К содержанию
РецензированоUZ2026

TUBAN O’SIMLIKLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYA

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduhalilova Madinabonu (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

ushbu tezisda, tuban o'simliklarning sistematikasi, turlarning morfologik tuzilishi, ba'zi vakillarining hayot siklida sporalar orqali qanday ko'payishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: tuban, yuksak, zamburug’, tallom, prokariot, eukariot, virus, bakteriya, laminariya, ulva, lishaynik, euglena, pirrofit, diatom, shilimshiq. O’simliklar dunyosi tuban (150 000) va yuksak (300-350 ming) o’simliklarga ega. Tuban o’simliklar tanasida vegetativ organlar bo’lmaydi va ularni qattana (tallom) deyiladi. Qattanada o’tkazuvchi naylar ham bo’lmaydi. Jinsiy organlari tuban o’simliklarniki bir hujayrali bo’ladi. XX asrning o’rtalari kelib, turli organizm- larning hujayralari chuqur o’rganiladigan bo’lgandan keyin hamma tirik organizm- lar prokaroit va eukariotlar guruhiga bo’lib o’rganilmoqda. Tuban o’simliklar quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: tur, turkum, oila, sinf va bo’lim. Sistematikada eng kichik taksonomik kategoriya tur hisoblanadi. Tuban o’simlik turlari tabiatda o’zgaruvchan har xil mahalliy populyatsiyadan iborat. Masalan; zamburug’larning ko’pchilik turlari fiziologik va virulentlik xususiyatlari bilan bir-biridan faqr qiladi. Tuban o’simliklar (Thallophyta) 4 ga bo’linadi.  Hujayrasiz tuzilish – Protocybionta  Shakllangan yadroga ega bo’lmagan – Thallobionta  Yadroga ega tallomli (tallofit) – Thaleucaryota  Plastidasiz tallomli (tallofit) – Thaloplastidal Hujayrasiz tuzilishga – Viruslar (Virophyta) kiradi. Viruslar (lotin. Virus- zahar) yuqimli kasalliklarni keltirib chiqaradigan ultramikroskopik parazit organizm-lardir. 1892-yil rus olimi Ivanoviskiy viruslarni o’rganib “Virusologiya’’ faniga asos soldi. Shakllangan yadroga ega bo’lmaganlarga - Bakteriya (Bacteriophyta) va Ko’k-yashil (Cynophyta) kabilar kiradi. Bakteriyalar – xlorofillsiz, differensiyalan-magan, yadrosiz bir hujayrali, ba’zan ko’p hujayrali sodda mavjudodlar kiradi. Bakteriyalarning asosan 3 xil shakli mavjud; sharsimon (koklar), tayoqchasimon (batsillalar), spiral (spirillalar) kiradi. Ko’k-yashil suvo’tlar hozirgi kunda prokariotlarga qo’shib o’rganiladi. Buning sababi ularning hujayrasida membrana takomillashmagan, yadro, mitoxondriya, endoplazmatik to’r bo’lmaydi. Ko’k-yashil suvo’tlar dengiz va chuchuq suvlarda va quruqlikda ham tarqalgan. Hozirgi kunda ko’k-yashil suvo’tlar 5 ta tartibga bo’linadi. Yadroga ega tallomli (Thaleucaryota) lar quyidagi 8 ta bo’limga bo’linadi.  Qizil – Rhodophyta  Qo’ng’ir – Phacophyta  Yashil – Chloropyta  Tillarang – Chrysophyta  Sariq-yashil – Xantophyta  Diatom – Bacillariophyta 46 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo  Pirrofit – Pyrrophyta  Euglena – Euglenaphyta Suvo’tlar suvda yashovchi hayvonlarga ularning nafas olishi uchun zarur bo’lgan kislorod gazini yetkazib beradi, hamda shu hayvonlar uchun oziq bo’ladi. Ularning qoldiqlari esa turli xil minerat elementlarga boy bo’lganligi uchun xo’jalikning turli sohalarida foydalaniladi. Suvo’tlar o’txo’r baliqlar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi, suv transporti va gidrotexnikada esa dengiz chuqurligini belgilash va boshqa masalalarda ahamiyatlidir. Oziq- ovqat sanoatida yashil suvo’tlarning “dengiz salati” nomi bilan ma’lum bo’lgan ulva va qo’ng’ir suvo’tlarning “dengiz karami” nomi bilan ma’lum bo’lgan laminariya kabi turlari muhim rol o’ynaydi. Plastidasiz tallomlilar quyidagilarga bo’linadi. Zamburug’lar – Mycophyta va Shilimshiq – Myxophyta kabi bo’limlarga bo’linadi. Shilimshiqlar bo’limi turlarining tanasi, yalang’och, ko’p yadroli .shaklda bo’lib, unda sporangiylar bo’ladi. Sporangiylarda spora yetiladi. Sporalar o’sib ko’pincha zoosporalarga (harakatchan tanachalarga) aylanadi. Zamburug’lar bo’limi 70-100 000 ga yaqin tur kiradi. Ko’rinishi rangsiz, oziqlanishi geterotrof. Tashqi va ichki tuzilishi har xil. Hayot kechirishi bakteriyalarga o’xshash, lekin bularning tanasi ancha yirik va murakkab, hujayrasi ancha murakkab tuzilgan. Zamburug’lar va Shilimshiq- lar bo'limlari Plastidasiz tallomli (tallofit) tartibiga kiradi. Lishayniklar – Lichenes. Lishayniklar o’simliklar dunyosining o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan tabiiy guruhidir. 30 000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular suvo’tlarning yashil va ko’k-yashil suvo’tlar zamburug’lar bilan birga yashashidan tarkib topgan bo’ladi. Tashqi ko'rinishiga qarab lishayniklar bargsimon, yapaloq va butasimon shakldagi vakillari bor. Ichki tuzilishiga qarab gameomer va geteromerga bo'linadi. Lishayniklarning ko'payishi suvo’tlar va zamburug’lar ko'payishi kabi, ya'ni suvo’tlar hujayralari oddiy bo’linish yo'li bilan, zamburug’lar esa sporalar hosil qilish yo'li bilan (vegetativ) ko'payadi.

Доказательный фрагмент

«ushbu tezisda, tuban o'simliklarning sistematikasi, turlarning morfologik tuzilishi, ba'zi vakillarining hayot siklida sporalar orqali qanday ko'payishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu tezisda, tuban o'simliklarning sistematikasi, turlarning morfologik tuzilishi, ba'zi vakillarining hayot siklida sporalar orqali qanday ko'payishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yuksak, tuban, zamburug’, lishaynik, euglena, ulva, pirrofit, virus, shilimshiq., tallom, diatom, bakteriya, laminariya, prokariot, eukariot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники