Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SITOLOGIYA FANINING MAQSADI, VAZIFALARI, MUAMMOLARI, TARIXI VA O‘RGANISH OBYEKTI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O‘RGANISH OBYEKTI (in-academy.uz/index.php/yo) · Ikromova Gulsevar Elmurod qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This thesis provides an overview of the primary goals, objectives, challenges, history, and study objects of cytology. It covers the tasks ranging from advancing fundamental knowledge about cells to studying their molecular processes Аннотация: В данном тезисе представлены основные цели, задачи, проблемы, история и объект изучения цитологии. Рассматриваются вопросы, начиная от развития фундаментальных знаний о клетках до изучения их молекулярных процессов. Kalit so’z: Organizm, rivojlanish, hujayra, gen, prokariot, eukariot, molekulyar jarayon, sitoplazma, yadro, membrana, meyoz, mitoz, genetika Keywords: Organism, development, cell, gene, prokaryote, eukaryote, molecular process, cytoplasm, nucleus, membrane, meiosis, mitosis, genetics. Ключевые слова: Организм, развитие, клетка, ген, прокариот, эукариот, молекулярный процесс, цитоплазма, ядро, мембрана, мейоз, митоз, генетика. Sitologiya (yunoncha kytos - hujayra, logos - ta'limot) hujayralar haqidagi fan bo’lib, uning maqsadi hujayraning tuzilishi, funksiyalari va rivojlanishini o’rganishdir. Ushbu fan hujayraning tirik organizm sifatidagi asosiy xususiyatlarini, ichki strukturaviy tuzilmasini, kimyoviy tarkibini va molekulyar jarayonlarni tahlil qilish orqali organizmlar hayotini tushunishga yordam beradi. Vazifalari: Hujayra tuzilishini o’rganish: Hujayraning organoidlari va ularning funksiyalari haqida bilimlarni chuqurlashtirish. Molekulyar jarayonlarni o’rganish: Hujayrada sodir bo‘ladigan molekulyar darajadagi jarayonlarni aniqlash va ularning biologik ahamiyatini aniqlash.[1,2] Hujayra bo‘linishi va o‘sishini tushunish: Mitotik va meiotik bo‘linish jarayonlarini tahlil qilish. Patologik holatlarni o‘rganish: Hujayralardagi o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni o‘rganish (masalan, saraton, genetik kasalliklar). Biotexnologiya uchun asos yaratish: Gen muhandisligi, regenerativ tibbiyot va biotexnologik jarayonlar uchun ilmiy asoslar ishlab chiqish. Muammolari: Hujayradagi molekulyar mexanizmlarning murakkabligi va ularni to‘liq tushunishdagi qiyinchiliklar. Sitologik tadqiqotlar uchun yuqori aniqlikdagi uskunalarga ehtiyoj va ularning yuqori narxi. Hujayra o‘sishi va bo‘linishining nazoratsiz jarayonlarini (masalan, saraton) to‘liq aniqlashdagi cheklovlar. Biotexnologik jarayonlarda hujayraning to‘liq regeneratsiyasi va differensiyasiyasini boshqarish bilan bog‘liq qiyinchiliklar. [1,3] Tarixi: XVII asr: Robert Guk tomonidan mikroskop ostida birinchi marta hujayra kuzatilgan (1665). XIX asr: Shleyden va Shvann hujayra nazariyasini ilgari surdi: barcha tirik organizmlar hujayralardan tashkil topgan. XX asr: Elektron mikroskoplar kashf qilinishi bilan 110 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo hujayraning ichki tuzilmalari (organellalar) o‘rganila boshlandi. XXI asr: Molekulyar biologiya va genetik muhandislik sitologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. O‘rganish obyekti: Sitologiya hujayrani tiriklikning asosiy birligi sifatida o‘rganadi. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Prokariot va eukariot hujayralar tuzilishi va funksiyalari. Sitoplazma, yadroning tarkibi va organoidlarning vazifalari. Hujayra bo‘linishi (mitoz, meyoz) va molekulyar jarayonlar. Hujayra sathi, membrana transporti va signallar uzatilishi. Mazkur fan biologiya, genetika, biokimyo, tibbiyot va boshqa ko‘plab sohalar uchun asosiy o‘rganish yo‘nalishlaridan biridir.[3,4]
Доказательный фрагмент
«This thesis provides an overview of the primary goals, objectives, challenges, history, and study objects of cytology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis provides an overview of the primary goals, objectives, challenges, history, and study objects of cytology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Organism, development, cell, gene, prokaryote, eukaryote, molecular, прокариот, клетка, rivojlanish, meyoz, sitoplazma, yadro, membrane, эукариот, genetics., molecular process, prokariot, развитие, meiosis, cytoplasm, генетика., mitoz, hujayra, ядро, Организм, митоз, мейоз, genetika, Organizm, молекулярный процесс, nucleus, mitosis, цитоплазма, ген, molekulyar jarayon, gen, мембрана, membrana, eukariot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014