Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARAB TILSHUNOSLIGIDA QISQA NAZMIY GRAMMATIK RISOLALAR YOZISH VA IBN MOLIKNING “ALFIYA” ASARI HAQIDA
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yuldashev Baxodir Kadirdjanovich (in-academy.uz/index.php/yo) · Юлдашев Баходир Кадиржанович (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
In this article, the writing of grammatical works in the Arabic language in poetic style is explained based on Ibn Malik's work "Alfiya" with scientific evidence. Several examples of this have been cited. Key words: Nahv, grammar, Alfiya, Nahvchi, Tobein, Sahaba, Mubtado, Khabar, Rof. Tilshunsolik bilimlari tarixidan ma’lumki, arab nahvshunosligida nahvchi olimlar arab tili va uning grammatikasini rivojlantirish borasida yuksak samaradagi ishlar olib borganlar. Bunda ilk nahv davri vakillari Abu al-Asvad ad-Dualiy, Nasr ibn Osim, Yahyo ibn Ya’mar, Yunus ibn Habib, Ali ibn Hamza al-Kisaiy va ularning shogirdlari davri hamda ularning shogirdlarining shogirdlari davri beqiyosdir. Ularning nafaqat o‘z yurtlari, balki, keyinchalik arab xalifaligiga qo‘shib olingan hududdan chiqqan muvallad olimlarning yetishib chiqishida ham xizmatlari kattadir. Tarixda bilamizki, arab diyorlaridan tashqari Movaraunnahr va Andalusiya diyorlari ham arab xalifasiga dastlabki xalifalik yillarida - VII-VIII asrlarda qo‘shib olinadi. Bu qo‘shilish natijasida shu o‘lkalarda yashab istiqomat qilayotgan mahalliy aholining islom dini, arab tili va arablarning madaniyatiga qiziqishlari ortib boradi. Bunda avvalambor, arab bo‘lmagan aholi arab tiliga bo‘lgan ehtiyojni sezadi. Tabiiyki, Qur’oni Karim oyatlari ma’nolari va 62 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga bo‘lgan islomga yangi kirgan mahalliy aholining qiziqishi kundan-kunga ortib, arab tilini o‘rganish ehtiyojmandlari soni ortib borardi. Bu esa o‘z-o‘zidan arab tilini o‘rganish va uni bilganlar uchun esa o‘rgatish masalasini ko‘ndalang qoygan edi. Albatta, dastlabki yillarda xalifalik egallangan hududlarda ko‘proq urg‘uni boshqaruv hokimiyatini mustahkamlashga qaratadi. Shunga qaramay arab tilining jozibadorligi, islom dining sofligi bu tilni o‘rganmaslik katta ma’naviy va ma’rifiy yoqotish bo‘lishini o‘sha davrda inslonlar anglab yetadilar. Shundan so‘ng xalifalik hududlariga arab diyorlaridan kelgan sahobalar va tobeinlardan tashkil topgan ilmiy jamoa a’zolari dastlabki ta’limni bera boshlaydilar. Keyinchalik vaqt o‘tishi bilan ulardan ta’lim olgan mahallaiy olimlar arab tilini yanada mustahkam o‘rganish uchun arab diyorlariga borib sof arab olimlaridan ilmni olishga intiladilar. Bu borada o‘z o‘rnida arab tili bilan birinchi marta duch kelaoytgan va arablar kelgunga qadar boshqa til oilasidan mansub til guruhlariga oid tillarda so‘zlashib kelgan aholi bu tilni o‘rganish va o‘rgatishda bir qancha dolzarblikka uchraydilar. Eslatib o‘tish joizki, bungacha arab tili nahvchiligida faqat bu tilning egalari, ya’ni arablargina o‘zarining tillarini juda yaxshi o‘rganib kelayotgan edilar. Bir muddatdan so‘ng arab bo‘lmagan aholi orasida ham arab tilini yaxshi egallagan va bu tildan arablardan qolishmaydigan darajada ijod etadigan olimlar yetishib chiqadilar. Milodiy XIX asrdan boshlab arab tili sohasidagi tilshunos va lug‘atshunos olimlar tarkibiga ajamlar, ya’ni arab bo‘lmaganlar ham qoshiladi. Ularning bu tilni o‘zganish va o‘zgatishga bo‘lgan qarashlari esa arablarning qarashlaridan tubdan farq qilar edi. Zero, Qur’oni Karim oyatlari nozil bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrda arablarning o‘z ona tillarini bilishlik davolari oyatlar nozil bo‘lganidan keyin o‘zgaradi. Shuningdek, arab nahviga oid bilimlarni qaysidir ma’noda qayta kashf qiladilar. Endi esa, arab davrigacha bo‘lgan vaqtda bu tildan xabari yo‘q aholi vakillariga bu tilni tez va natijaviy o‘rgatish muammosiga duch keladilar. Bunday muammolarni yechish maqsadida madrasalarda arab tilini qisqa muddatda o‘rgatish uchun kam so‘z bilan ko‘p ma’noni ifoda etish hamda nahv qoidalarini tezda yodda saqlab qolishga xizmat qiluvchi arab nahviga oid qisqa grammatik asarlar yozish an’ana tusiga kiradi. Albatta, bunday asarlarni yozishda nazmiy uslubdan foydalanishgan. Zero, she’riyatning inson qalbiga va ongiga tez yetib borishi, qofiyaning mohironaligi sabab esda saqlanib qolishi va shu bilan birga tilga oson bo‘lishi biz uchun ma’lumdir. Shayx Abdulloh bin Solih al-Favzan o‘zlarining “Dalil as-Salik ila Alfiyati ibn Malik” nomli Muhammad Ibn Molikning “Alfiya”siga yozgan sharhlarida shunday keltiradilar: “Hijriy II va undan keyingi asrlar she’riy ta’lim asri bo‘ldiki, bu ilm va maorifatda yangi xususiyatlarni taqdim etdi. Bu esa oz’-o‘zidan ta’lim va uni tashkil etishda muhim o‘rin qoldirdi. Ta’lim berish va uni olishda oldinga qo‘yilgan yuksak qadamlardan bo‘ldi. Chunki nazm hifz va so‘zlash uchun oson hamda matlub yo‘l hisoblanar edi.”1 “o‘rta asr sharqida madrasalar uchun qisqa grammatik risolalar yozish an’anasi bo‘lgan. Bunday asarlar tilning ravonligi, soddaligi, fikrlarning aniq va lo‘nda ifodalanishi bilan ajralib turgan. Biror bir grammatik qoidani yoki fikrni ikki-uch so‘z bilan aniq va barcha uchun tushunarli qilib ifodalash mualliflardan zo‘r bilim va mahorat talab etgan”2. 1 .لولأا ءزجلأ .”كلام نبا ةيفلأ يلإ كلاسلا ليلد“ نازوفلا حلاص ن
Доказательный фрагмент
«In this article, the writing of grammatical works in the Arabic language in poetic style is explained based on Ibn Malik's work "Alfiya" with scientific evidence.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the writing of grammatical works in the Arabic language in poetic style is explained based on Ibn Malik's work "Alfiya" with scientific evidence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nahv, grammar, Alfiya, Nahvchi, Tobein, Sahaba, Mubtado, Khabar, Rof, xabar, grammatika, sahoba, rof.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026