К содержанию
РецензированоUZ2026

QUSHLARNING EKOLOGIYASI VA AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sattorova Xurshida Nurmatova (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada, qushlarning ahamiyati, mavsumga qarab moslashishi, inson xo'jaligidagi faoliyati hamda qishloq va o'rmon xo'jaligida ahamiyati muhim xususiyatlari, afzalliklari haqida to'liq bayon etilgan. Kalit so'zlar: Qirg'ovul, kaklik, musicha, mayna, qizilishton, chittak, so'fito'rg'ay go'ng qarg'alar, zag'cha, olaqarg'a, qorayaloqlar, dehqonchumchuqlar zarg'aldoq, kakku, ola qizilishtonlar, ko'kqarg'a, miqqiy, sor, baliqchi. Kirish. Qushlar tuzilishi jihatdan sudralib yuruvchilarga yaqin bo'lib, ularning gavda haroratini doimiy saqlashga o'tgan va uchishga moslashgan ajdodi hisoblanadi. Morfologik tuzilishiga ko'ra qushlar oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, keyingi oyoqlarida ilikning hosil bo'lishi, tanasining pat bilan qoplanganligi, yuragining to'liq 4 kamerali bo'lganligi, bosh skeletida yagona ensa bo'rtmasi va chanoq buyragining rivojlanganligi bilan xarakterlanadi Tanasining suyii shakldaligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, tanasining pat bilan qoplanganligi, suyaklarining yengil bo’lishi, naysimon suyaklarining havo bilan to'lganligi, havo xaltachalarining rivojlanganligi, jag'larida tish bo'lmasligi va to'g'ri ichakning qisqarishi qushlarning uchishga moslashgan asosiy belgilari hisoblanadi. Asosiy qism: Qushlar mavsumga moslashishiga qarab uchta ekologik guruhga bo'linadi: O'troq qushlar yil davomida ma'lum bir joyda yashaydi. Bularga qirg'ovul, kaklik, musicha, mayna, qizilishton, chittak, so'fito'rg'ay va boshqalami kiritish mumkin. Ko'chmanchi qushlar ko'payish mavsumidan keyin noaniq yo'nalishlarga qarab bir necha kilometr masofaga ko'chib boradi, lekin o'zining ko'paygan zonasini tashlab ketmaydi. Bu guruhga snegirlar, go'ng qarg'alar, zag'cha, olaqarg'a, qorayaloqlar, dehqonchumchuqlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Kelib ketuvchi qushlar qishlash uchun ko'paygan joylarini tashlab, minglab kilometr uzoqlikka, ya’ni yangi tabiiy—geografik zonalarga uchib ketadi. Bunday qushlar migratsiyadan oldin juda intensiv ovqatlanadi va tanasida anchagina yog' to'playdi. Yog' parchalanganida ko'p miqdorda energiya ajratadi. Qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar doimiy yashash joyni hali issiq va ozuqasi etarli bo'lsada, ancha barvaqt, ya’ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda uchib ketadi. Boshqa qushlar esa, masalan, o'rdak, g'oz, oqqush va boshqalari kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, ozuqa topolmay qolganidan keyin uchib keta boshlaydi. Kelib ketuvchi qushlarda migratsiya uchun kerakli umumiy yo'nalishni aniqlaydigan tug'ma migratsion instinkt bo'ladi. Tekshirishlar va dala kuzatishlardan ma'lumki, migratsiya qiluvchi qushlar astronavigatsiyaga qobiliyatlidir, ya’ni migratsiya vaqtida qush, oy va yulduzlaming holatiga qarab kerakli yo'nalishni tanlaydi. MDH ning Shimoliy Yevropa qismida yashaydigan qushlar — Afrikaning g'arbiy tomonida, markaziy qismida yashaydigan qushlar — Sharqiy Afrikada, sharqiy qismida uya quruvchi qushlar esa Hindiston va Janubi — Sharqiy Osiyoda qishlaydi. Qushlarning migratsiasini o'rganishda asosan halqalash usulidan keng foydalaniladi, ya’ni qushni uyadagi jo'jasining yoki ushlangan qushning oyog'iga yengil metalldan yasalgan halqa taqiladi. 94 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Halqaga raqam va halqalagan tashkilotning shartli belgisi yoziladi. Har yili dunyo miqyosida mln ga yaqin qushlar halqalanadi. Qushlarni ommaviy ravishda halqalash natijasida ularning yo'nalishi va uchish tezligi, qishlash joylari, umri, o'limi, jinslari juftligining doimiyligi kabi masalalar aniqlanadi. Qushlarning inson xo'jaligidagi faoliyati, ahamiyati juda katta va nihoyatda xilma— xildir. Ko'pgina turlari qadimdan to hozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakilashtirilgan va ulardan go'sht, tuxum, par kabi mahsulotlar olinadi. Yovvoyi turlari esa qishloq xo'jaligi, baliqchilik va ovchilik xo'jaligida hamda sog'liqni saqlash va aviatsiada katta rol o'ynaydi. Dehqonchilik va o;rmonchilik xo'jaliklarida ko'pchilik qushlar zararli hasharotlar va kemiruvchilami qirib, qishloq va o'rmon xo'jaligida juda katta foyda keltiradi. Bularga chittaklar, moyqutlar, dumparastlar, shaq— shaqlar, zarg'aldoq, kakku, ola qizilishtonlar, ko'kqarg'a, miqqiy, sor, baliqchi va ko'pgina boshqa qushlar misol bo'la oladi. Ola chug'urchiqlaming bitta koloniyasi Markaziy Osiyoda bir oy mobaynida ko'payishi vaqtida 100 ming dona chigirtkani qiradi. Shu bilan birga ola chug'urchiq bolalarini ochib chiqqandan keyin gilos, olxo'ri va uzumlarga hujum qilib, ancha zarar yetqazadi. M.D. Zverevning hisoblariga ko'ra, Novosibirsk shahri atrofida qora chug'urchiqlaming bitta oilasi bir faslda 7800 dona may qo'ng'izi va ularning lichinkalari bilan oziqlangan . Yoki miqqiy har kuni uyasiga 10 dona kemiruvchi(yumronqoziq va sichqon) keltiradi, bir oy davomida esa bolalarini boqish davrida bir juft miqqiy 270 ta kemiruvchini qiradi. Keltirilgan misollarning o'zi qushlarni qo'riqlash va ularning sonini oshirish qanchalik zarur ekanligini ko'rsatadi. Ayniqsa, ko

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada, qushlarning ahamiyati, mavsumga qarab moslashishi, inson xo'jaligidagi faoliyati hamda qishloq va o'rmon xo'jaligida ahamiyati muhim xususiyatlari, afzalliklari haqida to'liq bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada, qushlarning ahamiyati, mavsumga qarab moslashishi, inson xo'jaligidagi faoliyati hamda qishloq va o'rmon xo'jaligida ahamiyati muhim xususiyatlari, afzalliklari haqida to'liq bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qirg'ovul, kaklik, musicha, mayna, qizilishton, chittak, so'fito'rg'ay go'ng, zag'cha, ko'kqarg'a, qorayaloqlar, sor, ola qizilishtonlar, baliqchi., dehqonchumchuqlar zarg'aldoq, kakku, olaqarg'a, miqqiy, so'fito'rg'ay go'ng qarg'alar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники