К содержанию
РецензированоUZ2026

MUHRLAR TARIXI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MUHRLAR TARIXI (in-academy.uz/index.php/yo) · Gavhar Berdieva Rustamovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada muhrlar tarixi hamda qay hollarda qo`llanilishi haqida so`z boradi. Kalit so`zlar: muhr, loy, madaniyat, hujjat, iz, iqtisodiy va madaniy hayot. Xalqimizning qadim madaniyati va maʼnaviyati taraqqiyot bosqichlarida muhrlarning oʻziga xos oʻrni bor. Muhrlar odatda loy yoki mum kabi materiallarga nusxa tushirish uchun xizmat qilgan matnning (matn va rasmning) qabariq yoki botiq tasviri boʻlgan bosma shakl (asbob) hisoblanadi. Muhrlar turli shaklda, jumladan, konus, toʻrtburchak, silindr va hatto hayvon kallasi shaklida boʻlgan. Muhr izi yordamida hujjat egasini aniqlash yoki hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash mumkin edi. Shuningdek, u xaltalarni begonalar ochishi yoki muayyan joylarga, masalan, maqbaralarga noqonuniy ravishda kirishi mumkin emasligini koʻrsatish uchun qoʻllanilardi. Tarixiy manbalar Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. Bunda Markaziy Osiyoda yaratilgan qoʻlyozmalar muhim qiziqish uygʻotishi tabiiydir. Markaziy Osiyoda yaratilgan qoʻlyozmalarni tadqiq etish orqali, aksariyat qoʻlyozmalarga muhr bosilgan. Muhr – kutubxona timsoli. Odatda qoʻlyozma varaqlaridagi muhrlar orqali qoʻlyozma egasi kim boʻlganini aniqlash mumkin. Agar ayni bir muhr bir qancha kitoblarga qoʻyilgan boʻlsa, ular bir shaxs kutubxonasiga tegishli boʻladi. Bu orqali shaxsiy kutubxonalarni aniqlash ancha qulay. Muhr yordamida hujjat muallifi aniqlanadi. Soha ustalari tomonidan mohirlik bilan oʻyilgan muhrlar koʻp hollarda sanʼat asariga tenglashtiriladi. Arab yozuvidagi muhr va uning aksi – bu shunday tarixiy manbalardan biriki, tarixchilar uni hali toʻliq baholay olmagan va u hali “ochilmagan qoʻriq”dir. Bu muhrlar nafaqat yuz minglab hujjatlarga, balki Oʻzbekiston hududida saqlanayotgan minglab qoʻlyozmalarga ham bosilgan. Muhrlar turli xomashyolardan, xususan, suyak, ohaktosh, metall, yarim qimmatbaho tosh yoki yogʻochdan tayyorlanardi. Baʼzida muhrlar ustiga egasining va otasining ismi oʻyib yozilardi. Ayrim muhrlarda egasining unvoni qayd etilardi. Biron-bir hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun muhrning egasi unga loy, mum yoki boshqa yumshoq modda surtib, hujjat ustiga muhr bosardi. Keyin modda qotardi va hujjatni qalbakilashtirishdan himoyalardi. Muhrlar biror kimsaga berilganida muhr egasining vakolati unga topshirilganini anglatardi. Qadimgi Misr firʼavni Yoqubning oʻgʻli boʻlmish ibroniy kishi Yusufga hokimiyat berganida aynan shunday yoʻl tutgandi. Gap shundaki, Yusuf Misrda qul boʻlgandi va bir kuni uni nohaq ayblab, zindonga tashlashgandi. Vaqt oʻtib, firʼavn uni ozod qilgandi va bosh vazir lavozimiga koʻtargandi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Keyin firʼavn barmogʻidan muhr uzugini yechib, uni Yusufning barmogʻiga taqdi”. Muhr uzugida firʼavnning rasmiy muhri boʻlgani uchun, Yusuf firʼavnning ishlarini uning nomidan bajarish vakolatiga ega boʻlgandi. Bir safar qadimgi Isroil malikasi Izabel erining muhridan foydalanib, Navoʻt ismli odamni oʻldirish rejasini amalga oshiradi. U shoh Axabning nomidan Navoʻt yashaydigan 88 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo shahar oqsoqollariga xatlar yozib, aybsiz Navoʻtni Xudoni laʼnatlaganlikda ayblashni buyuradi. Izabel xatlar ustiga shohning muhrini bosib, oʻzining yovuz niyatiga erishadi. Fors shohi Axashverash ham oʻzining muhr uzugidan foydalanib, farmonlarini tasdiqlardi. Alloh Kalomining Naximiyo kitobida taʼkidlanishicha, Isroil beklari, levilar va ruhoniylar yozma ravishda tuzilgan ahdlarga muhr qoʻyib, ular bilan rozi ekanini koʻrsatishardi. Muqaddas Kitobda muhr biron-bir joyga kirishni taqiqlash maqsadida ishlatilgani ikkita vaziyatda tilga olingan. Masalan, Doniyor paygʻambarni sherlar uyasiga tashlashganida “chuqurlikning ogʻzini tosh bilan yopishgandi”. Soʻngra Fors va Midiya shohi Doro “Doniyorga qarshi chiqarilgan farmon oʻzgartirilmasligi uchun, oʻzining va asilzodalarining muhr uzugi bilan toshni muhrlagandi”. Iso alayhissalomning jasadi qabrga qoʻyilganida, uning dushmanlari qabr ogʻzini yopish uchun toshni yumalatib, unga muhr bosishgandi. Bir manbada aytilishicha, Rim hukumatining davlat muhridan foydalanilgan vaziyatda “qabr ogʻzi va tosh orasidagi yoriqqa loy yoki mum surtilardi va ustiga oʻsha muhr bosilardi”. Qadimgi muhrlar bizga oʻtmish haqida koʻp narsani ochib bergani uchun arxeologlar va tarixchilar ularga katta qiziqish bildirmoqda. Hatto muhrlarni oʻrganuvchi “sfragistika” deb nomlangan alohida fan mavjud. Xulosa qilganda, muhrlar ham turlicha yasalgan, ayrimlari, juda jozibador ishlangan boʻlsa, baʼzilari esa umuman sodda boʻlganini koʻrish mumkin.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada muhrlar tarixi hamda qay hollarda qo`llanilishi haqida so`z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada muhrlar tarixi hamda qay hollarda qo`llanilishi haqida so`z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iz, iqtisodiy va madaniy hayot., muhr, loy, hujjat, madaniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники