab chiqarilgan. Keginchalik butun jaxon shu jumladan Koreya davlati ham bu kabi kosmetikalar ishlab chiqara boshladi. Bundan tashqari qadimda afrikada shilliq qurtni teri yoshartirish uchun samarali foydalanib kelishkan. Hozirgi kunda moddalar almashinuvining buzilishi, ko'p yoki kam harakatlilik va boshqa bir qancha sabablarning mavjudligi bilan bo'g'imlarda ko'plab muammolar kelib chiqmoqda.Varikoz, Artrit va osteoartrit kabi bo'g'im kasalliklariga uchrab ushbu kasalliklardan aziyat chekib, tinimsiz og'riqlar bilan yashayotgan insonlarning ko'pchiligi shilliq qurt shilliq qavati tarkibidagi kollagenining shifobaxsh ta'siri tufayli ko’plab insonlar shifo topishmoqdalar. Buning uchun shilliq qurtlar iliq suvda yuvilib, og'riq sohasiga ohistalik bilan qo'yilishi natijasida muolaja olib boriladi. Muolaja zararsiz, chunki shilliq qurtlar qon so'rmaydi, chaqmaydi, aksincha mikro massaj qilib, kollagenni teriga singdiradi. Shilliq qurtlar o'zidan 10 marta kuchli antibiotik ishlab chiqaradi. Kollagen teriga tez fursat ichida ta'sir etib, dermisning mikro shikastlanishlarida bir necha marta qo'llash orqali terida ijobiy natijalarni aks ettira boshlaydi. Hujayralarning o'sishiga yordam berib jarohatlarni davolashni tezlashtiradi. Aynan shilliq qurt o'zining nozik tanasidagi shikastlanishlarni va qobig'idagi yoriqlarni kollagenning faol ta'siri sabab turli xildagi shikastlanishlardan saqlab, ajoyib ko'rinishga ega bo'lib kelmoqda.Bundan tashqari kollagenga boy mahsulotlar tovuq goʻshti va boshqa goʻshtlar, baliq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shilliq qurt shilliq qavatining kimyoviy tarkibi va asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kollagenni inson salomatligiga tasiri artirit poliartirit kasalikklarda qoʻllanilishi, shuningdek gastropoda shifoba…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shilliq qurt shilliq qavatining kimyoviy tarkibi va asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kollagenni inson salomatligiga tasiri artirit poliartirit kasalikklarda qoʻllanilishi, shuningdek gastropoda shifoba… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poliartirit, artrit, Gastropoda, kollagen, kosmetika vositalari., bo’gim kasaliklari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники