К содержанию
РецензированоUZ2026

9-SINF BIOLOGIYA DARSLIGIDAGI MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH VA XILMA-XILLIK MARKAZI MAVZUSNI MATBUOT KONFIRENSIYA METODI ORQALI O’TISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Temirova M.U. (in-academy.uz/index.php/si) · Mamasodiqova M.M. (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

9-sinf o’quvchilarni biologiya fanidagi oqsillar va aminokislotalar mavzusini osonroq va samarali tarzda o’tishni an’anaviy va interfaol metodlardan foydalanish usullari. Annotation: Methods for facilitating easier and more effective learning of the topic "Proteins and Amino Acids" in biology for 9th-grade students through the use of traditional and interactive teaching methods. Kirish so’zlar: Oqsil, aminokislota, an’anaviy ta’lim, interfaol usul, polimer. Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo’lib, aminokislotalarga parchalanadi. Oqsillarning elementar tarkibi uglerod 50-54%, vodorod 6,5-7,3%, kislorod 21-23%, azot 16% hamda oltingugurt 0,5% dan iborat. Ularning tarkibida ba’zan fosfor ham uchraydi. Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Organik moddalar ichida eng murakkabi oqsillardir. Ular polimerlar guruhiga kiradi. Oqsil molekulasi faqat aminokislotalardan tuzilgan bo’lsa ham bu monomerlar bir xil emas, oqsil molekulasi tarkibiga bir-biridan faqr qiladigan 20 xil aminokislotalar kiradi. Oqsillar tarkibidagi aminokislotalar Halqasiz (asiklik) aminokislota Halqali (siklik) aminokislota 1. Glitsin 8.Leysin 15.Fenilalanin 2.Alanin 9.Izoleysin 16.Triozin 3.Serin 10.Treonin 17.Triptofan 4.Sistein 11.Lizin 18.Gistidin 5.Sistin 12.Arginin 19.Prolin 6.Metionin 13.Asparagin kislota 20.Oksiprolin 7.Valin 14.Glutamin kislota Aminokislotalar peptid bog’ orqali o’zaro birikadi va polipeptid zanjirlarini hosil qiladi. Aminokislotalar organik kislota molekulasida bir yoki bir nechta vodorod atomining aminoguruh NH2 bilan almashinishdan hosil bo’ladi. Ko’pincha NH2 guruh karboksil guruhiga (COOH) qo’shni uglerod atomining vodorodi o’rniga kiradi. An’anaviy dars–muayyan muddatga mo‘ljallangan. Ta’lim jarayoni ko‘proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an’anaviy dars –ko’p hollarda ta’lim jarayonining birdan –bir metodi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu bois, ba’zida an’anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi. Markazda 92 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o’qituvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: -o’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish; -ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish; -o’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish; -o’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab –quvvatlash; -amaliyot orqali o‘rganish; -ikki tomonlama fikr –mulohazalar bilan ta’minlash; -o’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish; -o’qituvchi–o’quvchilar uchun o’quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs; -o’quv jarayonini baholash. An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol –javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Interfaol metodlar Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. “6x6x6” METODI “6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan topshiriq beriladi. Yana har bir guruh o’zlari o’tilgan mavzu yuzasidan kichkina matn tuzishadi. Keyin har bir guruh tuzgan matnlarini kattaroq bo’laklarga bo’lib kanvertga solingan holatda boshqa guruhga taqdimetadi. Guruhlar qog’oz bo’laklarini yig’ib matnni o’qib guruh bilan mavzuni qay darajada yoritilgani nima e’tibor bergani tushunganlarini so’zlab beradi . Bu metod orqali mavzu o’quvchilar tomonidan qayta o’zlashtiriladi. Nazariy mavzu ham qiziqarli maroqli tarzda o’tilishini ta’minlaydi. “6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: — guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi; — ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi; — guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi; — ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o’rgatadi. Eng muhimi, mashg’ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ha

Доказательный фрагмент

«9-sinf o’quvchilarni biologiya fanidagi oqsillar va aminokislotalar mavzusini osonroq va samarali tarzda o’tishni an’anaviy va interfaol metodlardan foydalanish usullari.»

Образец извлечения

Демо-превью

9-sinf o’quvchilarni biologiya fanidagi oqsillar va aminokislotalar mavzusini osonroq va samarali tarzda o’tishni an’anaviy va interfaol metodlardan foydalanish usullari. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
texnalogiya., o’quvchi, guruh, o’qitish, metod, Madaniy o’simlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники