Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ TA’LIMI TIZIMIDA DAVLAT XARIDLARINI TAKOMILLASHTIRISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Samadova Z.Z. (in-academy.uz/index.php/yo) · Al-Muhammad Xorazmiy nomidagi Toshkent (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda xalq ta’limi tizimidagi davlat xaridlarini takomillashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Davlat xaridlari jarayonidagi shaffoflik yetishmasligi, korrupsiya xavfi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashdagi muammolar tahlil qilinadi. Xalqaro va mahalliy tadqiqotchilar ishlariga asoslanib, elektron xarid platformalarini kengaytirish, korrupsiyaga qarshi nazoratni kuchaytirish va "yashil xaridlar"ni joriy etish taklif etiladi. Bu takomillashtirishlar ta’lim sifatini oshirish va davlat mablag‘larini oqilona sarflashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Davlat xaridlari, xalq ta’limi tizimi, shaffoflik, korrupsiya, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, elektron xarid platformalari, yashil xaridlar. Hozirgi kunda xalq ta'limi tizimi sifatini oshirish va samaradorligini ta'minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ta'lim tizimining barqaror rivojlanishi uchun mablag'larning maqsadli va samarali foydalanilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayonda davlat xaridlarining roli juda katta. Davlat xaridlari orqali ta'lim tizimi uchun zaruriy mahsulot va xizmatlar ta'minlanadi, biroq aynan ushbu jarayonning samaradorligi va shaffofligi ko‘pincha kutilgan natijalarni bermayapti. Xalq ta'limi tizimida davlat xaridlarini takomillashtirish nafaqat moliyaviy resurslarni tejashga, balki ta'lim sifati va infratuzilmasini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Shu bois, davlat xaridlarini yanada ochiq va raqobatli qilish, korrupsiyani kamaytirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mazkur tezis ushbu tizimni takomillashtirish yo‘llarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, xalqaro tajribalarni o‘rganish va milliy sharoitlarni hisobga olgan holda, xalq ta'limi tizimi uchun eng samarali yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar, asosan, xaridlarning shaffofligi, samaradorligi, korrupsiyani kamaytirish va iqtisodiy resurslarning oqilona taqsimlanishi masalalariga e’tibor qaratgan. Xususan, Gann va Mayersning ishlarida davlat xaridlarining shaffofligi korrupsiya darajasini pasaytirishi va xaridlar samarasini oshirishi ta’kidlanadi. Shuningdek, Eggleston va Zeigman davlat xaridlarida raqobat muhiti yaratilsa, mahsulot sifati yaxshilanib, narxlarning optimallashuvi kuzatilishini isbotlashgan. Ushbu olimlarning tadqiqotlari xalqaro tajribada davlat xaridlarining samaradorligini oshirish uchun raqobatni rag‘batlantirish va korrupsiyani kamaytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar orasida U.O‘roqov davlat xaridlarini takomillashtirish masalasida muhim tadqiqotlarni amalga oshirgan. Uning asarlari davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni ta'minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va korrupsiyaga qarshi kurashish kabi masalalarni qamrab oladi. U.O‘roqovning fikricha, davlat xaridlarini shaffof amalga oshirish mamlakat ichki bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga yordam beradi va mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 47 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi davlat xaridlari jarayonida bir qator muammolar mavjud. Davlat xaridlari jarayonida ma’lumotlarning yetarli darajada ochiq bo‘lmasligi shaffoflikni kamaytiradi va korrupsiya xavfini oshiradi. Xarid jarayonida ta’minotchilar tanlovi ko‘pincha oshkora o‘tkazilmaydi, bu esa raqobat muhitining buzilishiga olib keladi. Korrupsiya va o‘zaro manfaatlar tufayli ayrim ta’minotchilar davlat buyurtmalarini olishda ustunlikka ega bo‘lib qolmoqda. Bu jarayon korrupsiyani kuchaytiradi va davlat mablag‘larining oqilona sarflanishiga to‘sqinlik qiladi. Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratilmaydi. Oqibatda, mahalliy iqtisodiyotda ijobiy o‘sish kuzatilmay, aksincha, chet ellik ta’minotchilar ustunlik qilishi mumkin. Davlat xaridlari jarayonida, ayniqsa xalq ta’limi sohasida, xarid qilingan mahsulot va xizmatlarning sifatiga yetarli e'tibor berilmaydi. Bu esa ta’lim sifatini pasaytiradi va infratuzilmaning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur muammolarni hal qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rib chiqish lozim. Davlat xaridlari jarayonlarini raqamlashtirish va ochiq elektron platformalar orqali o‘tkazish shaffoflikni ta’minlaydi. Bunda barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida ko‘rinishi va barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning elektron davlat xaridlari platformalarini takomillashtirish orqali shaffoflikni oshirishga erishish mumkin. Davlat xaridlarida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun qat'iy nazorat va monitoring tizimlarini kuchaytirish lozim. Buning uchun xarid jarayonlarini tahlil qilish va nazorat qilish vositalari, shuningdek, korrupsiyaga qarshi choralar joriy etilishi kerak. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar va ustuvorlik berish, davlat xaridlarida ular uchun maxsus kvotalar ajratish orqali
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda xalq ta’limi tizimidagi davlat xaridlarini takomillashtirish yo‘llari o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda xalq ta’limi tizimidagi davlat xaridlarini takomillashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaffoflik, elektron xarid platformalari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, korrupsiya, Davlat xaridlari, yashil xaridlar., xalq ta’limi tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025