Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
10-SINF BIOLOGIYA DARSLIGINING IRSIYATNING UMUMIY QONUNYATLARI. G.MENDELNING IRSIYAT QONUNLARI VA ULARNING MOHIYATI MAVZUSINI O'QUVCHILARGA TUSHUNTIRISHDA QO'LLANILADIGAN SAMARALI METOD VA USLUBLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · RIVOJLANTIRISH METODIKASI (in-academy.uz/index.php/si) · Abduxalilova MadinaxonAbdurayim qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Xolmatova Irodaxon Nurmuhammad qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Молодые ученые · 1 · 2018
Аннотация
This article describes the improvement and development of knowledge and skills of schoolchildren in extracurricular activities. Keywords. STEAM, FSMU, biology, chemistry, geography, intellectual, photosynthesis. Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab o’quvchilarini sinfdan tashqari mashg’ulotlarda bilim va ko’nikmalarini oshirish va rivojlantirish haqida bayon etilgan. Kalit so’zlar. STEAM, FSMU, biologiya, kimyo, geografiya, intellektual, fotosintez. Ta’lim sifatini oshirish borasida qator qarorlar qabul qilinmoqda. Shuningdek, yangi maktablar bunyod etilib, bir qancha maktablarda qaytadan rekonstruksiya ishlari olib borilyapti va sinf xonalari jahon talablariga mos ravishda jihozlanyapti, qolaversa, - “O‘qituvchi” maqomi yanada yuksaltirilmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 5-sentabr kuni - “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha qaror imzolaganligini keltirish joizdir. Barchamizga ma’lumki, har bir o‘qituvchi oldidagi muhim vazifa bu yosh avlodga sifatli ta’lim berishdir. Yuqoridagilarga monand ravishda 2023-yil yurtboshimiz tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi ham ta’limga bo’lgan e’tiborning na’munasi hisoblanadi. Sinfdan tashqari mashgʻulotlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining barcha sinf oʻquvchilari oʻz ixtiyorlari bilan maktab oʻquv dasturidan tashqari qoʻshimcha fanlar, sanʼat turlari, sogʻlomlashtirish maskanlari, badiiy hunarmandchilik va boshqa kasb-hunar, sport turlarini oʻrganadilar. Bugungi kunda yoshlar siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash, taʼlim sifati va uni baholashning xalqaro standartlarini joriy etish orqali tubdan yaxshilash, sinfdan tashqari oʻqitish tizimini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bunda sinfdan tashqari mashgʻulotlarda oʻquvchi va oʻsmirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqtini va dam olishini tashkil etish maqsadida madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sogʻlomlashtirish, sport, ekosayyohlik, ekomarafon va boshqa yoʻnalishlarda sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻz faoliyatini olib borilmoqda. Sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻz faoliyatini, tezkor va shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyat, fantexnika va ishlab chiqarishning yangicha talablariga mos ravishda, uzoqni koʻzlagan holda, oʻquvchilarga milliy taʼlim tizimi asosida nazariy bilim, koʻnikma, malaka va hayotiy koʻnikmalar (kompetensiyalar)ni shakllantiribgina qolmay, balki mazkur kompetensiyalarni amaliyotda qoʻllay olish, undan kelajakda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida muvafaqqiyatli boʻlishi uchun zarur bulgan layoqatlar, qobiliyatlar, hayotiy malaka va koʻnikmalarni shakllantiradi. Sinfdan tashqari mashgʻulotlarda ekosayohatni tashkil qilish va oʻtkazish katta ahamiyatga ega. Bunda oʻquvchilarning darsda olgan bilimlarini 8 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash, ijodiy tafakkur qilish, qobiliyatlarini hamda amaliy koʻnikma va malaka (kompetensiya)larini rivojlantirish umumiy holda texnologiya faniga boʻlgan qiziqishlarini oshirish bilan birga tabiatga nisbatan masʼullik hissini oshirish imkoniyatlar paydo boʻladi. Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilarini tabiat bagʻriga, mamlakatimizda keng rivojlanayotgan intensiv bogʻlarga, yopiq inshoat (issiqxona) larda parvarish qilinayotgan meva, sabzavotlarni, tabiatda qizil kitobga kiritilgan noyob oʻsimliklar hamda bugungu kundagi eng sermahsul manzarali va mevali daraxtlarni parvarish qilayotgan maskanlar (quriqxona)larga ekosayohatlar tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻquvchilarga ekoturizmni rivojlantirishda davomida olib boriladigan tashkiliy tadbirlar FSMU taʼlim texnologiyalari asosida tashkil qilindi. Oʻquvchilar tabiat qoʻyniga sayohatga chiqishda ushbu savollarga biologiya, kimyo, geogegrafiya oʻqituvchilari quyidagi maʼlumotlarni tushuntirish lozim. Biologiya oʻqituvchisi: Yer yuzidagi oʻsimliklar har yili fotosintez yoʻli bilan 450 mlrd. tonnaga yaqin organik moddalar hosil qiladi. 1 gektar oʻrmon har yili 3 t kislorod ishlab havoga chiqaradi. Fotosintez organik moddalar hosil qilib, atmosferani karbonat angidrid (CO2) gazidan tozalaydi va kislorod (O2) bilan boyitadi. Ana shu bilan fotosintez hodisasi sayyoramizda hayotning mavjud boʻlishi uchun asosiy zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Kimyo oʻqituvchisi: Fotosintez – organik birikmalarda yutilgan yorugʻlik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanish jarayonidir. Fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazi xlorofil ishtirokida suv bilan taʼsirlashadi. Bunda glyukoza va kislorod ajralib chiqadi: 6CO2+6N2O →C6N12O6+6O2 va buning mohiyati atroflicha bayon etiladi. Oʻsimliklar uglerod atomlaridan iborat zanjirni ildizlar yordamida yerdan oladigan boshqa elementlarning atomlarini qoʻshib olib, inson va hayvonlar uchun oziq boʻlmish oqsil, yogʻ, uglerod molekulala
Доказательный фрагмент
«This article describes the improvement and development of knowledge and skills of schoolchildren in extracurricular activities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the improvement and development of knowledge and skills of schoolchildren in extracurricular activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- STEAM, FSMU, biology, chemistry, geography, intellectual, photosynthesis, ressessivlik, alternativ, bekross, Irsiyat, o'zgaruvchnalik, dominantlik, gibridologik, ko'p allellik, kodominantlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025