Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XITOY VA HINDISTONDA GEOSIYOSIY TAʼLIMOTLAR
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sapayeva Xosiyat Umrbek qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Xitoy va Hindistonning geosiyosiy tasavvurlarga asoslangan holda mazkur davlatlarning nomlarini kelib chiqishi, boʻlinishi hamda geosiyosiy ahvoli haqida maʼllumot berilgan. Kalit soʻzlar. Xitoy, Hindiston, Buyuk Xitoy imperiyasi, tabaqa, tadqiqot, madaniyat oʻchoqlari, geosiyosiy holat, qoʻshni davlatlar, geosiyosiy gʻoyalar. Key words. China, India, Great Chinese Empire, class, research, cultural centers, geopolitical situation, neighboring countries, geopolitical ideas. Tadqiqotchilarning fikricha, eng qadimgi geosiyoiy taʼlimot namunalari Sharqda (Xitoy, Hindiston, Аrab dunyoi va boshqa madaniyat oʼchoqlarida) vujudga kelgan. Xitoy zaminida dastlabki davlat birlashmasi miloddan oldingi II ming yillik boshida barpo etilgan. M.o. XVIII asrda mamlakat Shan qabilasi hokimiyati ostida birlashtirilgan. Uzoq vaqt yagona davlat boʼlgan Xitoyda asrda ichki kurash boshlangan va davlat turli podsholiklarga boʼlinib ketgan hamda xorijiy istilolar uchun qulay sharoit paydo boʼlgan. Аyni shu davrdan boshlab Xitoy imperiyasi chet davlatlarning hujumlariga duchor boʼldi va xitoy xalqi bir necha bor chet el bosqinchilariga qarshi kurashga bosh koʼtarishga majbur boʼldi. Tadqiqotchilar umuman Xitoyda milliy birlikning shakllanishi tarixini Chjou imperiyasi davriga oid deb bilishadi. Mamlakat tarixida bu davr Xitoyda xorijiy dushmanlarga qarshi umumiy harakat boshlangani bilan xarakterlanadi. Xitoy aholisining ongida geosiyosiy gʼoyalar va markazlashgan Xitoy davlati doktrinasi ayni shu davrda paydo boʼldi. Qadimgi xitoylarning geossiyosiy tasavvurlariga koʼra, bu mamlakat “samo ostidagi dunyoning markazi” (xitoy tilida “tyan) edi. Аslida, Xitoy degan nomning oʼzi “chjungo” soʼzidan (chjun –“oʼrta”, go - “davlat”) kelib chiqqan boʼlib, “oʼrta imperiya” degan maʼnoni anglatadi. Bu vaqtdan boshlab Xitoy imperiyasi markazlashgan davlat tizimidan, qulay geografik sharoitidan vaularning soʼzi bilan aytadigan boʼlsak, “parvardigor ularga inʼom etgan ustunliklardan” foydalanib, zamonasining eng rivojlangan texnik, madaniy va harbiy imperiyasini bunyod etdilar va atrofdagi hududlarni bosib olishga kirishdilar. Buyuk Xitoy imperiyasining eng gullab-yashnagan davri asrga Sin sulolasi davriga toʼgʼri keladi. Bu sulolaning hukmronlik davridan boshlab Xitoyni markazlashtirish jarayoni nihoyasiga yetadi va Janubi-Sharqiy Osiyoning butun zamini uning tarkibiga qoʼshib olinadi. Qadimgi Xitoy davlatining rahbarlari atrofdagi olamga munosabatlarda oʼz harbiy, siѐsiy va geostrategik vazifalarini rejali ravishda, realistik va pragmatik boshqaruv asosida amalga oshira borib, jahonning boshqa davlatlari va xalqlari bilan oʼzaro munosabatning jiddiy va sistemali strategiyasini yaratdilar. Chet el bosqinchilariga qarshi kurash vazifasi bu strategiyaning eng oʼzak talablaridan biri edi. Mohiyat eʼtibori bilan, tashqi bosqinchilarga qarshi kurash faqat Xitoygina emas, balki Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim geostrategik faoliyatining asosini tashkil etgan va hukmron tabaqaning asosiy burchi hisoblangan. Bu davrda Buyuk Xitoy devorining qurilishi ham chet el bosqinchiligining oldini olish uchun davlat tomonidan koʼrilgan tadbirlardan biri boʼldi. Qadimgi Xitoyda geosiyosiy gʼoyalar mifologik, sotsio-antromorfologik dunyoqarash asosida shakllangan esa-da, ular ayni chogʼda tugal realistik tushuncha namunasi boʼlgan. Аtrofdagi olamni jonli inson kabi 119 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo tasavvur qilgan xitoylar insonning unga va jamiyatning patriarxal tuzilishiga bogʼliq ekanini toʼla idrok etardilar. Oʼsha davrdagi (Lao-tszi, Konfutsiy, Men-tszi va m.o. 579-289 yillarda yashagan boshqa) mutafakkirlarning bizgacha yetib kelgan qoʼlyozmalarida koʼp masalalar – qoʼshni katta va kichik davlatlar, bu davlatlarning bunyod etilishida darѐ va koʼllar, dengiz va okeanning roli, dunyo markazida imperiyalarning joylashuvi, katta davlatlarning kichik davlatlar uchun jozibadorligi, geosiѐsiy hududlarga aholining oʼzaro kelishuv yoʼli bilan yerlashtirilishi va h.k.lar toʼgʼrisida qator harbiy-strategik, geosiyosiy va geografik gʼoyalar bayon etilgan. Chunonchi, Konfutsiy (m.o. 551 – 479) “Lunь-yuy” (“Mulohazalar va suhbatlar”) asarida garchi geosiѐsiy muammolar haqida toʼgʼridan-toʼgʼri soʼzlamasa-da, qoʼshni davlat ustidan gʼalaba qozonish, hukmronlikning yashirin taktik usullari va yoʼllari (verbal kommunikatsiyalar vositasi), davlat rahbari va hukmron tabaqaning maʼnaviy boshqaruvi asoslari, davlatning kuch-quvvati va uning makonda oʼz aksini topishi, ierarxiyali boshqaruv tizimi va uning xususiyatlari bilan bogʼliq qator masalalarni tilga olgan. Muallifning geosiyosiy gʼoyalari, qoʼshni davlatlar ustidan gʼalaba qozonish va ularni oʼz taʼsiri ostiga olish doktrinasi xitoylarning yashirin va yolgʻon uydirmalar yoʼli bilan firib berish, kutilmagan zarbalar berish singari tushuncha tarzi va strategiyasiga asoslangan edi. U bu strategiyani davlatni muvaffaqiyatli boshqarishning va insoniyat jamiyatida tabiiy farql
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Xitoy va Hindistonning geosiyosiy tasavvurlarga asoslangan holda mazkur davlatlarning nomlarini kelib chiqishi, boʻlinishi hamda geosiyosiy ahvoli haqida maʼllumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Xitoy va Hindistonning geosiyosiy tasavvurlarga asoslangan holda mazkur davlatlarning nomlarini kelib chiqishi, boʻlinishi hamda geosiyosiy ahvoli haqida maʼllumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- China, India, Great Chinese Empire, class, research, cultural centers, qoʻshni davlatlar, geopolitical ideas., geopolitical situation, tadqiqot, tabaqa, geosiyosiy gʻoyalar., madaniyat oʻchoqlari, Hindiston, geosiyosiy holat, Xitoy, neighboring countries, Buyuk Xitoy imperiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025