Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
"GULLI OʻSIMLIKLARNING MOSLANISHI" MAVZUSI YUZASIDAN EKSKURSIYALARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Saydazimova Xonzoda Alisher qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Ibragimova Mashhura Ilhomjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Sotvoldiyeva Begoyim Abdullajon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda biologiya darslarini yanada qiziqarli hamda mazmunli oʻtishida ekskursiyalarni ahamiyati,uni tashkil etish yoʻllari haqida batafsil yoritilgan. Kalit soʻzlar. Ekskursiya, sayr, idrok etish, muzey, intizom, gerbariy, ekskursiya rejasi, marshrut, kompus, lupa. Key words. Excursion, walk, perception, museum, discipline, herbarium, excursion plan, route, compass, magnifying glass. Ekskursiya lotincha “Excursio” - “sayr etish” degan sо‘zdan olingan bо‘lib, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki о‘quvchilar gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir formasi bо‘lib, “о‘rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya” deyiladi. Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda dars о‘tishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish obyektlarida va boshqa joylarda (botanika bog‘i, zoovistavka, muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari kabilarda) о‘tkaziladigan о‘quv xarakteridagi mashg‘ulotdir. Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida о‘tkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini о‘rganish va mustahkamlashga bag‘ishlanadi. Ular maktab dasturida kо‘rsatilgan va о‘quvchilar uchun majburiydir. Tirik tabiat obyektlarini va hodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda о‘rganish imkoniyatini beradi. О‘quvchilar о‘rganilayotgan о‘simlik va hayvonni ularning yashash sharoitida kо‘radilar. Organizm tuzilishi va hayot faoliyatining yashash muhitiga moslashuvchanligini yaqqol payqab oladilar. О‘quvchilarning bilimini kengaytiradi va mustahkamlaydi. О‘quvchilar о‘simliklar va hayvonlarni tabiiy muhitda о‘simliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, о‘simliklarga bog‘liq holda kо‘radilar va о‘quvchilarning tabiatni о‘rganishda bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Qishloq xо‘jaligi, ishlab chiqarish, tajriba stansiyalari, mevazor, kо‘chatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar о‘quvchilarda ishlab chiqarishning turli sohalariga nisbatan zо‘r qiziqish uyg‘otadi. Biologik ekskursiya jarayonida о‘quvchilar biologik bilimlarning amalda qanday qо‘llanilayotganligini bilib oladilar. Bunday ekskursiyalar о‘quvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir: 1. О‘quvchilarda ongli intizom; 2. О‘rtoqlik va dо‘stlik; 3. Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi. 4. Ekskursiyalar о‘qituvchini о‘quvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga о‘z о‘quvchilarini yaxshiroq bilib olish imkoniyatini beradi. 81 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 5. О‘quvchilarda tetik va sog‘lom tuyg‘ularni vujudga keltiradi bu esa о‘rganilayotgan о‘quv materialining oson va puxta о‘zlashtirib olishini ta’minlaydi. 6. Ekskursiyalarda о‘quvchilar estetik xarakterdagi tuyg‘ularni his qiladilar. 7. Tabiat gо‘zalligini bevosita his qilish shu tabiatga, vatanga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Eks Topshiriqlar. 1. Quyidagi oʻsimliklarning tabiatga moslanishini aniqlang. Qaragʻay, beda, burchoq, naʼmatak, Ekskursiyaga tayyorgarlik. Ekskursiyaning samaradorligi kо‘p jihatdan uni puxta tayyorlanishiga bog‘liq. Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta tayyorgarlik va aniq reja asosida о‘tkazishni talab qiladi.Tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda о‘quvchilar о‘zlashtirishi mо‘ljallangan о‘quv materialining mazmuni aniqlanadi. О‘qituvchi ekskursiyaga borishdan bir necha kun oldin о‘zi о‘sha ekskursiya joyi va marshrutini kо‘rib keladi, (ya’ni taxminiy ekskursiya qilib keladi). Bunda о‘rganiladigan obyektlar va qulay marshrut tanlanadi, qayerda, qanday material yig‘ish va qayerda tushuntirish hamda suhbatlar о‘tkazish mumkinligi belgilanadi, ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiya uchun zarur bо‘lgan jihoz va materiallar oldindan tayyorlab qо‘yiladi (kompas, lupa, belkurak, boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun papkalar, bonkachalar). О‘qituvchi taxminiy ekskursiya о‘tkazish va о‘rganiladigan о‘quv materialining mazmunini aniqlash asosida haqiqiy ekskursiya rejasini tuzadi. Reja ekskursiyaning borish izchilligi va о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning ish metodlari (tushuntirish, suhbat va mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obyektni topib olish, materialni yig‘ish, kabilar). О‘tkaziladigan ekskursiya haqida о‘quvchilar bir necha kun oldin ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon jо‘nalishi va qancha vaqt davom etishi о‘quvchilarga aytiladi. О‘qituvchi ekskursiyadan oldingi darsda о‘quvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya mavzusiga oid nimalarni о‘qib takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda biologiya darslarini yanada qiziqarli hamda mazmunli oʻtishida ekskursiyalarni ahamiyati,uni tashkil etish yoʻllari haqida batafsil yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda biologiya darslarini yanada qiziqarli hamda mazmunli oʻtishida ekskursiyalarni ahamiyati,uni tashkil etish yoʻllari haqida batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Excursion, walk, perception, museum, discipline, herbarium, excursion plan, sayr, idrok etish, Ekskursiya, intizom, muzey, marshrut, ekskursiya rejasi, magnifying glass., kompus, compass, gerbariy, route, lupa.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025