Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DARS O’TISHDA FOYDALANILADIGAN AYRIM METODLARNI QO’LLASHDAGI ASOSIY QOIDALAR
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ASOSIY QOIDALAR (in-academy.uz/index.php/yo) · Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Komilova Arofatoy Kozimjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada dars o’tishda foydalaniladigan ayrim metodlarni qo’llashdagi asosiy qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ya’ni, dars o’tish davomida metodlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi va ularning afzalliklari haqida yozilgan. Kalit so’zlar: “Aqliy hujum”, “Qarama-qarshi munosabat”, “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman”, “FSMU”, “Bumerang”, metod, dars, texnologiya. “Aqliy hujum” metodidan ham ma’ruza, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi. Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o‘quvchi- talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi. Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya‘ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma‘lum bo‘ladi. Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi. Muammoning yechimi bo‘yicha fikrlar shakllanib bo‘lgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. Shundan keyin, talabalar o‘zlarining takliflarini o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar. Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa berish va uy vazifasini bajarishga tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchi trenerning amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayonlar «Aqliy hujum» metodi biror muammo bo´yicha ta‘lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to´plab, ular orqali ma‘lum bir yechimga kelinadigan metoddir. «Aqliy hujum» metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og´zaki shaklida ta‘lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta‘lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta‘lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta‘lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko´rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskada ( magnitlar yordamida) «pinbord» doskasida (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni 100 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to´g´ri va ijobiy qo´llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o´rgatadi. “Aqliy hujum” metodining afzalliklari: o natijalar baholanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli fikr-goyalarning tug‘ilishiga olib keladi; o ta‘lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; o fikr-g‘oyalar vizuallashtirib boriladi; o ta‘lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini baholash imkoniyati bo‘ladi; o ta‘lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi. “Qarama-qarshi munosabat” metodi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: -mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi; -ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi; -tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi; -jadval yaratilib, uning 1-ustuniga muhim bo‘lmagan tushunchalar yoziladi; -kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuv muhokama qilinadi; -jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi. O‘quvchilar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga jadvallarni taqdim etish maqsadga muvofiqdir: O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quvchilar bilimini tekshirishi va baholashi o’qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson unutiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o’rganish uchun tayanchdir. Tabiatshunoslik darslarida o’tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o’rganish jarayonida va uni o’rganishdan keyin, shuningdek har bir chorak hamda yil oxirida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada dars o’tishda foydalaniladigan ayrim metodlarni qo’llashdagi asosiy qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada dars o’tishda foydalaniladigan ayrim metodlarni qo’llashdagi asosiy qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Aqliy hujum”, “Qarama-qarshi munosabat”, “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman”, “Bumerang”, metod, texnologiya., “FSMU”, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024