Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Bi tizimining ishlash prinspi va elektron jadvallar bilan ozaro bogliqligi
Kalit so‘zlar: Pedagogik eksperiment (olimlarning, ilmiy tekshirish institutlarining va ular qo‘llagan elektron dasturiy) · R Programming (olimlarning, ilmiy tekshirish institutlarining va ular qo‘llagan elektron dasturiy) · Key words. Pedagogical experiment (scientists and research institutions in some countries.) · Ключевие слова. Педагогический эксперимент (содержит анализ учених, научно-исследователских институтов и)
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2026
Аннотация
Pedagogik eksperimentlarda qo‘llaniladigan elektron dasturiy ta’minotlar turli davlatlarda turli olimlar tomonidan foydalaniladi va ularning tanlovi tadqiqotning maqsadi va sohasiga bog‘liq. Maqolada ayrim davlatlardagi olimlarning, ilmiy tekshirish institutlarining va ular qo‘llagan elektron dasturiy ta’minotlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Pedagogik eksperiment, SPSS, R Programming, MATLAB, GeoGebra, Python. Annotation. Electronic software used in pedagogical experiments are used by different scientists in different countries, and their choice depends on the purpose and field of research. The article analyzes the electronic software used by scientists and research institutions in some countries. Key words. Pedagogical experiment, SPSS, R-programming, MATLAB, GeoGebra, Python. Аннатоция. В «Педагогическом эксперименте» исползуется ручное электронное программное обеспечение, созданное разними ученими в разних странах, и вибор зависит от сели и области исследований. Статя содержит анализ учених, научно-исследователских институтов и электронного программного обеспечения, которое они исползуют в некоторих странах. Ключевие слова. Педагогический эксперимент, SPSS, R- программирование, MATLAB, GeoGebra, Python. Bugungi kunda ta’lim tizimi tezkor rivojlanish va raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim jarayonini yanada samarali va innovatsion qilish uchun pedagogik eksperimentlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu eksperimentlar yordamida yangi metodikalar, o‘qitish usullari va ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan vositalar sinovdan o‘tkaziladi. Bu jarayonlarda elektron dasturiy ta’minotlar muhim rol o‘ynaydi, chunki ular eksperimentlarni samarali boshqarish, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish imkonini beradi. Elektron dasturiy ta’minotlar, jumladan MATLAB, SPSS, R Programming, GeoGebra va Python, pedagogik eksperimentlarda keng qo‘llaniladi. Har bir dastur o‘zining o‘ziga xos funksiyalari va afzalliklariga ega bo‘lib, ta’lim jarayonida turli xil maqsadlar uchun ishlatiladi. MATLAB va R Programming ko‘proq matematik modellash va ma’lumotlar tahliliga mos kelsa, SPSS esa statistik tahlil uchun qulaylik yaratadi. GeoGebra matematika va geometriya fanlarida vizualizatsiya va interaktiv o‘qitishni ta’minlasa, Python ko‘p qirrali imkoniyatlari tufayli turli ilmiy va ta’limiy sohalarda qo‘llaniladi [4.B. 85-90.]. 347 www.namspi.uz universaljurnal.uz Ushbu “dasturiy ta’minotlarning pedagogik eksperimentlarda qo‘llanilishi o‘qituvchilarga ma’lumotlarni batafsil tahlil qilish, ta’lim jarayonini nazorat qilish va eksperimentlar natijalarini vizual tarzda ifodalash imkonini beradi. Shuningdek, ushbu dasturlar yordamida o‘quvchilarning fikr-mulohaza qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitish va ta’lim jarayonini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati yaratiladi” [3.B.8]. Yaponiyada R Programming va MATLAB dasturlari bo‘yicha qator tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ular turli sohalarda foydalanilgan. RIKEN tadqiqotlari. 2011 yildan hozirgi kungacha RIKEN Institutining RIKEN markazlarida bir qator olimlar R Programming va MATLAB dasturlaridan foydalangan holda tadqiqotlar olib bormoqdalar [1.B.12]. Ushbu tadqiqotlar tibbiyot, biologiya, va matematik fanlar sohalarida o‘tkazilgan. Tadqiqot yo‘nalishlari matematik modellashtirish, biomeditsina tadqiqotlari va simulyatsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlardir. Kioto Universitetida esa doktor Kenji Sato 2018 yilda "Injenerlik tadqiqotlarida MATLABning qo‘llanilishi" mavzusida ilmiy ish olib borgan. MATLAB orqali texnik simulyatsiyalar va matematik modellashtirish usullari o‘rganilgan. Dasturiy ta’minot sifatida MATLAB simulyatsiya va modellashtirish uchun qo‘llangan. MATLAB biomeditsina va farmatsevtika tadqiqotlarida yordam bergan, ayniqsa ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish va algoritmlar yaratish jarayonlarida qo‘llanilgan [1.B.12]. 2016 yilda Tokio Universitetida professor Xiroshi Takaxashi "Iqtisodiy tahlilda R Programmingdan foydalanish" mavzusida tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotning maqsadi — iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish va prognoz qilishda Rning samaradorligini o‘rganish edi. Dasturiy ta’minot sifatida R Programming statistik tahlil uchun asosiy vosita sifatida qo‘llanilgan [2.B.16]. So‘nggi yillarda R Programming farmatsevtika sohasida klinik sinovlar, gipoteza tekshiruvlari va ma’lumotlarni tahlil qilishda muhim vosita sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu dastur tarmoq tadqiqotlarida vaqt samaradorligi va ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonlarini yaxshilashga yordam bergan. R Programming klinik tadqiqotlarni tezkor va samarali o‘tkazish, ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash va tadqiqot natijalarini vizualizatsiya qilishga qaratilgan [2.B.16]. Ushbu tadqiqotlarning barchasi Yaponiyada R Programming va MATLAB dasturlarining keng qo‘llanilishini va ularning turli ilmiy sohalardagi muhim rolini ko‘rsatadi. Ular tibbiyot, muhandislik, matematik modellashtirish va biotexnologiya
Доказательный фрагмент
«Pedagogik eksperimentlarda qo‘llaniladigan elektron dasturiy ta’minotlar turli davlatlarda turli olimlar tomonidan foydalaniladi va ularning tanlovi tadqiqotning maqsadi va sohasiga bog‘liq.»
Образец извлечения
Демо-превьюPedagogik eksperimentlarda qo‘llaniladigan elektron dasturiy ta’minotlar turli davlatlarda turli olimlar tomonidan foydalaniladi va ularning tanlovi tadqiqotning maqsadi va sohasiga bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogical experiment, SPSS, R-programming, MATLAB, Data Olimlar, OLAP(OnLine Analytical Processing, Data Marts, Text Mining, DVH(ma'lumotlar Ombor), Data Scientists, CPM, DWH(Data Warehouse), BI (Business Intelligence), ETL(Extract-Transform-yuk), BI (biznes razvedkasi), Matn Qazib Olish, Bashoratli Tahlil, Predictive Analytics, Murakkab Analytics, OLAP (onlayn analitik ishlov berish, Advanced Analytics, ETL(Extract-Transform-Load)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014