К содержанию
РецензированоRU2026

HUJAYRANING KIMYOVIY TARKIBI, XOSSALARI VA HUJAYRANING MORFOLOGIYASI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Umaraliyeva Mohlaroyim Azimjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This study examines the chemical composition, properties, and morphology of the cell. The biological functions of organic and inorganic substances in the cell are analyzed. Аннотация: В данном исследовании изучены химический состав, свойства и морфология клетки. Проанализированы биологические функции Kalit so’zlar: Hujayra, kimyoviy tarkib, morfologiya, xossalar, organik moddalar, noorganik moddalar, metabolizm, hujayra organoidlari, hujayra membranasi. Key words: Cell, chemical composition, morphology, properties, organic substances, inorganic substances, metabolism, cell organelles, cell membrane. Ключевые слова: Клетка, химический состав, морфология, свойства, органические вещества, неорганические вещества, метаболизм, органоиды клетки, клеточная мембрана. Sitologiya bu hujayralarni ularning tuzulishi, funksiyalari, xususiyatlari, kimyoviy tarkibini, xossalari va uning morfologik xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. U biologiyaning muhim sohasi bo’lib, barcha tirik organizmlar uchun asos bo’lgan hujayralarni tadqiq qiladi. Sitologiyaning asosiy yo’nalishlari: Hujayraning kimyoviy tarkibi, hujayra tarkibida turli xil kimyoviy elementlar va birikmalar mavjud: a) Asosiy elementlar: Makroelementlar: Kislorod (O), uglerod (C), vodorod (H), azot (N) – hujayra tarkibining 98-99% ni tashkil qiladi. Ular oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalar kabi organik moddalarning asosiy komponentlaridir. Mikroelementlar: Temir (Fe), rux (Zn), mis (Cu), marganes (Mn) va boshqalar – fermentlar faoliyatida ishtirok etadi. b) Organik moddalar: Oqsillar – hujayra tuzilishi va metabolizm jarayonlari uchun zarur. Uglevodlar – energiya manbai va hujayra devori tarkibiy qismi. 3. Yog‘lar va lipidlar – membranalar tarkibiy qismi va energiya zaxirasi. 4. Nuklein kislotalar (DNK va RNK) – genetika materiallari va oqsillar sintezi uchun asos. c). Noorganik moddalar: Suv – hujayra massasining 70-80% ini tashkil qiladi. Mineral tuzlar – osmotik bosimni saqlash va metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. [1,2] Hujayraning xossalari: Hujayra o‘ziga xos biologik va fizikaviy xususiyatlarga ega: 1). Metabolizm – hujayraning modda almashinuvi jarayonlari. 2). O‘z-o‘zini boshqarish – fermentativ tizimlar orqali hujayra faoliyatini muvofiqlashtirish. 3). O‘sish va bo‘linish – mitoz va meyoz jarayonlari orqali ko‘payish. 4). Differensiatsiya – turli xil hujayralarga aylanish qobiliyati. 5). Adaptatsiya va sezgirlik – tashqi muhitga moslashish va javob reaksiyalari. Hujayra morfologiyasi: Hujayraning tashqi va ichki tuzilishi quyidagi qismlardan tashkil topgan: a) Hujayra membranasi Ikki qatlamli fosfolipidlardan tashkil topgan. Transport, signal uzatish va hujayra ichki muhitini muhofaza qiladi. b) Sitoplazma Suv, ionlar, oqsillar va organoidlarni o‘z ichiga olgan. Metabolik jarayonlarning asosiy qismi sitoplazmada kechadi. c) Organoidlar 1. Yadro – DNK saqlovchi va hujayra boshqaruv markazi. 2. Mitoxondriya – 108 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo energiya (ATP) ishlab chiqaradi. 3. Endoplazmatik to‘r (ET) – moddalar sintezi va transportida qatnashadi. Qattiq ET – ribosomalarga ega, oqsillar sintezini amalga oshiradi. Silliq ET – lipidlar sintezida ishtirok etadi. 4. Golji apparati – moddalarni qayta ishlash va tashqariga chiqarish. 5. Lizosoma – hujayra chiqindilarini parchalash. 6. Ribosomalar – oqsillar sintezida ishtirok etadi. d) Sitoskelet Hujayra shakli va harakatini ta’minlaydi. Mikrofilamentlar, mikronaychalar va oraliq filamentlardan iborat[1,3]. Hujayra devori (o‘simliklarda) sellyulozadan tashkil topgan bo‘lib, hujayraga mexanik mustahkamlik beradi. Yuqoridagi uch yo‘nalish birgalikda hujayraning biologik funksiyalarini tushunishga yordam beradi. Sitologiyaning bu mavzusi hayotiy jarayonlarni chuqurroq o‘rganish uchun muhim asos yaratadi. Hujayra barcha tirik organizmlarning asosiy struktura va funksional birligi hisoblanadi. Uning kimyoviy tarkibi organik va noorganik moddalar uyg‘unligidan iborat bo‘lib, organizm hayotiy jarayonlarini ta’minlaydi. Hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega: metabolizm, ko‘payish, sezgirlik va moslashuvchanlik orqali tirik organizmning barqaror faoliyatini ta’minlaydi. Morfologik jihatdan hujayra membrana, sitoplazma va organoidlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir qism o‘ziga xos vazifani bajaradi. Hujayraning murakkab tuzilishi va mexanizmlari hayotning asosiy jarayonlarini boshqarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu sababli, hujayra biologiyasini chuqur o‘rganish barcha biologik fanlarning asosidir va organizmlar faoliyatini tushunish uchun fundamental ahamiyatga ega.[2,4]

Доказательный фрагмент

«This study examines the chemical composition, properties, and morphology of the cell.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study examines the chemical composition, properties, and morphology of the cell. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cell, chemical composition, morphology, properties, organic substances, органоиды клетки, metabolizm, cell organelles, xossalar, noorganik moddalar, organik moddalar, химический состав, метаболизм, morfologiya, inorganic substances, metabolism, cell membrane., свойства, морфология, неорганические вещества, Hujayra, Клетка, kimyoviy tarkib, органические вещества, hujayra membranasi., hujayra organoidlari, клеточная мембрана.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники