К содержанию
РецензированоUZ2026

PSIXOLOGLAR NUTQIDA DINIY ASSOTSIATIV BIRLIKLARNING IFODALANISHI

Avliyoqulova Lola Bebutovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada asosan, psixolingvistikaga oid masalalar, xususan, psixologlar nutqida uchraydigan diniy assotsiativ birliklarning aks etishi masalasi yoritilgan. Mavzuni yoritishda aniq xulosalarga erishish maqsadida ingliz va o’zbek psixologlari nutqi o’zaro qiyoslandi. Kalit so’zlar: psixolog nutqi, til va din, diniy assotsiativ birliklar, milliy- madaniy qarashlar, ruh, qalb, ong, Alloh Aннотация: В данной статье освещаются вопросы, связанные с психолингвистикой в частности, отражение религиозных ассоциативных единиц, встречающихся в речи психологов. Выступления английских и узбекских психологов сравнивались друг с другом, чтобы прийти к однозначным выводам по теме. Ключевые слова: Речь психолога, язык и религия, религиозные ассоциативные единицы, национально-культурные воззрения, дух, душа, разум, бог. Annotation: In this article, the issues related to psycholinguistics, in particular, the reflection of religious associative units found in the speech of psychologists, are covered. The speeches of English and Uzbek psychologists were compared to each other in order to reach clear conclusions about the topic. Keywords: psychologist speech, language and religion, religious associative units, national-cultural views, spirit, soul, mind, god "Psixologiya" soʻzi yunon tilidan olingan boʻlib, "ruh, qalb, ong haqidagi taʼlimot" degan maʼnoni anglatadi. "Ruh", "qalb" birliklari esa diniy dunyo manzarasining markaziy tushunchalarini ifodalaydi1. Til inson hayotining turli tomonlarini aks ettiradi, shu jumladan, diniy hayotni ham. Til va din ikki madaniy hodisa sifatida chambarchas bogʻliqdir. Zero, "Til dinni, din esa tilni yaratadi" (Gao chiang jiang). Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, psixologlar nutqida diniy eʼtiqod bilan bogʻliq tushuncha ifodalovchi birliklarning qoʻllanishiga milliy madaniyatni aks ettiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Bu jihat, asosan, ingliz psixologlari nutqi bilan solishtirish jarayonida oʻzini koʻrsatdi. Shu oʻrinda xalqimiz iymon-eʼtiqodi kuchli xalq sifatida nafaqat oʻz 1 Sheraliyeva Sh. Diniy frazeologik birliklar madaniyatlararo aloqa vositasi sifatida. Maqola. – Toshkent: Eurasian journal of academic research – innovative academy, 2022. B. 4-7 190 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference milliy-madaniy qadryatlarini, balki butun bir hayot tarzini shu eʼtiqod asosida barpo etgan deyishimiz mumkin. Oliy toifali psixolog, professor Shoira Isoqovaning aytishicha, "Insonning ruhiga boʻlgan hujm uning eʼtiqodini yoʻqqa chiqarish bilan barobar". Eʼtiqodning yoʻqolishi esa umrning tugashidir. "Sevgi aslida, Allohning bizga boʻlgan mehridir. Inson toki shu ishqning tajallilarini topmaguncha haqiqiy muhabbat nima ekanini anglamaydi. Yaʼni, tajalli degani uning aksi. Ruhimiz bu sevgini (Allohning sevgisini) taniydi. Shuning uchun ham ruhimiz uning sevgisini tajallilardan izlaydi". Psixolog Muxtazar Nazarovaning "Siz muhabbatni kimdan kutasiz?" deb nomlangan maʼruzasidan olingan ushbu parchadagi ajratilgan oʻrinlarga diqqat qaratamiz. Unda Alloh, tajalli, Allohning sevgisi, ruh kabi birliklar tinglovchi psixikasiga nutq mazmunini kuchli va oson yetkazishi bilan birga, uning eʼtiqodini mustahkamlash va bu orqali ruhini davolash kabi funksiyalarni bajarishga xizmat qiladi. Chunki, inson muayyan mavzuga qaratilgan nutqni tinglash va uni idrok etish jarayonida unda nutq mazmuniga mos kayfiyat paydo boʻladi. Bunga nutqdagi assotsiativ soʻzlar hosil qilgan reaksiya sabab boʻladi. Agar psixolog nutqida diniy sohaga oid assotsiativ birliklar ishtiroki kuzatilsa, demak, nutqni tinglovchilar auditoriyasida diniy sohaga oid assotsiatsiyani ham belgilab beradi. Psixologlar nutqida diniy sohaga oid birliklarning ishtiroki hodisasini ingliz psixologiyasi bilan chogʻishtirish asosida koʻrib chiqamiz. Butun dunyoga mashhur "Sir" nomli ingliz psixologik filmi bilan koʻpchilik tanish boʻlsa kerak. Quyida undan orzularga erishish va baxtga yetishning sirlari bayon etilgan nutqdan bir parcha keltiramiz: "Siz tan olasizmi, yoʻqmi, qonun qonunligicha qoladi, u sizning ishonchingizga muhtoj emas, baribir ishlayveradi. Sizning orzularingiz va baxtingiz ham butun olam tortishish qonuni asosida ishlaydi. Hozirgi ahvolingiz qanday boʻlishining ahamiyati yoʻq. Agar istasangiz shu zahotiyoq oʻzingizni sogʻlom va baxtli, badavlat his qilishingiz mumkin. Bu fikrning eng muhim va foydali jihati shundaki, siz oʻzingizni hozirgi ahvolingiz qanday boʻlishidan qatʼi nazar sogʻlom, baxtli va boy his qila boshlashingiz bilan, haqiqatdan ham shunday boʻlishni boshlaysiz. Jarayon darhol ishga tushib ketadi". Endi esa psixolog Muxtazar Nazarovaning "Men va baraka" nomi ostida oʻtkazilgan ofline treningidan olingan parchaga diqqatingizni qaratamiz: "Sizning muammoyingiz qanchalik katta boʻlmasin, undan chiqib ketish siz uchun nechogʻlik mushkul boʻlmasin, shu narsani hech qachon esingizdan chiqarmangki, bu muammolar, bu mushkulotlar yechimi Yaratgan uchun hech nima emas. Sizdan talab

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada asosan, psixolingvistikaga oid masalalar, xususan, psixologlar nutqida uchraydigan diniy assotsiativ birliklarning aks etishi masalasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada asosan, psixolingvistikaga oid masalalar, xususan, psixologlar nutqida uchraydigan diniy assotsiativ birliklarning aks etishi masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psychologist speech, language and religion, religious associative, diniy assotsiativ birliklar, milliy-madaniy qarashlar, ong, ruh, til va din, Alloh, psixolog nutqi, qalb
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники