К содержанию
РецензированоRU1992

KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · G’ofurov Sardor Yigitali o’g’li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 1992

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistondagi ishsizlikning darajasi va uni bartaraf etishga qaratilgan ba’zi go’yalar ilgari suriladi. Kalit so’zlar: Ishsizlik, friksion ishsizlik, mavsumiy ishsizlik, agregator, devirsifikatsiyalash, Rossiya, Qozog’iston, davlat raxbarining farmoni, statistika, ta’lim. Ключевые слова: безработица, фрикционная безработица, сезонная безработица, агрегатор, диверсификация, Россия, Казахстан, указ главы государства, статистика, образование. Keywords: unemployment, frictional unemployment, seasonal unemployment, aggregator, diversification, Russia, Kazakhstan, decree of the head of state, statistics, education. Kirish: Ishsizlik — bu insonlarning hayotiy faoliyati davomida muqobil ishini topa olmasligidir. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi). Ishsizlik insonning manfaatlariga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammodir. Asosiy qism: Amaldagi iqtisodiy hayotda Ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. Ishsizlik sababi turlicha, texnika rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqarish kam mehnat talab boʻlib qoladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi, iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi. Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha. Ishsizlik ning asosiy shakllari friksion Ishsizlik —turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi. Tarkibiy Ishsizlik — ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi. Mavsumiy Ishsizlik — mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, ishsiz qolishi. Shu o’rinda buni takidlash joizki mamlakatimizda eng ko’p uchraydigan holat friksion va mavsumiy ishsizlikdir. Bular mazmunan bir biriga bog’liq bo’lib ko’pgina namunalar keltirish mumkin. Jumladan, ba’zi shahar ko’chalarida mavsumiy ishga davogar bir qancha odamlar guruhini ko’rish mumkin, bu nafaqat mamlakat shaharlarida balki boshqa davlatlarda ham yirik hajmga ega o’zbek mavsumiy ishchilar qismi mavjud. Xususan, Rossiya va Qozog’izton davlatlarida. Statistik malumotlarga ko’ra, hozirda qariyb 3 millionga yaqin O’zbekistonlik kishilar mehnat megratsiyasi maqsadida Rossiyada. Vaziyatni bunday tus olishida, ham davlatning, ham aholining roli bor. Namuna sifatida aytishimiz mumkinki, ta’lim tizimining kadr tayyorlashdagi kamchiligi, ya’ni, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb va 37 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo malakaga mos kelmaydigan ta’lim tizimi ishga yaroqsiz kadrlarni ko’paytiradi. Ma’lumot o’rnida, O‘zbekistonda yiliga oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan bitiruvchilar orasida ish topishda muammoga duch kelayotganlar soni juda yuqori. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, har yili taxminan 214 ming talaba universitetni tamomlaydi. Ularning 41 foizi ish topishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 59 foizi yoki taxminan 126 ming kishi ish topolmayotgani aniqlangan. Mamlakat miqyosida 3—5% darajasidagi Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (Ishsizlik ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi. Ammo O’zbekistonda bu ko’rsatkich 2024-yilga ko’ra 6.8%ni tashkil qilmoqda. Biroq bu ko’rsatkich o’tgan yillardan ancha yaxshi. 2020-yil tahliliga ko’ra respublikada ishsizlik ko’rsatkichi 10,5% ni tashkil qilgan. Bu esa o’sishdan dalolatdir. Shuningdek davlatimiz raxbarining bir qator farmonlarini keltirish mumkin, xususan, Prezidentimiz mamlakatda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyada iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, zamonaviy sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirishga urg‘u berdi. Shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bunga qo’shimcha tarzda, Iqtisodiy aylanmaga kiritilmagan yerlarni infratuzilmaga ulash, loyihalarni ishga tushirish uchun tashabbuskorlarni qoʻllab-quvvatlash zarurligi qayd etildi. “Agregator” tizimi asosida “100 ming eksportchi dehqon” dasturi joriy qilinib, 2024-yilda 15 ming gektar yer maydonlari auksionga chiqarilishi belgilandi. Bu kishilarning o’z beznesini boshlashda imkoniyat bo’libgina qolmay ishsizlik darajasini aytarli darajada kamaytiradi Xulosa: Xulosa o’rnida aytish joizki, Davlat va aholi o‘rtasidagi hamkorlik ishsizlikni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Aholi o‘z bilim va malakasini oshirishga, yangi texnologiyalar va kasb-hunarlarga moslashishga intilishi kerak. Shu bilan birga, davlat ish o‘rinlarini yaratish, ta’lim tizimini mehnat bozoriga moslashtirish va tadbirkorlikni rag‘batlantiris

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekistondagi ishsizlikning darajasi va uni bartaraf etishga qaratilgan ba’zi go’yalar ilgari suriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekistondagi ishsizlikning darajasi va uni bartaraf etishga qaratilgan ba’zi go’yalar ilgari suriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
unemployment, frictional unemployment, seasonal unemployment, Oliy majlis, AQSH, Konstitutsiya, Konstitutsiya yangi taxriri, mustaqillik deklaratsiyasi, xalqchil qomus, ta’lim, Fransiya, Germaniya., president murojatnomasi, umumxalq referendum, Constitution, suveren davlat, Amir Temur islohatlari, Oliy Kengash, yangi O’zbekiston
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники