Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOSHKENT SHAHRINI EKOLOGIK IFLOSLANISHINING INSONGA TA’SIRI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Toshmurodova Muhayyo Sharif qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Toshkent shahrining ekologik ifloslanishi va uning kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar tahlil qilingan. Atrof- muhit bilan bogʻliq muammolarini, bartaraf etish boʻyicha ma’lumot tavsiyalar berilgan. Toshkent havosida PM2,5 despers mayda zarralarining konsentiratsiyasi darajasi keskin oshganligini koʻrish mumkin. Kalit soʻzlar: Muammo, Toshkent, omil, ifloslanish, gazlar, atmosfera, kasallik, tabiat, iqlim, resurs. KIRISH. Soʻngi yillarda dunyoda iqlim oʻzgarishlari sezilarli darajada yomonlashganini koʻrish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi yurtimiz shaharlari ichida Toshkent shahrining atmosfera havosi ifloslanib borayotgani undagi antirapagen ta’sirlar bilan bogʻliq boʻlib, ular insoning iqtisodiy va madaniy manfaatlarini ruyobga chiqarish uchun, tabiiy muhitni oʻzgarishiga olib kelmoqda. Dunyoda global iqlim oʻzgarishi, choʻllanish jarayonlarining koʻchayishi natijasida tabiiy changlar konsentratsiyasi koʻrsatkichlarining oshishi hamda ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillar sanoati va sonining koʻpayishi atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalar miqdorining sezilarli ortishiga sabab boʻlmoqda. Bu Respublikada, ayniqsa, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi oshishiga taʼsir qilmoqda. Bundan tashqari, shaharlardagi atmosfera qatlamlarining past shamollatilishi, shahar transportining koʻpligi, yoʻllarning tirbandligi, keng koʻlamli qurilishlar, yashil hududlarning kamligi - bularning barchasi meteorologik sharoitlar va antropogen yuklama atmosfera havosining yuqori ifloslanishiga olib kelmoqda. Toshkent shahrida ayrim kunlarda havodagi zaharli zarralar miqdori JSST tavsiyasidan bir necha o‘n marta oshyapti. Hatto gohida yog‘ib o‘tgan yomg‘ir ham vaziyatni o‘nglay olmayapti. Oqibatda Toshkent havosining ifloslanishi bo‘yicha dunyo reytingida yuqori o‘rinlarga chiqib ketmoqda. Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy omillar deya sifatsiz yonilg‘ida ishlaydigan avtotransport vositalaridan chiqayotgan 244 chiqindilar, issiqlik va elektr stansiyalarida ko‘mir va mazutdan foydalanish, yer yuzasining gilobal isishi havo tarkibida SO ning ortib ketishi natijasida XXI asirga kelib yer yuzasining harorati 1,5-4,5 2 ga ortishi mumkin. Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 212 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “juda zararli” tasnifidagi ko‘rsatkich bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yordan 42,4 barobarga ko‘pdir. 2023-2024 kuz-qish mavsumida Oʻzbekiston yan bir-necha bor top-10 talikka kirdi. 2024 yil yanvar oyi soʻnggida va 1-2- fevral kunlari qor va yomgʻir yogʻdi. Bu albatta havoning yaxshilanishiga ijobiy ta’sir qildi. Kuchalarda qor bo`lgan 3 fevral kunida Toshkent shahri dunyoda havoning iflosligi boʻyicha 11-orinni qayd etdi. Oxirgi 10 yilda respublikamizda avtomobillar soni qariyb millionga yetgan. 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 2767126 tani tashkil etib, har 1000 nafar aholiga o‘rtacha 80 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. 66 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Atrof-muhitn ifloslantiradigan manbalarda biri avtomobil transporti hisoblanadi. Atmosferaga chiqariladiga hamma zararli moddalarning yarmidan ko‘prog‘i avtomobillarga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahri va Respublikaning yirik shaharlarida bu ulush miqdori yanada ko‘proq. Buning sabablari– transport oqimining katta sur’atlar bilan oshishi, transport vositalarining texnik holati ekologiya talablarini qondirmasligi, yo‘llarning yomonligi atmosferaga chiqariladigan uglerod va azot oksidlari, uglevodorodlar va boshqa zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdorlardan 5-10 marta ortib bormoqda. Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni: Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning 1 yanvar holati bilan solishtirilganda 94,9 mingtaga oshgan. Toshkentda havo ifloslanishiga Avtotransport harakati natijasida azot ikki oksidi miqdori 0,2-0,3 marotaba ruxsat etilgan me’yor miqdoridan ortgan. Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz joizki, har qanday muammoning kelib chiqishida inson omili ta’siri seziladir. Bu muammolarning qamrovi kengayib ketmasidan oldin, unga berilayotgan ta’sirni pasaytirish va barchani tabiiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga chorlashimiz kerak. Yurtboshimiz aytganlaridek sogʻlom avloddan, sog’lom kelajak qoladi, biz shu shiorga amal qilishimiz joizdir.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Toshkent shahrining ekologik ifloslanishi va uning kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Toshkent shahrining ekologik ifloslanishi va uning kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muammo, ifloslanish, tabiat, kasallik, gazlar, omil, Toshkent, iqlim, atmosfera, resurs.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025