К содержанию
РецензированоRU2026

BIOLOGIYA FANIDAN 8 SINF O‘QUVCHILARI UCHUN "VITAMINLAR VA ULARNING AHAMIYATI" MAVZUSI BO‘YICHA DARSNI TASHKIL ETISH METODIKASI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TASHKIL ETISH METODIKASI (in-academy.uz/index.php/yo) · Asila Saloyeva (in-academy.uz/index.php/yo) · Moxigul Toshboyeva (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2 · 2026

Аннотация

В данной статье содержится информация об использовании новых и современных интерактивных и мультимедийных средств при объяснении строения и функций клетки и ее органоидов, которая включена в учебник «Общая биология» для 9 класса. Kalit so'zlar: Lizosoma, mitoxondriya, endoplazmatik to‘r, Golji majmuasi, ribosoma, plastida, vakuol. Key words: Lysosome, mitochondria, endoplasmic reticulum, Golgi complex, ribosome, plastid, vacuole. Ключевые слова: Лизосома, митохондрии, эндоплазматическая сеть, комплекс Гольджи, рибосома, пластида, вакуоль. XXI texnologiyalar asrida har bir sohada bo‘lgani kabi maktab ta‘lim tizimiga bir qancha pedogogik texnologiyalar, yangi-yangi pedagogik tushunchalar, dars jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlarni ta‘lim beruvchi tomonidan qo‘llanilib borilishi ta‘lim jarayonining tubdan o‘zgartirib yuborayotganini guvohi bo‘ldik. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchilar uchun dars o‘tish jarayonida aktyor bo‘lishgina emas balki rejissiyor bo‘lish kerakligini anglab yetishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchilarga dars jarayonlarini qiziqarli tarzda olib borishda multimedia vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun esa o‘qituvchilar ta‘lim berishda qo‘llaniladigan ta‘lim usullarini yaxshi bilishi kerak. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llanilishi o‘quvchilarda fikrlash jarayonini oshishiga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarda interfaol metodlarni qo‘llash ortiqcha ham ruhiy ham jismoniy kuch sarflamaslikka, qisqa vaqt davomida yuksak natijalarga erishishga sabab bo‘ladi. Oldindagi maqsadlarga erishish uchun esa o‘qituvchi darslarda foydalanish maqsadida o‘quvchini faolikka chorlovchi savollar berish orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, qiyoslash, ijodkorlik o‘xshash va farqli jihatlarini topish uchun rivojlantiruvchi muhit yaratadi. O‘qituvchi savol berish bilan birgalikda o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi qobiliyatini ham shakllantirib boradi. 121 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Interfaol metodlar va usullarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: 1. Venn diagrammasi 2. Klaster 3. Aqliy hujum 4. Bilaman, bilishni istayman, bilib oldim (BBB) 5. Bahs-munozara 6. Debat. 7. Muallifga savollar 8. Harakatli ma‘ruza 9. Hamkorlikda izlanish 10. Mustaqil hat. Asosan, bu usullar o‘quvchining o‘z tengdoshlari orasida hissiy aloqa o‘rnatilishi, o‘zgalarni fikrini tinglay olishi va o‘z fikrini mustaqil bayon etish, o‘ziga bo‘lgan ishonch, bilimiga tayana olish, muammoli vaziyatlar yechimiga qiziqishlarni kuchayishiga, ayniqsa, keng fikrlashga olib keladi. Interfaol metodlardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning shaxsini ichki olamini hisobga olish kerak. 9-sinf o‘quvchilari hujayra va uning tarkibiy qismlari, organoidlari va har bir organoidning vazifalarini o‘rganishda bu organoidlar haqida ham amaliy ham nazariy, ko‘rgazmali metodlar va multimedia vositalaridan foydalanib tushuntirishni zamonaviy usullari yordamida organoidlarni vazifalari haqida ma‘lumotlar aks etadi. Hujayra har bir tirik organizmning tuzilish va funksional birligi hisoblanadi. Hujayra tarkibiga kiruvchi organoidlar umumiy va xususiy organoidlardan tashkil topadi. Umumiy organoidlar bu barcha tirik organizmlar hujayrasini tarkibida uchraydi. Xususiy organoidlar ayrim hujayralar tarkibida uchrab, turli xil vazifalarni bajaradi. O‘quvchilarga xususiy organoidlarni ko‘rsatishda bir xujayrali hayvonlarni xususiy organoidlarini multimedia vositasi yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida ko‘rsatib borish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarda bilimlarni mustahkamlashda bu usullar samara beradi. Masalan, bir hujayralilar tipi infuzoriyalar sinfi vakili tufelkani xususiy organoidi kiprikchalarini kuzatishimiz mumkin. Hujayrani umumiy organoidlariga endoplazmatik to‘r, lizosoma, mitoxondriya, golji, vakuol, plastida, ribosoma, hujayra markazi kiradi. O‘quvchilarda organoidlar mavzusini tushuntirishda mikroskop orqali o‘rganish eng samarali hisoblanadi. Hozirgi kunda mikroskop orqali o‘rganishdan tashqari videoroliklar orqali kerakli ma‘lumotlarni olish ham mumkin. Hujayraning eng muhim organoidlaridan bo‘lgan endoplazmatik to‘r retikulum deb ham nomlanib, murakkab membranalardan tuzilgan hisoblanadi. Membranasi 1 qavat, vakuolalar 122 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo va kanalchalardan iborat. Shu kanalchalar birlashib hujayraning boshqa organoidlari bilan bog‘lanish hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Endoplazmatik to‘rning yaxshi yoki sust rivojlanganligi moddalar almashinuvining jadalligiga bog‘liq. Umumiy hajmi hujayraning 30- 50 % ini tashkil etadi va tuzilishga ko‘ra silliq va donador xillarga bo‘linadi. Donador endoplazmatik to‘rning silliq endoplazmatik to‘rdan asosiy farqi shundaki, uning membranalarida ribosomlar joylashgan. Demak, endoplazmatik to‘rning funksiyasi kanallari orqali hujayra bo‘ylab moddalarning tashilishidir. Shu sababli bu organoid hujayra ichki aylanma tizimi deb ham ta‘riflanadi. Hujayradagi oq

Доказательный фрагмент

«В данной статье содержится информация об использовании новых и современных интерактивных и мультимедийных средств при объяснении строения и функций клетки и ее органоидов, которая включена в учебник «Общая биология» д…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье содержится информация об использовании новых и современных интерактивных и мультимедийных средств при объяснении строения и функций клетки и ее органоидов, которая включена в учебник «Общая биология» д… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Lysosome, mitochondria, endoplasmic reticulum, Golgi complex, ribosome, rodopsin, tiamin, hypervitaminosis, riboflavin., авитаминоз, синга, родопсин, рибофлавин., thiamin, gipervitaminoz, Avitaminoz, тиамин, beri-beri, гипервитаминоз, beriberi, singa, Avitaminosis, rhodopsin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники