К содержанию
РецензированоUZ2026

“BOLALAR ADABIYOTI” ISTILOHI TAHLILI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Moxidilxon Abdullayeva Dilshodbek qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda bolalar adabiyoti tushunchasining istiloh sifatida tahlilga tortiladi. Mavjud tavsiflar keltirilib, ularning kamchiliklari izohlanadi, bolalar adabiyoti fanda ma’lum chegarani bildiradimi yoki aksinchami degan savolga javob izlanadi. Bolalar adabiyoti namunalari deganda qanday xarakterdagi asarlarni tushunish kerakligi bo‘yicha turli qarashlarga fikr bildiriladi. Kalit so‘zlar. Bolalar adabiyoti, hayotiy syujet, qiziqarli syujet, xilma-xil obrazlar, yosh xususiyatlari. Bolalar adabiyoti tushunchasining oʻzi turli adabiyotlarda turlicha taʼriflanadi. Oʻzbek va jahon adabiyotshunosligida ushbu atamaning taʼrifi oʻxshash boʻlib, tushunchalar bir-birini toʻldirib boradi. Xususan, Mamasoli Jumaboyev oʻzining “Bolalar adabiyoti va folklor” kitobida bolalar adabiyotiga shunday taʼrif beradi: “Bolalar adabiyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o‘y-fikrlar uyg‘otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan boʻlishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlarni iymon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir”.1 Yuqoridagi taʼrifning magʻzini oladigan boʻlsak, bolalar adabiyoti bolalarning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, yorqin obrazlarga boy boʻlishi, ulkan gʻoya va porloq ishlarga ilhomlantirishi kerak boʻladi. Asosiysi, mavzu qiziqarli, til sodda va tushunarli boʻlishi ekan. Qolgan taʼriflarni kattalar adabiyoti haqida ham bemalol aytsa boʻladi. Boshqa aksariyat manbalarda asosan mazkur qoʻllanmada keltirilgan taʼrifga tayanilgan. Farqli, yangi xususiyatlar ochib berilgan taʼriflar ham uchrab turadi, albatta. Ana shulardan biriga koʻra, “bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmuyi tom ma’noda bolalar adabiyotini tashkil etsa-da, asosan, sof badiiy asarlar bu tushuncha mohiyatini anglatishi an’anaga aylangan. Bolalar adabiyoti tushunchasi avvalo, turli yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan so‘z san’atidir. U voqelikni aynan o‘n olti-o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar idroki, tasavvuri, tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asar namunalarini o‘zida mujassamlashtiradi”.2 Taʼriflar orasida nisbatan mukammal boʻlgan mazkur jumlaning davomida yana shunday deyiladi: “…o‘zbek bolalar adabiyoti dastavval, hodisa shaklida, so‘ngra bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallab, nihoyat, ularga ixtisoslashgan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi. Buning tarixiy-tadrijiy taraqqiyot xususiyatlari, badiiy-uslubiy tamoyillari, ilmiy-nazariy 1 Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – B.3. 2 Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019, b6. 107 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo umumlashmasi esa “Bolalar adabiyoti” deb nomlangan mustaqil fan tarixida o‘z ifodasini topib kelmoqda.”3 Bolalar adabiyoti tushunchasiga fan sifatida yondashgan muallif uning bir qancha xususiyatlarini aniq sanab oʻtadi. Bularni yuqorida keltirib oʻtdik. Qiyosiy tahlil orqali bolalar adabiyoti tushunchasiga berilgan taʼriflarni tahlil qilishda davom etamiz: “Yer yuzida dastlabki ota-onaning birinchi farzandi dunyoga kelishi bilan bolalar adabiyoti ham maydonga kelishi inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir. Chunki bolalar adabiyotining asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash manfaatlariga qaratilgandir. Binobarin, bolalar adabiyoti namunasi yosh avlodni ilm-maʼrifat nuridan bahramand bo‘lishga chorlaydimi, kasb-hunar o‘rganishga chaqiradimi, eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladimi, bulardan qatʼi nazar, uning bosh vazifasi farzandlarimizni maʼnaviy-axloqiy kamolot ruhida tarbiyalashdir. Demak uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri uning nafaqat adabiy-estetik, balki maʼrifiy ahamiyat kasb etishi bilan ham belgilanadi.”4 Bolalar adabiyoti tushunchasiga juda koʻp oʻrinlarda soddalik taʼrifi beriladi, ammo bu soddalik bolalar adabiyotining ahamiyatini tushirib yuboradimi? Soʻnggi yillarda soddalik niqobi ostida bolalar adabiyotiga yengil-yelpi asarlar misol qilib keltirilayotgani, albatta, bolalarni saviya jihatdan bir necha pogʻona pastga tushirishini unutmaslik kerak. Aslida oʻsha soddalik xususiyati soʻzlarning soddaligi va shaklning soddaligida aks etishi kerakki, bolalar bu asarlarni oʻqishda, yod olishda qiynalmasin. Ammo kichkintoylarda hech qachon va hech qachon mazmunan sodda, yengil-yelpi asarlarni taqdim qilmasligimiz lozim. Sababi “adabiyotning boshlanmasi va umumkitobxonlikning ostonasi hisoblanuvchi”5 bolalar adabiyoti oʻziga singdira olmaydi, chunki u tabiatan oʻta mazmundordir. Soddalik mazmun evaziga keladigan boʻlsa, bunda bolalar adabiyoti umumkitobxonlikning, adabiyotning

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda bolalar adabiyoti tushunchasining istiloh sifatida tahlilga tortiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda bolalar adabiyoti tushunchasining istiloh sifatida tahlilga tortiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yosh xususiyatlari., Bolalar adabiyoti, qiziqarli syujet, hayotiy syujet, xilma-xil obrazlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники