К содержанию
РецензированоUZ1969

DAVLAT VAKILLARINING IMMUNITETI BO‘YICHA KO‘P TOMONLAMA SHARTNOMALAR

TOMONLAMA SHARTNOMALAR · Mirzayeva Nixola Akramovna

Академические исследования в современной науке · 1969

Аннотация

Davlat vakillarining immuniteti bo`yicha ko`p tomonlama shartnomalar birinchi navbatda davlat vakillarining xorijiy davlatlarning yurisdiksiyasidan qanday tartibda immunitetga ega ekanligini belgilab beradi. Yuqoridagi bobda davlat immuniteti va unga aloqador nazariy qarashlar muhokama qilindi. Endilikda e`tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifa vakillarining immunitetiga aloqador qanday ko‘p tomonlama shartnomalar mavjudligi ko‘rib chiqishdir. Dastavval e’tiborimizni davlat va hukumat boshliqlari, shuningdek tashqi ishlar vazirlariga beriladigan immunitetni qanday xalqaro mexanizmlar orqali tartibga solingan ekanligiga qaratamiz Davlat rahbarlari va yuqori martabali hukumat amaldorlari (masalan, tashqi ishlar vaziri) uchun jinoiy va fuqarolik javobgarligidan daxlsizlik shartnomalar yoki konvensiyalarda emas, balki xalqaro odatlarda belgilangan; 1969-yilgi BMTning Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi konvensiyasi bundan mustasno bo‘lib, unda 21-moddada davlat rahbarlari “xalqaro huquq tomonidan davlat rahbarlariga rasmiy tashrif davomida beriladigan imtiyoz va immunitetlardan” foydalanishlari qayd etilgan, ammo aniqlik kiritilmagan. Binobarin, immunitetlarning aniq tabiati va qamrovi munozarali1. Davlat rahbarlarining daxlsizligining noaniqligini Xalqaro Adolat Sudi (ICJ) va Buyuk Britaniya Lordlar Palatasining qarama-qarshi qarorlari yaxshi ko‘rsatadi2. Xalqaro huquq komissiyasining ning ko‘pchilik a’zolari ratione personae immunitetini Tashqi ishlar vazirlariga ham qo‘llash kerakligi to‘g‘risida fikr yuritadilar. Bunga sabab sifatida Tashqi ishlar vazirlarining vakillik funksiyalari bevosita Shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasida, Xalqaro himoya qilinadigan shaxslar, shuningdek diplomatik shaxslarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyada, Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi Konvensiyada, Universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda 1 Convention on Special Missions. https://legal.un.org/ilc/texts/instruments/english/conventions/9_3_1969.pdf 2 Are international immunities of heads of state and government officials undergoing a major change? https://www.diplomacy.edu/blog/are-international-immunities-of-heads-of-state-and-government-officials-undergoing- a-major-chang 91 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Davlatlar Vakilllari to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasida nazarda tutilgan davlat boshliqlarining vakilligi bilan o‘xshashi bilan bog‘liqdir. Xalqaro darajada himoya qilinadigan shaxslarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyaga Tashqi ishlar vazirlarining kiritilishi juda kata ahamiyatga ega, chumki ushbu masala bo‘yicha moddalar yaratilayotganda Komissiya xalqaro himoya qilinadigan shaxslar ro‘yxatiga hukumat a’zolarini kiritmaslikka qaror qilgan, ammo davlatlar Konvensiyaning oxirgi matniga ushbu mansabdor shaxsni kiritishga qaror qabul qilishadi.3 . Yanada kengroq tahlil qiladigan bo‘lsak, ratione personaedan boshqa davlat mansabdor shaxslari ham foydalana oladi. Bunga oldingi vaqtga qaraganda hozirda xalqaro funksiyalar davlat mansabdor shaxslarining ko‘pchilik a’zolariga berilganligi bilan izohlanadi. Ko‘pchilik hukumat vazirlari bunday vazifani bajaradi va buni qilish uchun xorijiy davlatlarga rasmiy safarlar qiladilar. Milliy sudlarda bu borada aniq amaliyot mavjud emas va ba’zilari boshqa davlat mansabdor shaxslariga shaxsiy immunitetni bersa, qolganlari bermaydi. Misol uchun, Angliyada shaxsiy immunitet xalqaro savdo va tijorat vazirlari va mudofaa vazirlariga o‘xshagan boshqa yuqori martabali davlat mansabdor shaxslariga beriladi4. Xalqaro miqyosda, ayniqsa, eng og'ir jinoyatlar (genotsid jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar, aparteid jinoyatlari, qiynoqlar va zo‘ravonlik bilan yo‘qolib ketish) bo‘yicha davlat vakillarining daxlsizligi doirasi bo‘yicha munozaralar mavjud. Ushbu munozaralar milliy yurisdiktsiyalar ayrim hollarda immunitetni rad etishi mumkinligini aniqlashga qaratilgan. Shveytsariya sudlari, hatto xalqaro huquqda nazarda tutilgan jinoyatlar uchun ham, shaxsga nisbatan yurisdiksiya immunitetidan istisnolarni hali tan olmagan. Biroq, Federal Jinoyat sudi, xalqaro huquqqa muvofiq jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish yuritishda immunitetning materiae himoyasini bekor qilish mumkin emasligi to‘g'risida qaror qabul qildi (Federal Jinoyat Sudining 2012- yil 25- iyuldagi qarori, BB 2011 140, 5-bet)5. Davlat vakillarining immuniteti bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomalarni ko‘rib chiqar ekanmiz, 1961-yildagi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasini ko‘rsatib o‘tish juda katta ahamiyatga egadir. 3 Bojan M. The immunity of state officials from foreign criminal jurisdiction, 2015. Volume: 20 Issue: 1 Page: 17-30 DOI: 10.5937/nbp1501017m 4 Immunity of state representatives. https://www.eda.admin.ch/eda/en/fdfa/foreign-policy/international-law/privileges- and-immunities/immunity-state-representatives.html 5 Philippa W. Human

Доказательный фрагмент

«Davlat vakillarining immuniteti bo`yicha ko`p tomonlama shartnomalar birinchi navbatda davlat vakillarining xorijiy davlatlarning yurisdiksiyasidan qanday tartibda immunitetga ega ekanligini belgilab beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Davlat vakillarining immuniteti bo`yicha ko`p tomonlama shartnomalar birinchi navbatda davlat vakillarining xorijiy davlatlarning yurisdiksiyasidan qanday tartibda immunitetga ega ekanligini belgilab beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tashqi ishlar, davlat vakillarining, davlat mansabdor, risidagi vena, himoya qilinadigan, vakillarining immuniteti, immuniteti yicha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти