К содержанию
РецензированоUZ2017

SUR QORAKO‘L QO‘YLARINING MAHSULDORLIGIGA ZOT TIPLARINING TA’SIRI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Hamroqulov Behzod Eshtemir o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2017

Аннотация

ushbu tezisda sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga ularning zot tiplarining va tashqi muhitning ta’siri borasida soha olimlarining olib borgan tadqiqotlarini natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: zot tipi, ekologik landshaft, seleksiya, rangbaranglik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qorako‘lchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan 2017 yil 16- martidagi PQ-2841 – sonli “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi va 2018 yil 14- martdagi PQ-3603 sonli – “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlarida ushbu muhim tarmoqni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish, seleksiya-naslchilik ishlari samaradorligini ko‘tarish, mahsulotga zamonaviy usullarda qayta ishlov berish va boshqa muhim muammolarning yechimini topish ko‘zda tutilgan. Qorako‘lchilik sohasi chorvachilikning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu asosiy mahsulot hisoblangan qorako‘l terilari nafaqat tashqi go‘zalligi bilan, balki tabiiy toza mahsulot ekanligi, yillar davomida o‘z sifatini yo‘qotmasligi bilan ham mashxur. Ayniqsa sur rangli terilarga bo‘lgan talab har doim yuqori bo‘lgan. Sur rangli qorako‘l qo‘ylarining uchta zot tipi mavjud. Buxoro surida mavjul rangbarangliklar: - kumush surda jun tola qoplamining ostki qismi qoramtil, uchki qismi tutunrang yoki kumushsimon. - tilla sur jun tolalarining ostki qismi qo‘ng‘ir (kofe rangida), to‘q jigarrang va uchlari tillasimon. - olmos surda jun tolalarining ostki qismi qoramtil, uchlari olmossimon bo‘ladi. - siren sur jun tolalarining ostki qismi och jigarrrang, uchlari och binafsharang ekanligi bilan tavsiflanadi. Surxondaryo surini qo‘yidagicha tavsiflash mumkin: - platina ranglari yorqin jozibali rangi tufayli estetik va tijorat nuqtai nazaridan eng qimmatlidir. U jigarrang yoki qahva pastki qavatiga qo‘yilgan soch chizig‘ining engil krem yoki oq yuzasi bilan tavsiflanadi; - jun tolasining asosiy qatlamining rangidagi qahrabo rangi platinadan engilroq va sirt rangi quyuqroq bo‘ladi. Shuning uchun u nisbatan kamroq kontrastli va tonining jun uchiga bosqichma-bosqich o‘tishiga ega; - platina va qahraboga qaraganda kamroq kontrastli quyuqroq ohangning bronza rangi. Ular yuqori bronza qavati va pastki to‘q jigarrang bilan tavsiflanadi. Qoraqalpoq surinining asosiy rangbarangliklari: - shamchiroqgulda jun tolasining ostki qismi intensiv qora rangda (75-80%) bo‘lib, oq rangga (20-25%) keskin o‘tishi bilan tavsiflanadi. 55 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo - o‘rikgul rangbarangligida sur terilar mukammal tuzilishga ega bo‘lib, teri jun tolasida pigment miqdorining joylashishi bo‘yicha uch zonaga bo‘linadi. Jun tolasining ostki qismi (60- 65%) qora yoki qoramtir rangining och qo‘ng‘ir rangga (10-15%) sekin o‘tishi va jun tolasining ustki qismi oq sut rangga (20-30%) o‘tishi bilan tavsiflanadi. - po‘lati sur jun tolasi ostki qismi qora rangli (65-70 %) bo‘lib, po‘lati yoki oqish rangga sekin o‘tishi bilan tavsiflanadi. - qamar rangli terilar 3 ta variatsiyaga bo‘linadi: qizil qamar, ochiq qamar va qora qamar. Bundan tashqari chaqir va shabdor kabi rangbarangliklar uchraydi, ammo ularning salmog‘i juda kam. Bugungi kunda qorako‘l qo‘ylari boqilayotgan cho‘l yaylovlarining ekologik landshaft (zonal turlari): janubiy qumli cho‘l, tog‘ oldi yarim cho‘l va gipsli cho‘llarga bo‘linadi. [5] Qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga ularning zot tipi bilan bir qatorda ular boqilayotgan hududning tabiiy iqlim sharoiti ham bevosita ta’sir qiladi. Qorako‘l qo‘ylari urchitiladigan ekologik hududlar ob-havo va yaylov-ozuqa sharoiti bilan bir-biridan farqlanib, bu farqlanishlar ularda seleksion belgilarning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tashqi muhit ta’sirida qorako‘l qo‘ylarining genotipi ma’lum darajadagi fenotipik va genetik o‘zgarishlarga uchraydi. Ushbu o‘zgaruvchanlik har bir ekologik hudud uchun qo‘ylar belgilarning genetik turg‘unligini aniqlash imkonini beradi. Buni tadqiq qilish qorako‘lchilik uchun muhim ahamiyat kasb etadi [4]. Qorako‘l qo‘ylari turli cho‘l mintaqalarida urchitilib kelinadi. Qorako‘l qo‘ylarini urchitishda ham ekologik hududlar bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjud bo‘lib, seleksiya ishlarini takomillashtirish orqali ularning yechimini topish mumkin. Shu bilan bir qatorda ushbu hududlarda qorako‘l qo‘ylarining irsiy va mahsuldorlik potensialidan foydalanish darajasi past. Vaholangki, ushbu hududlarda urchitishda ularning ba’zi belgi va xususiyatlarini e’tiborga olgan holda seleksiyalash orqali mahsuldorligini yaxshilash imkoniyatlari mavjud [6]. Alohida belgilarning seleksion ahamiyatini aniqlash yo‘nalishida ham tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, B.L.Isayans tomonidan jun-tola uzunligi, R.Matyaqubov tomonidan gullarning uzunligiga ta’sir etuvchi omillar atroflicha urganilgan. Cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tashqi muhitning, ya’ni turli ekologik sharoit ta’sirida qor

Доказательный фрагмент

«ushbu tezisda sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga ularning zot tiplarining va tashqi muhitning ta’siri borasida soha olimlarining olib borgan tadqiqotlarini natijalari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu tezisda sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga ularning zot tiplarining va tashqi muhitning ta’siri borasida soha olimlarining olib borgan tadqiqotlarini natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rangbaranglik., ekologik landshaft, zot tipi, seleksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники