К содержанию
РецензированоUZ2022

YOSHLARDA MAFKURAVIY IMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINIDAGI KONSEPTUAL JIHATLARI

Asilbek Abduqodirov Mansur o‘g‘li · Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2022

Аннотация

Ushbu maqolamizda yosh avlodni mafkuraviy tahdidlarga qarshi imunitetini shaklantirishda ta’lim tizimining ahamiyati, bu borada ta’lim tizimining konseptual asoslari tahlil etilgan. Shuningdek, yurtimizdagi ta’lim tizimi sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to’g’risida fikr mulohazalar bayon etilgan. Ta’lim va tarbiyaning uzviy holda olib borishning samaradorligiga alohida urg‘u berilgan. Kalit so’zlar: ta’lim, tarbiya, imunitet, mafkuraviy tahdidlar, jadidchilik harakatlari, ma’rifat, ta’lim sifati, andoza. Bugungi kunda yoshlarda mafkuraviy imunitetni shaklantirishdagi asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qiluvchi muhim vosita bu – ta’limdir. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan, axborotlashgan jamiyatda, ta’lim tizimini o‘rnini oshirish va unga yoshlarni keng doirada qamrab olish davlatning asosiy maqsadlaridan biridir. Xususan, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot Strategiyasida ham ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tiborlar ham maqolamiz dolzarbliligini yanada ochib beradi. Ma’lumki maqsad va muayyan normalarni yoyishda mafkrura muhim rol o‘ynaydi. Bu borada davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan mafkuraning qay darajada ijobiy yoki salbiyligini ajrata bilishda yetarli darajada bilim, tajriba va ko‘nikmalar muhim faktor bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rinib turibdiki bu borada ta’lim islohotini to‘g‘ri tashkil qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganligi bilan ham aloohida e’tiborga molekdir. Aynan ta’limni rivojlantirish orqaligina rivojlangan taraqqiyotga yuz tutish hamda bundan bahramand bo‘lish mumkin. Demak, faqatgina ta’lim sohasini rivojlantirish orqaligina davlat ham dunyoviy demokratik davlatlar qatoridan o‘rin olishimiz mumkindir. Asosiy qism. Har qanday jamiyatda yangi paydo bo‘lgan ijtimoiy kuchlarning talab va maqsadlari mafkuraviy ko‘rinishda jamiyatga tarqaladi. Mafkura o‘zi nima?. Degan savol tug‘ilishi tabiy. 100 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Mafkura – bu muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat va davlatning manfaatlari va maqsadlari ifodalangan qarashlari va ularni amalga oshirish tizimidir. Yoshlarda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga muhabbat va hurmat ko‘rinishdagi mafkuralarni shakllantirishda ta’lim tizimini o‘rni bemisil hissasi bor. Yurtimizda milliy ta’lim tizimining tarixi asosan, XIX asrning 70-80- yillariga borib taqaladi. Bu davrda milliy ta’lim tizimimizni tamal toshi yaratildi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu davr ta’lim tizimining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va jadidchilik harakatini asosini tashkil qilgan shaxslardan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat va boshqa ma’rifatparvar namoyondalarni aytib o‘tishimiz mumkin. Xususan, milliy jadidchilik namoyondalaridan Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilm to‘g‘risida quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joizdir. “…dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga paymol bo‘lur”[4-117]. Ko‘rinib turibdiki yuqorida aytilgan fikrlarda ta’limni o‘rni bugungi kun va kelajak uchun nihoyatda muhimligi va dolzarbliligini ko‘rishimiz mumkin ya’ni shiddat bilan rivojlanayotgan kapitalistik dunyoda bilimli va malakali shaxslarni o‘rni nihoyatda ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish mumkin. Biroz oldingi milliy tariximizga nazar tashlaydign bo‘lsak, millatni ilm- ma’rifatli bo‘lishiga hissa qo‘shgan jadidchilk harakati yetakchilari mustamlaka ta’qibi ostiga uchragan, ularning ayrimlari surgun qilingan ayrimlari esa turli xil javobgarliklarga tortilgan. Mustaqilikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng ta’lim sohasida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va turli xil ta’lim tashkilotlarning soni salmoqli darajada oshirildi. Bu davr moboynida g‘arb andozasidagi maktab hamda kollejlar tarmog‘i yaratildi. Bularning milliyligimizdan kelib chiqib, mentalitetga moslanmaganligi, uzoqni ko‘zlab ish yuritilmasligi natijasida bu tizim o‘zini oqlayolmadi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga 2023-yilgi murojatnomasida 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berib, “ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”[9], deb ta’kidlab o‘tgan edilar. Bu keltirilgan iqtiboslardan ham shuni anglash kerakki har qanday davlatni uzoq yillik taraqqiyot strategiyasini belgilab beruvchi muhim vositalardan biri bu ta’lim ekanligidir. Millat va xalqni bilimli va milliy qadriyatlarga hurmat mafkurasini shakllantirishda o‘qituvchilarni o‘rni ham yuqoridir. Shundan kelib chiqib hozirgi kunda mamlakatimizda o‘qituvchilarga 101 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bo‘lgan e’tibor va ularni qadrini oshirish, ularni mehnat faoliyatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar doirasi kengaytirilmoqda. Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning aytib o‘tg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolamizda yosh avlodni mafkuraviy tahdidlarga qarshi imunitetini shaklantirishda ta’lim tizimining ahamiyati, bu borada ta’lim tizimining konseptual asoslari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolamizda yosh avlodni mafkuraviy tahdidlarga qarshi imunitetini shaklantirishda ta’lim tizimining ahamiyati, bu borada ta’lim tizimining konseptual asoslari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, ta’lim, mafkuraviy tahdidlar, ta’lim sifati, andoza., imunitet, jadidchilik harakatlari, ma’rifat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники