К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNING FRAZEOLOGIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA MASHQLAR TIZIMI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TALABALARNING FRAZEOLOGIK KOMPETENSIYASINI (in-academy.uz/index.php/yo) · TAKOMILLASHTIRISHDA MASHQLAR TIZIMI (in-academy.uz/index.php/yo) · Ro'ziboyev Kuvonchbek Ergash og'li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada talabalar frazeologik kompetensiyasini rivojlantirish uchun mashqlar tizimini ishlab chiqish va qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Frazeologik birliklarni o‘rgatishda qiziqarli va samarali mashqlar tizimini joriy etish, talabalarni o‘quv jarayoniga faol jalb qilishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada mashqlarning lingvistik, semantik va kommunikativ yo‘nalishlari tahlil qilinib, ular yordamida talabalarning frazeologik birliklarni nutqda to‘g‘ri va samarali qo‘llash ko‘nikmalari rivojlantirilishi yoritiladi. Shuningdek, mashqlar tizimining talabalarning madaniy tafakkurini kengaytirish va ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi ham o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: frazeologik kompetensiya, mashqlar tizimi, frazeologik birliklar, lingvistik mashqlar, semantik tahlil, kommunikativ ko‘nikmalar, nutq madaniyati, talaba faoliyati. Kirish. Frazeologik birliklar tildagi ifodaviy va semantik boyliklarni o‘zida mujassam etgan, har bir xalqning madaniy tafakkurini aks ettiruvchi til birliklaridir. Talabalarni frazeologik birliklarni o‘rganishga yo‘naltirish va ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish nafaqat lingvistik bilimlarni kengaytiradi, balki nutq madaniyatini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Frazeologik kompetensiyani takomillashtirishda mashqlar tizimi asosiy o‘rin tutadi. Ushbu maqola frazeologik birliklarni o‘rgatishga qaratilgan samarali mashqlar tizimini yaratish va uning o‘quv jarayonidagi o‘rnini aniqlashga bag‘ishlangan. Frazeologik birliklar har bir tilning boy madaniy va semantik qatlamini tashkil etadi. Ular nafaqat lug‘aviy boylikning muhim qismi, balki xalqning tarixiy, madaniy va mental xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Til o‘rganuvchilarning frazeologik birliklarni to‘g‘ri o‘zlashtirishi va nutqda qo‘llay olishi ularning lingvistik kompetensiyasini mukammal darajada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, talabalar frazeologik birliklarning mazmunini va ularning kontekstual qo‘llanilishini tushunishi, ularni o‘zining og‘zaki va yozma nutqida qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishi muhim ahamiyatga ega. Frazeologik kompetensiyani shakllantirishda o‘quv jarayoniga to‘g‘ri yo‘naltirilgan mashqlar tizimini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday mashqlar talabalarni frazeologik birliklarning semantik ma’nosini anglash, ularni kontekstual tahlil qilish va amaliy nutq faoliyatida qo‘llashga o‘rgatadi. Shuningdek, frazeologik mashqlar nafaqat lingvistik ko‘nikmalarni, balki talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi. Ushbu maqolada talabalarning frazeologik kompetensiyasini takomillashtirishda mashqlar tizimining o‘rni, mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Materiallar va usullar. Olimlarning qarashlariga ko‘ra, frazeologik birliklarni o‘rgatish jarayonida samarali mashqlar tizimini joriy qilish talabalarning til kompetensiyasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu mashqlar talabalarni lingvistik, semantik va kommunikativ yondashuvlar orqali frazeologik birliklarni to‘liq anglash va amaliyotda qo‘llashga tayyorlaydi. Innovatsion yondashuvlar, xususan, vizualizatsiya va interaktiv mashqlar yordamida o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish imkoniyati mavjud. A. 71 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Gʻaniyev o‘zbek tili frazeologik birliklarini o‘rganishda lingvistik va semantik yondashuvlarni birlashtirish zarurligini ta’kidlab, mashqlar tizimi orqali ularning nutqdagi qo‘llanilishini rivojlantirishni tavsiya etadi. Z. Yuldasheva frazeologik birliklarni madaniy va lingvokulturologik jihatdan o‘rganishning ahamiyatini qayd etadi va bunday birliklarni o‘rgatishda talabalarning madaniy bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladigan mashqlar ishlab chiqishni taklif qiladi. M. Omonova frazeologik kompetensiyani shakllantirishda mashqlar tizimini ishlab chiqishda talabalarni amaliyotga jalb qilish va ularning individual ehtiyojlarini hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. Maqola davomida frazeologik birliklarni o‘rganishda foydalaniladigan mashqlar quyidagi yo‘nalishlarda ishlab chiqildi:  Lingvistik mashqlar: Frazeologik birliklarning lug‘aviy va grammatik tahliliga asoslangan mashqlar.  Semantik mashqlar: Frazeologik birliklarning ma’nosini aniqlash, sinonim va antonimlarni topish orqali ularning semantik jihatlarini o‘rganish.  Kommunikativ mashqlar: Frazeologik birliklarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llashga qaratilgan topshiriqlar.  Ijodiy mashqlar: Frazeologik birliklardan foydalanib hikoya, insho yoki dialog tuzish. Ushbu mashqlarni tuzishda talabalar uchun qulay va qiziqarli bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida interaktiv metodlardan, jumladan, kognitiv xaritalar, vizual materiallar va rolli o‘yinlardan foydalanildi. Natijalar. Frazeologik kompetensiyani takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan mashqlar tizimini qo‘llash natijasida quyidagi muhim o‘zgarishlar va natijalar qayd etildi: 1. Frazeologik bilimlarning o

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada talabalar frazeologik kompetensiyasini rivojlantirish uchun mashqlar tizimini ishlab chiqish va qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada talabalar frazeologik kompetensiyasini rivojlantirish uchun mashqlar tizimini ishlab chiqish va qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
semantik tahlil, mashqlar tizimi, kommunikativ ko‘nikmalar, lingvistik mashqlar, frazeologik birliklar, nutq madaniyati, talaba faoliyati., frazeologik kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники