К содержанию
РецензированоUZ2026

MAMLAKATIMIZDA INKLYUZIV TA’LIMNING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Maxmudov Jasur Yusupovich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

the article describes the development of inclusive education in Uzbekistan, the legal and normative foundations of inclusive education in Uzbekistan, the reforms carried out in school and preschool educational institutions in this field, and the development of inclusive education in Uzbekistan and prospects are discussed. Key words: Inclusive education, disabled children, healthy children, equal rights, opportunity, limitation, specialist, teacher, law, development. Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir. "Inklyuziv taʻlim" atamasi fransuzcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlimning mazmun mohiyati toʻgʻrisidagi bilim va maʼlumotlar hali jamiyatda yetarli emas. Inklyuziv taʼlim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida taʼlim tarbiya olishlarini taʼminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Inklyuziv taʼlim olish jarayoni bir-biriga oʻxshamaydigan, intellektual,jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar maxsus bilimga muhtoj boʻlmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va koʻnikmalarni oladigan tarzda tashkil etiladi. Inklyuziy taʼlim- alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng taʼlim olish imkoniyatini yaratadi. UNICEF inklyuziv taʼlimni Oʻzbekiston taʼlim tizimiga kiritish masalalari bilan shugʻullanadi. Inklyuziv taʼlim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qatʼi nazar, ularning barchasiga sifatli taʼlim taqdim etish. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega boʻlishlari uchun oilada yashashlari va oʻz tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv 61 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo taʼlim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan maktabda taʼlim olishi, oʻzlashtirishda qiynalayotgan boʻlsa, oʻqish va yozishga oʻrganish uchun maxsus yordam olishi darslarga qatnamay qoʻygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam koʻrsatilishini kafolatlaydi. Respublikamizda 2020 yil sentyabr oyida yangi tahrirdagi „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonun tomonidan tasdiqlandi. Tasdiqdan oldin esa, Oʻzbekiston Respublikasi nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga muvofiqligi boʻyicha tahlili oʻtkazdi. Qonunning 20- moddadasida Jismoniy, aqliy, sensor va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etiladi. Ushbu qonunda belgilangan vazifalarni to’laqonli bajarish maqsadida 2020 yil 13 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori, hamda Vazirlar Mahkamasining 2021yil 12 oktyabrda «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 638-son qarorlari ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ- 4860-son qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”da alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi: - alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; - alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; - alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar shuningdek tegishli kadrlar bilan ta’minlash alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar. SHuni ham olohida ta’kidlash joizki, ushbu qaror bilan “Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilandi: - inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari alohida ta’lim ehtiyojlari bo

Доказательный фрагмент

«the article describes the development of inclusive education in Uzbekistan, the legal and normative foundations of inclusive education in Uzbekistan, the reforms carried out in school and preschool educational institu…»

Образец извлечения

Демо-превью

the article describes the development of inclusive education in Uzbekistan, the legal and normative foundations of inclusive education in Uzbekistan, the reforms carried out in school and preschool educational institu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inclusive education, disabled children, healthy children, equal rights, mutaxasis, nogiron bolalar, sog’lom bolalar, Inklyuziv ta’lim, o’qituvchi, teng huquqlik, qonun, rivojlantirish., cheklanganlik, imkoniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники