Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUJAYRA ORGANOIDLARI - RIBOSOMALAR, GOLJI KOMPLEKSI VA LIZOSOMALAR TUZILISHI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · LIZOSOMALAR TUZILISHI (in-academy.uz/index.php/yo) · Hamidov Rustamjon (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной диссертации рассказывается о строении рибосом, комплекса Гольджи и лизосом, которые являются клеточными органоидами. Ключевые слова: органоиды клетки, рибосомы, комплекс Гольджи и лизосомы, микроскоп, ядро, клетка. ANNOTATION This thesis discusses the structure of cell organelles, such as ribosomes, the Golgi complex, and lysosomes. Keywords: cell organelles, ribosomes, the Golgi complex, and lysosomes, microscope, nucleus, cell. KIRISH. Hujayra organoidlari-hujayraning doimiy tarkibiy jismi bo‘lib, ma’lum tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaradi. Hujayraning umumiy va maxsus organoidlar farq qilinadi. Umumiy organoidlarga mitoxondriya, sitoplazmatik (endoplazmatik) to‘r, ribosoma, Golji kompleksi, lizosoma, mikronaycha, sentrosoma, peroksisoma; maxsus organellalarga esa tonofibrilla, miofibrilla, neyrofibrillalar, kiprikchalar va mikrovorsinkalar kiradi. Hujayra organoidalari tuzilishi bo‘yicha membranali va membranasi bo‘lmagan hujayra organoidlarga bo‘lish mumkin. Ribosomalar. Elektron mikroskop yordamida Palada tomonidan ochilgan ribosomalar ham hujayraning muhim organomdlaridandir. Ribosomalar yadro qobiqining tashqi membranasida ham yotadi. Membranalar bilan birikmagan sitoplazmada erkin yotuvchi ribosomalar ontogenez davrida turli manbalardan hosil bo‘ladi. Masalan, kalamush me’da osti bezining asinar hujayralarida, embriogenez davrida oldin ribonukleoproteid granulalari va keyinchalik kanalchalar sistemasi hosil bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lanadilar. Membrana bilan bog‘liq bo‘lgan ribosomalar erkin ribosomaga nisbatan radioktiv aminokislotalarni ko‘proq qabul qilishi kuzatilgan. Yadroda, yadrocha joylashgan ribonukleoproteid donachalari o‘z fizik-kimyoviy xossalari bilan sitoplazmatik ribosomalardan farq qiladi. Ular yadro oqsili sintezida ishtirok etadi. Ribosomalar teng miqdorda RNK va oqsildan iborat. Ribosoma tarkibiga noaktiv ribonukleaza, latent dezoksiribonukleaza, lesinaminopeptidaza, galaktozidaza va boshqa 54 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo fermentlar kiradi. Ribosomalarlarda magniy va kalsiy bo‘ladi. Xayvon, o‘simlik hujayralaridan va mikro-organizmlardan ajratib olingan ribosomalar kimyoviy tarkibi, molekulyar og‘irligi bilan bir-biriga yaqin. Ribosomalar oddiy va bir xil tipidagi moddadan tuzilganga o‘xshasada, ular mayda subbirliklardan iborat. Ribosomalar 50 S va 30 S lik 2 ta subbirlikdan birikib, 70 S bo‘lgan o‘lchamni tashkil qiladi. Xar bir subbirlik bitta yuqori polimer ribosomal RNK molekulasini o‘zida tutadi, lekin ular alohida bo‘lganda radioktiv aminokislotalarni qabul qila olmaydi. Golji kompleksi. 1898 yilda italiyalik olim Golji nerv hujayralardan optik mikroskop yordamida kumush nitrat va osmiy kislotasi bilan bo‘yaladigan to‘rsimon organoidni topdi va uni diktiosoma (grekcha “to‘r” demakdir) deb atadi. Bu organoid hayvon hujayralaridagina emas, balki bir hujayrali organizmlarda, tuban va yuksak o‘simliklarning hujayralarida uchrashi ham aniqlandi. Kuzatishlarga qaraganda Golji tomonidan nerv hujayralarida kuzatilgan to‘rsimon strukturalar, boshqa hujayralarda to‘r (Golji kompleksida) ko‘rinmaydi. Shunga ko‘ra bu organoidning nomini olim nomida Golji kompleksi yoki Golji apparati deb ataldi. Elektron mikroskop kashf etilgandan keyin Golji kompleksining qo‘shqavatli membranalari yassi paketlarning taxlaganiga o‘xshashligi borligi aniqlandi. Bu pakelarga o‘xshash taxlangan sistemaning proksimal qutbida yangi sisternalar shakllanib, uning membranalarida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berishi orqali distal qutibi tomonga yetilib boradi. Distal qutbidagi yetilgan sisternalarning qirg‘oqlaridan mayda pufakchalar ajralib chiqib turishidan tashqari, o‘sha yetuk sisternalarning o‘zi ham Golji membranasi bilan qurshalgan yirik pufaksimon fazolarga aylanib, Golji kompleksidan uzoqlashib ketib turadi. Uning o‘rniga proksimal qutbidan yangi sisternalar yetilib kelib turadi. Sisternalar oralig‘idagi 200-250 A0 keladigan oraliq sitoplazma matriksi bilan to‘la bo‘ladi. Sisternalarda diametri 600-700 A0 keladigan kovaklar, kovaklar kanalining markazida granulalar bo‘lib, ular Golji kompleksi proksimal qutibiga yaqin, ular Golji kompleksi proksimal qutibiga yaqinda joylashgan ribosomalarga aloqador bo‘lsa kerak. Lizosomalar. Hujayra gomogenatidan uning qismlarini alohida ajratib olish metodlari rivojlangandan keyin, 1955-yilda De Dyuv va boshqalar o‘zida nordon fosfatazadan ajratib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu fermentlar qatoriga glyukuronidaza, nordon ribonukleaza, nordon dezoksiribonukleaza va katepsinlar kiradi. Bu fermentlar hujayra tarkibiga kiruvchi turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi uchun ularga lizosomalar deb nom berildi. Xozirgi kunda lizosomalar faqat hayvonlar hujayrasi uchungina emas, balki yer sharida juda keng tarіalgan barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal organoid ekanligi aniqlandi. Lizosomalardagi ovqat hazm qilish fermentlarining latent (yashirin) holatda bo‘lishi, ularning asosiy hususiyatlari bo‘lib
Доказательный фрагмент
«В данной диссертации рассказывается о строении рибосом, комплекса Гольджи и лизосом, которые являются клеточными органоидами.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной диссертации рассказывается о строении рибосом, комплекса Гольджи и лизосом, которые являются клеточными органоидами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cell organelles, ribosomes, the Golgi complex, and lysosomes, microscope, органоиды клетки, yadro, клетка., cell., ядро, va lizosomalar, hujayra., микроскоп, рибосомы, nucleus, mikroskop, golji kompleksi, hujayra organoidlari, ribosomalar, комплекс Гольджи и лизосомы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024