К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻZBEKISTON SUV HAVZALARIDAGI NOYOB VA YOʻQOLIB BORAYOTGAN BALIQLAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduhalilova Gulasal Botirjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Ilmiy rahbar: Nizomova Bashoratxon (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This thesis is dedicated to studying the state of rare and endangered fish species in Uzbekistan's water bodies, the ecological threats they face, and measures for their conservation. Specifically, it recommends restoring natural habitats, implementing artificial breeding programs, and enforcing ecological control measures. The primary focus is on factors such as water pollution, the construction of hydrotechnical facilities, and anthropogenic activities that contribute to the decline of fish populations. Kalit so’zlar: noyob baliqlar, ekologik muhit, bioxilma-xillik, sun’iy ko’paytirish, gidrotexnika, populyatsiya, qizilbaliq Ключевые слова: редкие рыбы, экологическая среда, биоразнообразие, искусственное разведение, гидротехника, популяция, осётр. Keywords: rare fish, ecological environment, biodiversity, artificial breeding, hydrotechnics, population, sturgeon. Hozirgi kunda O’zbekistonda baliqlarning 70 ha yaqin turi tarqalgan bo’lib, ulardan 18 ta turi Qizil kitobga kiritilgan. Oʻzbekistonning ichki suv resurslari: Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengizining qoldiqlari, koʻllar va sunʼiy suv havzalari. Suv havzalarining bioxilma-xilligi va undagi baliqlar ekologik tizimning muhim qismi ekanligi hisoblanadi. So’nggi yillarda tabiatdan foydalanishning kuchayib borishi oqibatida, O’zbekistondagi ko’plab baliq turlari kuchli antropogen ta’sir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqardi, ba’zilari esa butunlay yo’qolib ketdi. Ayniqsa Orol fojeasi ixtiofaunaga misli ko’rilmagan talofat yetkazdi. Buning natijasida ko’plab baliq turlari xavf ostida qoldi. Misol tariqasida XX asrning birinchi yarmida Orol dengizi mintaqasining endemigi hisoblangan Acipenser nudiventris Lovetzky (Orol bahrisi), Amudaryo gʻijjakbaliqchasi (Schizothorax intermedius): bu turning populyatsiyasi kamaymoqda, Amudaryo qirgʻovulbaliqchasi (Pseudoscaphirhynchus hermanni): global miqyosda xavf ostida, Oʻzbekiston choʻrtanbaliqlari (Esox species): mahalliy turlar, Turli karp 69 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo oilasiga mansub baliq turlarini keltirishimiz mumkin. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi asosini sug’oriladigan dehqonchilik tashkil etishi sababli oxirgi 10 yilliklar mobaynida sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi va Surxon – Sherobod cho’llari, Farg’ona vodiysining markaziy qismi sug’orish tufayli o’zlashtirilgan, natijada hududlarda ekologik vaziyat tubdan o’zgardi. Tekisliklardagi yirik daryolar o’zanlarida ham tabiiyki o’zgarishlar kuzatildi. Daryolar oqimining sun’iy ravishda o’zgarishi, yirik suv omborlari, irrigatsiya tizimlarining qurilishi, daryolarning yuqori qismlarida suvning tog’-kon sanoati ehtiyoji uchun ishlatilishi, suv havzalarining ifloslanishi va chetdan keltirilgan baliq turlarining salbiy ta'siri mahalliy ixtiofaunaga xavf solmoqda. Noyob va yoʻqolib borayotgan baliq turlarini himoya qilish uchun avvalambor ularni oʻz hududida tarqalishi, populyatsiyalarini holati, qanchalik kamayish xavfida turganini bilish lozim. Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, ilg’or informatsion texnologiyalarni tashkil topishi, turli tabiiy landshaftlardagi noyob baliqlar holati haqidagi aniq ma’lumotlarni yetkazishni talab qilmoqda. Baliqlarning ekotizimdagi roli beqiyosda yuqori. Baliqlar o‘z ekotizimiga katta hissa qo‘shadi: butun ekotizimni qo‘llab- quvvatlovchi muhim oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Sodda qilib aytganda, baliqlar suv o‘tlari va quyi darajadagi turlar omon qolishlari uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarini mukammal qayta ishlovchi hisoblanadi. Ushbu vazifaning ahamiyati shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha baliq ovlash butun ekotizimning to‘g‘ri ishlashi uchun juda zararli bo‘lishi mumkin. Baliqlarni barcha suv havzalarida uchratish mumkin. Masalan ko‘llarda, daryolarda, dengizlarda, okeanlarda, suv havzalarida. Bugungi kundagi, hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 32000 dan ortiq turli baliq turlari mavjud. Insonlar tomonidan ovlagan baliqlar miqdori juda hayratlanarli ahvoldadir. Masalan, 2021 yilda taxminan 110 million tonna baliq ovlangan. Odamlarning haddan tashqari baliq ovlashi va dengiz ekotizimini beqarorlashtirishi tobora oydinlashmoqda.

Доказательный фрагмент

«This thesis is dedicated to studying the state of rare and endangered fish species in Uzbekistan's water bodies, the ecological threats they face, and measures for their conservation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis is dedicated to studying the state of rare and endangered fish species in Uzbekistan's water bodies, the ecological threats they face, and measures for their conservation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rare fish, ecological environment, biodiversity, artificial breeding, qizilbaliq, gidrotexnika, sun’iy ko’paytirish, noyob baliqlar, populyatsiya, bioxilma-xillik, ekologik muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники