К содержанию
РецензированоUZ2026

9-SINFLARDA “ZAMBURUG’LAR DUNYOSI” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Komilova Arofatoy Kozimjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada 9-sinflarda “Zamburug’lar dunyosi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: achitqi zamburug’i, zang zamburug’i, qo’ziqorin zamburug’i, mikoriza, mitselliy, “Beshinchisi ortiqcha” metodi, “BBB” metodi, Venn diagrammasi, Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi. Ключевые слова: дрожжевой гриб, ржавчинный гриб, грибной гриб, микориза, мицелий, метод “пятого избытка”, метод “ГЭБ”, диаграмма Венна, технология совместного обучения. Keywords: yeast fungus, rust fungus, mushroom fungus, mycorrhiza, mycelium, “fifth plus” method, “BBB” method, Venn diagram, collaborative teaching technology. Kirish. Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Darsni boshlagandan so’ng o’quvchilarga mavzu to’g’risida qisqacha ma’lumot beriladi. Mavzu o’quvchilarga yanada tushunarli bo’lishi va tasavvurining to’g’ri shakllanishi uchun taqdimotdan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi. O’quvchilar zamburug’lar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lganidan so’ng, “Beshinchisi ortiqcha” metodidan foydalangan holda mavzuni mustahkamlash va o’tilgan mavzuni qisqacha takrorlash o’quvchilarning faolligini ortishiga katta yordam beradi. Bu metodning asosiy vazifasi ham mavzuga oid tushunchani qiyoslash, tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat. Metoddan foydalanish tartibi: 1. O’quvchilarga 5 ta tushuncha beriladi. Ulardan 4 tasi mavzuga oid va 1 tasi mavzudan tashqari tushuncha. 2. O’quvchi mavjud 5 ta tushunchadan qaysi biri ortiqcha ekanligini topib uni chiqarib tashlashi va fikrini asoslab berishi lozim bo’ladi. Misol: mitselliy, tamaki mozaikasi, achitqi, lishaynik, mikoriza. Topshiriq 1. Yuqorida keltirilgan tushunchalardan qaysi biri ortiqcha va nima uchun? Javob: mazkur qator uchun tamaki mozaikasi ortiqcha. Chunki, u o’simlik bargiga zarar keltiruvchi virus hisoblanadi. O’quvchilarni darsni yanada yaxshiroq o’zlashtirishlari va amaliy ko’nikmalarini shakllantirish uchun ularga slaymdan zamburug’larning tashqi tuzilishini yasashlarini topshiriq sifatida berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Topshiriq 2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalanib o’quvchilarga topshiriq berish. Bunda o’quvchilar 4 ta o’quvchidan iborat bo’lgan kichik guruhlarga ajratiladi. 80 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo O’quvchilarga 4 qismdan iborat bo’lgan topshiriq beriladi. Guruhdagi har bir o’quvchi topshiriqning bir qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. Masalan: 1. Achitqi zamburug’i; 2. Qo’ziqorin zamburug’i; 3. Zang zamburug’i; 4. Vertisill zamburug’i. Guruhdagi 4 ta o’quvchi yuqoridagi zamburug’ turlarini 1 tadan bo’lishib oladi va bu zamburug’ar to’g’risidagi ma’lumotni kitobdan o’qib oladi. Buning uchun o’quvchilarga 5 daqiqa vaqt beriladi. 5 daqiqadan so’ng guruh a’zolari o’qigan ma’lumotlari to’g’risida bir-biri bilan o’rtoqlashadilar. Buning uchun ularga yana 5 daqaiqa vaqt beriladi. Topshiriq yakunida guruh a’zolari mavzu yuzasidan umumiy xulosa chiqaradilar. Topshiriq 3. O’quvchilar foydali va parazit zamburug’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni venn diagrammasiga joylashtirishlari kerak. Bunda o’quvchilar foydali zamburug’lar haqidagi o’ziga xos tushunchalarni bir ustunga, parazit zamburug’lar haqidagi o’ziga xos tushunchalarni yana bir ustunga yoziladi. Ikkala zamburug’ ham zamburug’lar dunyosiga kirganligi sababli, ular to’g’risidagi o’xshash tushunchalar o’rta ustunga yoziladi. Masalan: Foydali zamburug’ Zararli zamburug’ Umumiy Darsni yakunlashdan avval o’quvchilarga “BBB” texnologiyasini qo’llagan holda yana bir topshiriq berish. Topshiriq 4. Tayanch Bilaman Bilishni Bilib oldim tushunchalar hohlayman Zamburug’ Mitselliy Penitsill Kurtaklanish Zang zamburug’i Gifa 81 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Achitqi zamburug’i Mikoriza Vertisill O’quvchilar bilish darajasiga qarab yuqoridagi jadvalni to’ldiradilar. Ya’ni dasrni boshlashdan avval jadvalning birinchi va ikkinchi ustunini to’ldiradilar. Birinchi ustunga yangi mavzu o’tilmasidan avval berilgan tushunchalar haqida nimalarni bilsa, shuni yozishi kerak. Ikkinchi ustunga yuqoridagi tushunchalar haqida nimalarni bilishini xoxlaydi, shuni yozishi kerak. Uchinchi ustun esa darsning so’nggida to’ldiriladi. Bu ustunga dars davomida nimalarni bilib oldi, shu haqida yozishi kerak. Xulosa. Biologiya darsini tashkil etishda yuqoridagi kabi interfaol metodlar va texnologiyalardan foydalanilsa, o’tiladigan darsning samaradorligi oshadi va o’quvchilarning qiziqishi yuqori daraja

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada 9-sinflarda “Zamburug’lar dunyosi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada 9-sinflarda “Zamburug’lar dunyosi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yeast fungus, rust fungus, mushroom fungus, mycorrhiza, mycelium, “fifth, Venn diagrammasi, “Beshinchisi ortiqcha” metodi, “BBB” metodi, mikoriza, zang zamburug’i, Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi., mitselliy, qo’ziqorin zamburug’i, achitqi zamburug’i
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники