К содержанию
РецензированоUZ2026

ILG’OR PEDAGOGIK TAJRIBALAR-TA’LIM RIVOJIDA MUHIM OMIL

Adolat Ziyotova · Qahramon Mamaraximov

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ilg’or pedagogik metodlardan unumli foydalanish, to’g’ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo’llash haqida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: Texnologiya, metod, axborotli o’qitish, pedagogik muloqot, kompetentlik, interfaol. Annotation: This article discusses the effective use of advanced pedagogical methods, the ability to choose the right technologies and their application. Keywords: Technology, method, information teaching, pedagogical communication, competence, interactive. Ta`lim berish davridagi amaliy pedagogik faoliyat ta`lim beruvchi (O`qituvchi – pedagog) hamda ta`lim oluvchi (o`quvchi) o`rtasida ro`y beruvchi va o`zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yorituvchi jarayondir. Nazariy – pedagogik g`oyalar, har qanday ta`limga tadbiq etilayotgan ish shakl, usul, vositalar, bevosita amaliyotda ta`lim va tarbiyaviy jarayon mohiyatini o`rganish, tahlil etish, uumumlashtirish asosida qaror topadi. Shuning uchun ham pedagogik va ilmiy izlanish jarayonida tajriba – sinov ishlarini tashkil etish shu jarayonning o`zagi sifatida namoyon bo`ladi. Mamlakatimizda keyingi yillarda ilm-fanga bo‘lgan munosabat mutlaqo o‘zgardi. Ta’lim sohasini tubdan isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarga keng yo‘l ochildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Dars jarayonida innovatsion usullardan foydalanish o‘quvchilar faolligini oshiradi, ularni mustaqil izlanishga, muammoni aniqlash va unga mustaqil yechim topishga undaydi. Amarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida ijtimoiy fanlardan dars berar ekanman, mashg‘ulotlarda “Rolli o‘yinlar”, “Loyiha”, “Debat” kabi bir qator usullardan keng foydalanaman. 117 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tadqiqiy izlanish natijalarini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan tajriba – sinov ishlari ma`lum va aniq maqsadga yo`naltirilgan reja va dasturga asoslanishi ishlarni tizimli va aniq bo`lishini ta`minlaydi. Pedagogik faoliyatni texnologik yondashuv asosida tashkil etishning samaradorligi birinchi navbatda o’qituvchining ushbu yo’nalishdagi tayyorgarlik mahoratiga bog’liq. Bu mashg’ulotlarni mavzusi, mazmuni guruhning imkoniyati, mavjud shart- sharoitlarini aniq va to’g’ri baholagan holda, o’zining pedagogik texnologiyalarni qo’llashdagi imkoniyatlarini tanqidiy baholashiga bog’liqdir. Pedagogik nuqtai nazardan esa, zamonaviy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion jarayonlar, avvalo, inson faoliyatining barcha sohalarida raqamli texnologiyalaridan faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi navbatda ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Shu munosabat bilan talabalarning kasbiy innovatsion faoliyati tubdan boshqacha ma’no kasb etadi. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni shundan iboratki, talabalar uchun ta’lim sohasidagi har qanday yangilik o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilgandagini yuzaga chiqadi. Ya’ni, ta’lim jarayonida talabalarni ob’ektdan sub’ektga aylantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir [1. 32]. Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish bosqichiga kirganligi e’tirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo‘liga o‘tishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.” O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” gi qonunining qabul qilinishi [2.] (2020 yil 24 iyul) Yangi O‘zbekistonni qurishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi g‘oya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishonchli huquqiy mexanizmlarini mustahkamladi. Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. “Buning uchun, ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga 118 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bil

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ilg’or pedagogik metodlardan unumli foydalanish, to’g’ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo’llash haqida so’z yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ilg’or pedagogik metodlardan unumli foydalanish, to’g’ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo’llash haqida so’z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axborotli o’qitish, Texnologiya, metod, kompetentlik, interfaol., pedagogik muloqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники